21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:30
Salomatlik 👁 379

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vaziri oʻrinbosari ishtirokida seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vaziri oʻrinbosari ishtirokida seminar oʻtkazildi

17-aprel kuni Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vaziri oʻrinbosari Farrux Sharipov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vaziri Murod Qurbanovlar ishtirokida tibbiyot xodimlari va soha maʼsullari uchun seminar oʻtkazildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirining 2023-yil 13-oktyabrdagi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, tuman darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati tasdiqlangan edi. Shuningdek, vazirning 2024-yil 23-yanvardagi buyrugʻiga muvofiq 2024-yilda Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 2025-2026-yillarda bosqichma-bosqich qolgan hududlarda davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy etilishi hamda moliyalashtirishning yangi modeliga oʻtilishi munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar belgilangan edi.

Seminarda tibbiyot sohasi masʼullariga ushbu buyruqlarning mazmun-mohiyati va ularda topshirilgan vazifalarning ijro mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirining oʻrinbosari Farrux Sharipov seminar ishtirokchilariga davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan koplanadigan, tuman darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan xajmlari roʻyxati haqida, davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish hamda moliyalashtirishning yangi modeliga oʻtilishi jarayoniga tayyorgarlik koʻrish, bu borada tibbiyot xodimlari tomonidan qilinishi lozim boʻlgan funktsional vazifalar, aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish-targʻibot ishlarining ahamiyati haqida toʻxtaldi.

Vazir oʻrinbosari tumandagi markaziy shifoxona, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlarida aholini tibbiy brigadalarga biriktirish va xavf guruhlariga ajratish, shifokor oldi koʻrigi xonasida amaliyotchi hamshira qabulini tashkil qilish borasida tavsiyalar berdi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bilan kafolatlangan tibbiy yordam hajmlari, dori vositalari paketi, diagnostika uchun ajratiladigan reaktiv va sarflov materiallari, elektron tibbiy karta, elektron navbatga yozilish tartibi, oilaviy shifokor yoʻllanmasi asosida koʻrsatiladigan bepul tibbiy yordam turlari, tibbiy xizmatlar uchun norasmiy toʻlovlarni bartaraf etish yoʻllari borasida fikr almashildi.

Tuman tibbiyot birlashmasi masʼullari va tibbiyot xodimlariga davlat tibbiy sugʻurta tizimini joriy etish boʻyicha aholini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktirish tartibi, oilaviy shifokor tomonidan bemorga kafolatlangan paket doirasida tibbiy yordam olishi uchun beriladigan yoʻllanma shakli, shifoxonadan yoki ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilganlarning statistik kartasi shakli, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari va aholi biriktirilgan koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarni moliyalashtirish hajmini shakllantirish maqsadida qoʻllaniladigan hamda ushbu muassasalarga biriktirilgan aholi yoshi va jinsi koeffitsiyentlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Seminardan keyin masʼullar tumanning “Berdax”, “Qangli” oilaviy shifokorlik punktlarida boʻlib, ushbu tibbiyot muassasalarida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizlarini amalga oshirishga koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar va masʼullarga kerakli tavsiya hamda maslahatlar berdilar.

J.Yavqashev, tuman tibbiyot birlashmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026