21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:57
Jamiyat 👁 382

Mangʻitda Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli tomonidan xayriya kontserti oʻtkazildi

Mangʻitda Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli tomonidan xayriya kontserti oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan tasdiqlangan reja boʻyicha ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab vazirlik tasarrufidagi ashula va raqs ansamblining kontsert dasturlari oʻtkazilmoqda.

18-aprel kuni Amudaryo tumanidagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga qarashli sport maydonida ham ana shunday xayriya kontserti boʻlib oʻtdi.

Kontsert dasturida asosan, ichki ishlar organlari xodimlari, tizim faxriylari, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan xodimlarning oila aʼzolari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi rahbari podpolkovnik Uchqun Tillayev, ansambl aʼzolari – xalqimiz sevgan soʻz ustalari Oʻtkir Muxammadxoʻjayev, Zokir Ochildiyev, xushovoz xonandalar Feruza Jumaniyozova, Ulugʻbek Xoliqov, Suhrobbek Hamdamov va Nurali Shukurullayevlar ishtirok etib, oʻzlarining chiqishlari bilan tomoshabinlar kayfiyatini koʻtarib, zavq-shavq ulashdi.

Ushbu hayriya kontsert dasturini tashkillashtirishdan asosiy maqsad, vatanimiz tinchligini va osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida oʻzlarining shirin jonlaridan, oromidan kechib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr ulashish, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatishdan iboratdir.

Shuni ham aytish joizki, madaniyat va sanʼat yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim rol oʻynaydi. Kelajagimiz egalarini Vatanga sadoqat ruhida kamolga yetkazishda, shuningdek, ular ongiga milliy qadriyatlar va anʼanalarga hurmat hissini singdirishda ham sanʼatning oʻrni alohida.

Shu maqsadda tashkil qilingan Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli ham koʻp yillardan buyon faoliyat yuritib, har yili mamlakatimizning turli hududlariga gastrol safarlarini tashkil etib keladi. Olis va chekka hududlarda oʻtkazilayotgan kontsert dasturlarida ham minglab yurtdoshlarimiz ishtirok etib, ansambl aʼzolarining vatanparvarlik ruhi yoʻgʻrilgan ijod namunalaridan bahramand boʻlmoqda. Ayniqsa, badiiy soʻz ustalarining chiqishlari kontsert dasturi ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻlmoqda.

Bu kabi xayriya kontsertlari jamiyatimizda maʼnaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlash va vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirishda muhim rol oʻynaydi hamda sanʼat va madaniyatni yanada ommalashtirish, ijtimoiy masʼuliyat va yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻularini targʻib qilish orqali jamiyatimizning turli qatlamlari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kontsert yakunida xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan va nogiron boʻlib qolgan xodimlarning oila aʼzolariga esdalik sovgʻalari topshirildi va ularning qahramonliklari xotirlanib, yuksak eʼtirof etildi.

Kontsert dasturi koʻtarinki ruhda oʻtdi va tamoshabinlarning olqish hamda eʼtiroflariga sazovor boʻldi. Tadbir davomida sanʼatkorlar va xonandalar tomonidan taqdim etilgan musiqiy chiqishlar, ijro qilingan kuy va qoʻshiqlar xalqimizning birdamligi va maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilgani bilan nihoyatda ahamiyatli boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansamblining xayriya kontsertlari mamlakatimiz boʻylab boshqa shahar va qishloqlarda ham davom etadi.

Umid Oʻrozaliyev, tuman IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026