21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:29
Sport 👁 498

“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi

“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida mamlakatimizning chegaraoldi shahar va tumanlardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Yosh chegarachilar” klublari tashkil qilingan edi. Nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining harbiy qismlariga biriktirilgan mazkur klublarga maktablarning 9-, 10- va 11-sinf oʻquvchilari oʻz xohishiga koʻra aʼzo boʻlishlari mumkin.

Shuningdek, yuqoridagi qaror bilan “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ham tasdiqlangan boʻlib, ushbu hujjatga koʻra har yili mazkur tanlovda chegaraoldi shahar va tumanlardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi eng faol klublar aniqlanadi va taqdirlanadi.

Bu yilgi “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Amudaryo tuman bosqichida tumanning chegaraoldi hududlaridagi 12 ta maktablarda tashkil qilingan klublar jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.

Musobaqa avvalida tashkiliy qoʻmita aʼzolari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining Mangʻit shahrida joylashgan harbiy qismi masʼullari ishtirokchilarni musobaqa shartlari bilan tanishtirdilar.

Tumandagi 1-, 4-, 15-, 20-, 25-, 35-, 36-, 48-, 59-, 69-, 70- va 83-sonli maktablar jamoalarining har biri gʻoliblikka munosib ekanini amalda namoyon etish uchun musobaqaga kirishdilar.

Dastlab xar bir jamoaning saf tayyorgarligi, harbiy varaqalar, albom, vimpel, jamoaning ramziy bayrogʻi va nomi yozilgan taxtacha, jamoalarning maxsus formasi koʻrikdan oʻtkazildi va baholandi.

Soʻngra umumtaʼlim fanlari boʻyicha test sinovi oʻtkazilib, Kalashnikov avtomatini notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha jamoa aʼzolarining chaqqonliklari sinovdan oʻtkazildi. Keyin esa oʻgʻil bolalar 1000 metrga, qizlar 100 metrga yugurish, jamoa aʼzolari turnikda tortilish, azimut boʻyicha harakatlanish, granata uloqtirish boʻyicha mahoratlarini namoyish qilishdi. Ishtirokchilar ayniqsa, zaharlangan hududdan, toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish, tibbiy yordam koʻrsatish musobaqalarini oʻzgacha hayajon bilan namoyish qildilar. Musobaqa soʻngida esa jamoa aʼzolarining oʻq-dorilarni tashish, Kalashnikov avtomatidan oʻq otish va mazkur avtomatning maketi boʻyicha bilim va koʻnikmalari, mahorati sinovdan oʻtkazildi.

Hakamlar hayʼatining yakuniy qaroriga koʻra 59-sonli maktab jamoasi 3-, 83-sonli maktab jamoasi esa 2-oʻrinni egalladi. 48-sonli maktabda tashkil qilingan  “Yosh chegarachilar” klubining aʼzolaridan iborat jamoa 1-oʻrinni egalladi va musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyorlash, jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk yosh avlodni kamol toptirish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oʻz yurti va xalqining taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan mazkur musobaqaning tantanali yopilish marosimida 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan jamoalar tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, kubok va sovgʻalar bilan mukofotlanadi. “Eng ilgʻor” nominatsiyasi gʻoliblari esa tashkiliy qoʻmita tomonidan alohida sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026