21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:39
Siyosat 👁 278

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Rasul Zarikeyev ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Rasul Zarikeyev ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi

28-mart kuni Amudaryo tumanining Uyshin mahallasi hududidagi madaniyat markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rasul Zarikeyev ishtirokida sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda tuman hokimining investitsiya va tashqi savdo boʻyicha oʻrinbosari Fahriddin Yusupov, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodir Kamolov, tumandagi barcha korxona-tashkilotlar masʼullari, Qangli, Qumyop, Qipchoq, Daryo boʻyi hamda Uyshin ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda hududlardagi fuqarolar ishtirok etdilar.

Qabul jarayonida eski transformatorlarni yangisiga almashtirish, ichki yoʻllarni, koʻpriklarni taʼmirlash, boqcha va maktab qurilishi, yer olish masalasi, moddiy yordam berish kabi dolzarb masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.

Xususan, fuqaro Lola Oʻtegenova foydalanib kelayotgan 8 sotix yerini oʻz nomiga rasmiylashtirib berish haqida, Bekbergan Kutlimuratov Uyshin mahallasi hududida yangidan qishloq vrachlik punktini tashkil etishda amaliy yordam berish masalasida, Karim Atajanov Uyshin mahallasi katta yoʻlidagi uchta koʻprikni taʼmirlashda amaliy yordam berish haqida murojaat qildilar. Shuningdek, fuqaro Farxod Begmuratov ichki yoʻllarni shagʻallashtirishda amaliy yordam soʻrab, Urozboy Aytboyev Uyshin mahallasi hududida davlat maktabgacha taʼlim tashkioltini tashkil qilishda, Farhod Bekchanov esa hududdagi 75-sonli maktabga qoʻshimcha sinflar va sport zali kurib berish masalasida amaliy yordam soʻrab murojaat qildirlar.

Mahallada yashovchi Maryam Davletbayeva davolanishi uchun amaliy yordam berish, Mansur Yuldashev uy-joyi yaqinidagi katta kuchlanishli elektr simyogʻochni boshqa joyga koʻchirish, Nodir Ametov eski transformatorni taʼmirlab berish yoki yangidan oʻrnatib berish, Xudayor Baltabayev Qanli ovulidagi ichki koʻchalar taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi sababli koʻchalarga tosh yotqizib berish hamda 67-sonli maktabga sport zali hamda Qanjigʻali aholi punktiga bogʻcha qurib berish masalasida, fuqaro Xidirboy Artikov esa Uyshin madaniyat uyi yonidagi elektr ustunlarini almashtirib berish hamda pilla pulini olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar.

Sayyor qabul jarayonida turli masalalar yuzasidan aholi vakillari tomonidan masʼullarga jami 30 ga yaqin murojaatlar yoʻllandi. Murojaatlardagi ayrim masalalar qabul jarayonining oʻzida yechimini topgan boʻlsa, ayrim masalalar boʻyicha fuqarolarga tegishlicha tushuntirishlar berildi, qolgan masalalar boʻyicha oʻrganish hamda muammolarni bartaraf qilish boʻyicha korxona-tashkilotlar masʼullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Taʼkidlash joizki, davlat organlari va korxona-tashkilotlari rahbarlarining aholi vakillari bilan yuzma-yuz suhbat qurib, ularning muammolarini oʻrganishi va bartaraf etishga amaliy yordam berishi insonlarning hayot tarzining yaxshilanishiga, davlat siyosatiga boʻlgan ishonchining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026