21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:38
Siyosat 👁 341

“YoShLAR VA BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASh YILI” DAVLAT DASTURI IJROSIGA BAGʻIShLANGAN TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

“YoShLAR VA BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASh YILI” DAVLAT DASTURI IJROSIGA BAGʻIShLANGAN TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Bilimdon, intiluvchan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish mamlakatimizda doimiy ustuvor vazifa sanaladi va bu borada qabul qilinayotgan Prezident Farmon va Qarorlari, hukumat Qarorlarining mazmun-mohiyati ham yoshlarga oid davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirishga qaratilgan.

“Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ham yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, zarur imtiyozlar, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta bu borada ijro hokimiyati organlari deputatlar va faollar tomonidan amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlarining ham ahamiyati katta.

Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasi hududidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 9-sonli Bayonnomasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosiga bagʻishlangan targʻibot tadbirida ham mamlakatimizda, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoshlar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar, muhim yangilanishlar, yoshlar siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi tub burilishlar, xususan, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan keng bunyodkorlik ishlari xususida soʻz yuritildi.

Targʻibot tadbirida ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari Quvonchboy Boymuratov, 40-sonli maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Xalq oʻqituvchisi Sanobar Xoʻjamurodova, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon hoji Matsapayev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlimi rahbari Islom Matkarimov, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Muqaddas Beknazarova, Farovon mahalla fuqarolar yigʻini raisi Madamin Kazakovlar “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amudaryolik tadbirkor yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli, kelajakni koʻzlab rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar xususida batafsil toʻxtaldilar.

Ayniqsa, oʻz biznes-loyihalarini amalga oshirish natijasida olis qishloqlardagi uyushmagan yoshlarni ish bilan taʼminlayotgan, turli toifadagi daftarlarga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar, yoshlar bandligini taʼminlash, ularning kasb-korli boʻlishlariga koʻmaklashish maqsadida tadbirkor va bilimdon yoshlar tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan yangi-yangi loyihalar xususidagi targʻibot-tashviqot suhbatlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Targʻibot tadbiri davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Quvonchboy Boymurodov “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan keng qamrovli vazifalar va bu vazifalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar berib, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan Amudaryo tumanida ishlab chiqilgan rejalar boʻyicha maʼlumotlar berdi. Tadbirkorlik sohasida yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar haqida faxrlanib soʻz yuritdi.

Shuningdek, targʻibot tadbiri davomida Joʻqorgʻi Kenges deputati Sanobar Xoʻjamurodova, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom xatibi Abdurahmon Matsapayev, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlimi rahbari Islom Matkarimov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Muqaddas Beknazarova, Farovon MFY raisi Madamin Kazakovlar “Oʻzbekiston-2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 9-sonli Bayonnomasi boʻyicha topshiriqlar ijrosi yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar xususida soʻz yuritdilar.

Targʻibot tadbiri ishtirokchilari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha savollar berdilar va qoniqarli javoblar oldilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026