ÖZ YuRTINGDA OMON BÖL, VATANDOŞ
Özbekistonni bekorga jannatmakon ölka deb ataşmagan. Yurtimiz ayniqsa istiqlol yillarida yanada gullab-yaşnadi.Şahar va qişloqlarimizda qad tiklayotgan muhtaşam binolar, işlab çiqariş korxonalari misolida buni yaqqol köriş mumkin. Eng muhimi esa yurtimiztinç va osuda. Buning qançalik azizneʼmat ekanligini uruş körgan, qiyinçiliklarni boşdan keçirgan ota-bobolarimiz ayniqsa yaxşi bilişadi. Biz yoşlar esa ana şu tinçlikning qadriga yetib, Vatanimizning ravnaqi, osoyiştaligi uçun fidoyilik körsatişimiz zarur.
Lekin özining ana şunday jannatmakon yurti turib, özga yurtlardan baxtu davlat izlab yölga otlanayotgan insonlar ham uçrab turadi. Afsus, köpinça baxt deganlari sarob bölib çiqib, öz yurtiga mayib-majruh bölib qaytayotgan, baʼzan özga yurtlarda hayotdan köz yumayotgan insonlar ham bor.
Çunki hamma insonlar ham oliyjanob emas. Ular orasida hiylakor, aldovçilar ham bölib, sodda, işonuvçan odamlarni öz tuzoqlariga osongina ilintirib, ularni mömay daromad manbaiga aylantirişadi.
Avvalo ular hujjatlarni qalbakilaştiradi. Manzilga yetgaç hujjatlarni olib qöyişadi. Ana şunda ularning asl niyatlari namoyon böladi. Bunday hiylakor odamlar öz vatandoşlari, mahalladoşlari, hatto öz yaqinlarini ham pul uçun sotib yuborişdan qaytmaydilar.
Aldovga uçgan insonlarning esa eng avvalo hayoti va soğligi xavf ostida böladi. Ularga jismoniy, ruhiy, moddiy, huquqiy-taşkiliy taʼsirlar ötkazib, hattoki oddiy insoniy huquqlarini ham poymol qilişadi. Odam savdosiga uçragan insonlar tibbiy xizmat, ijtimoiy yordam olişimkoniyatlaridan ham foydalana olmaydilar. Oqibatda ular özga yurtlarda soğligidan ajralib, xor-zor böladilar.
Xuddi ana şu xato yana boşqa xatolarni keltirib çiqarişi, salbiy oqibatlarga olib kelişi ham mumkin. Ularning oilasi, farzandlari taqdiri qanday keçadi?! Farzandlar eng muhim narsa - ota-onalarining mehridan, ularning nazoratidan çetda qolişadi. Bunday farzandlarning hayotda qoqilmay, töğri yöldan yurişlariga kim kafolot bera oladi?!
Bugungi kunda yurtimizda insonlar baxtli, tinç-osoyişta hayot keçirişlari uçun barça şaroitlar mavjud. Oramizda tadbirkorligi, mehnatsevarligi tufayli, xonadonlari obod va dasturxonlari tökin, namunali oilalar ham köpçilikni taşkilqiladi. Ana şulardan ibrat olib yaşasak, aslo kam bölmaymiz. Xulosa örnida şuni aytib ötişni istardimki, har kim öz yurtida omon bölsin, baxtini özga yurtlardan izlamasin!
Farrux IŞNIYaZOV, "Yangiobod” MFY "Mahalla posboni” sardori.
(Foto http://www.12news.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶