22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:54
Jamiyat 👁 323

SOBIQ BAYNALMILAL JANGChILAR BIRI-BIRIDAN HOL-AHVOL SOʻRAShDI

SOBIQ BAYNALMILAL JANGChILAR BIRI-BIRIDAN HOL-AHVOL SOʻRAShDI

Sobiq Sovet ittifoqi qoʻshinlarining Afgʻon zaminidagi urushi va bu urushning qalblarga solgan jarohatlari hamon ogʻriqli xotiralari bilan ming-minglab insonlar yuragini toshday bosib, urushga nisbatan cheksiz nafrat uygʻotadi. Shu bois, Afgʻon urushi ishtirokchilari bilan suhbatda boʻlsangiz, ularning yuz-u koʻzlarida nafrat uchqunlarini va bu bemaqsad urushda halok boʻlgan quroldosh doʻstlari xotirasi oldidagi masʼullik tuygʻusi bilan yashayotganlarini his etasiz. 18-20 yoshning nari-berisida jaziragan Afgʻoniston togʻ-toshlarida vafot etgan doʻstlar yodi ular uchun qanchalar azizligini jangovar xotiralari orqali his etish tinglovchi qalbida ham urush olovini yoquvchilarga nisbatan nafrat uygʻotadi. Ayniqsa, tinchlik, farovonlik hokim mamlakatda tugʻilib, voyaga yetayotgan bugungi yosh avlod uchun urush koʻrganlarning xotiralari xuddi bir ertak kabi tasavvur uygʻotishini koʻrib: “Ilohim, ertak boʻlib qolsin, urushning nomi oʻchsin!” – deysiz yuragingizda ogʻriq uygʻotgan urush xotiralarini tinglash asnosida.

Mana, 35-yildirki, bir avlod vakillari – 1979-1989-yillarda Afgʻoniston zaminida kechgan ayovsiz janglarda qatnashib, omon qaytgan sobiq baynalmilalchi jangchilar bu haqda yoshlarga jangovar xotiralaridan soʻzlab, mamlakatimizdagi tinchlikning qadriga yetish, tinch zamon imkoniyatlaridan samarali foydalanib ilm olish, kasb-u korli boʻlish haqida suhbatlar oʻtkazishadi, mustaqil davlatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga daʼvat etishadi.

Joriy yilning 15-fevral – sobiq sovet qoʻshinlarining Afgʻoniston zaminidan olib chiqilganiga 35-yil toʻlishi munosabati bilan amudaryolik baynalmilal afgʻonchi-jangchilarning umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari bilan boʻlib oʻtayotgan uchrashuvlari, davra suhbatlarida ham bugungi dorilomon kunlarning qadr-qimmatiga yetish, oʻzlarining yuksak bilim va kasbiy mahorati bilan ona Vatan, xalq farovonligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning muqaddas burchi ekanligi qayta-qayta tilga olinmoqda. Bunday uchrashuvlar, davra suhbatlaridan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi faxriy baynalmilal jangchilar uyushmasining Amudaryo tuman boʻlimi ruhbari Bahodir Jumaniyozov boshchiligidagi bir guruh faxriy jangchilar birgalikda quroldosh doʻstlarini yoʻqlab, ularning holidan xabar olishni doimiy anʼanaga aylantirishgan. 15-fevral – sobiq sovet qoʻshinlarining Afgʻoniston zaminidan olib chiqilganiga 35-yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvdan soʻng Bahodir Jumaniyozov rahbarligidagi bir guruh baynalmilal jangchilar Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida istiqomat qiluvchi sobiq baynalmilal jangchi Rahmatulla Hayitboyevni borib koʻrdilar. Rahmatulla ayni paytda pillachilik sohasida mehnat qiladi. “Mangʻit-pilla” AJda bosh agronom. U oʻz kasbiy faoliyati bilan cheklanib qolmay, oʻz xonadoni tomorqa yerida kichik asalarichilik xoʻjaligini ham tashkil qilgan. 15 quti asalari uyasini parvarish qilishda umr yoʻldoshi Dametken opa, ikki oʻgʻil, bir qizi unga yaqin koʻmakdosh. U Afgʻoniston urushini eslashni istamaydi. Chunki Toshkent qishloq xoʻjalik institutining 2-bosqichida taʼlim olayotgan 18-19 yoshli yigitlik va talabalik “oltin davri” Afgʻoniston togʻ-toshlarda tun-u kun beorom kechgan.

- U kunlarni eslasam, hayotdan bemavrid, erta ketgan quroldoshlarim qiyofasi koʻz oʻngimdan ketmaydi, - deydi Rahmatulla mahzunlik bilan.

Rahmatullaning maktabdosh doʻsti Bahodir Bobotoyev ham ikki yillik qonli janglarni boshidan kechirgan.

- Jalolobodda xizmat qilganman, - deydi Bahodir, - keling, u kunlarni eslamaylik, yaxshisi, sizlarga bogʻimni koʻrsataman.

Bahodirning moʻʼjazgina bogʻida turfa mevali daraxtlar, daraxtlar oralab ekilgan toʻqsonbosti ekinlari havasga munosib. Kunlar isiy boshlagach, unib chiqayotgan toʻqsonbosti usulida ekilgan ekinlar orasini kuzgi xazonlardan tozalayotgan turmush oʻrtogʻi Gulchehra Tursunova hamda farzandlari Bahodirga yaqin koʻmakdosh.

- Bu kunlarga yetkazganiga shukur, - deydi Bahodir Bobotoyev, - jahannam bagʻridan omon qaytib, oʻqidim, suv xoʻjaligi sohasi mutaxassisi boʻldim, shu sohada ishlab, baraka topayotirman, ming-ming shukur.

Bunday shukronalik tuygʻularini Bobur nomli OFYda istiqomat qiluvchi faxriy baynalmilal jangchi Maqsud Haytimbetov ham izhor etdi.

- 19 yoshga toʻlib-toʻlmay urush dahshatlarini boshimdan kechirdim, - deydi u olis, olovli yillar haqida. – Mingdan bir imkoniyatda tirik qolish mumkin boʻlgan holatlarga duch kelganman. Bugungiday baxtiyor, tinch yashash nasib etganiga shukur.

Olovli janglardan omon qaytib turmush oʻrtogʻi Jangil checha bilan baxtli oila qurib, 4 oʻgʻil, 1 qizni el koriga munosib insonlar qilib tarbiyalagan Maqsud ogʻa Qoratov va Buxoro geologiya ekspeditsiyalarida turli lavozimlarda ishladi. El-yurtda hurmat, eʼtibor qozondi. U Qoraqalpogʻiston Respublikasi baynalmilal jangchilar Uyushmasining Amudaryo tuman boʻlimi rahbari Bahodir Jumaniyozov va quroldosh doʻstlarining tashrifidan mamnunligini yashirmadi.

Baynalmilal jangchilarni Afgʻon urushi dahshatlari bilan bogʻliq xotiralar yanada yaqinlashtirdi, hayotdan bevaqt oʻtib ketgan navqiron doʻstlarini birgalikda yodga olishdi, ularning haqlariga duolar qilishdi. Zero, xotira – muqaddas, xotira – mangudir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026