22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:55
Jamiyat 👁 244

Yangi suv tozalash inshootining qurilishi boshlandi

Yangi suv tozalash inshootining qurilishi boshlandi

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash eng ustuvor masalalardan biri sifatida qaralib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Maʼlumki, aholini ichimlik suvi taʼminlash borasida tumanimizda ham muammo va qiyinchiliklar koʻp holatlarda uchrab turadi. Mangʻit suv tozalash inshootining yangidan qurilishi suv taʼminoti boʻyicha uchraydigan qator muammolarni bartaraf qilishi kutilmoqda. Joriy yilning 13-fevral sanasida tumanimizdagi Qipchoq OFY hududida suv tozalash inshooti qurilishining tamal toshi qoʻyildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, quruvchi pudratchi tashkilot xodimlari, ovul va mahallalar oqsoqollari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Nukus va Moʻynoq tumanlaridagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning sifatli ichimlik suvi taʼminotini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu boradagi ishlarda muhim dasturulamal boʻlayotganini taʼkidladi.

Mazkur qarorga asosan Amudaryo tumanida 2024-2025-yillarda “Osië taraqqiët banki” kredit mablagʻlari xisobidan jami 38,58 mln dollar mablagʻ ichimlik suv taʼminotini yaxshilash belgilangan.

Tadbirda soʻzga chiqqan quruvchi pudratchi tashkilot “Obi xayot injiniring" MChJ rahbari Rahimboy Rahimovning taʼkidlashicha, loyiha doirasida Amudaryo tumani uchun quvvati 40 ming m3/sut boʻlgan «Mangʻit» suv tozalash inshootini yangidan qurish rejalashtirilgan. Shu maqsadda "Obi xayot injiniring" MChJ va "Uy-Jay Qurilis" MChJ bilan 12,98 mln dollarlik shartnoma imzolangan. Bugungi kunda shartomaga asosan ishchi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, qurilish montaj ishlarini olib borish pudratchi tashkilot tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bahodir Ernazarov tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra “Osië taraqqiët banki” tomonidan ajratilgan 25,6 mln dollar kredit mablagʻlar hisobidan «Amudaryo tumanining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash» loyihasi doirasida 68,5 km yetkazib beruvchi magistral suv tarmoqlari va 289,2 km ichki ichimlik suv tarmoqlari va 3 ta ichimlik suv inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari Mangʻit suvni qayta tozalash inshootining tamal toshini qoʻydilar. Ushbu xayrli ish orqali tumanimiz aholisini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan suv taʼminoti borasidagi muammolar bartaraf qilinishini taʼkidladilar. Shundan soʻng Yusuf Eshon bobo jomeʼ masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsafayev soʻzga chiqib, butun tumanimiz ahlini boshlanayotgan xayrli ish bilan tabrikladi hamda quruvchilarning ishlariga rivoj, muvaffaqiyat tiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026