21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:05
Fan va taʼlim 👁 336

MAKTABDA KITOBLAR MUTOLAASINING AHAMIYaTI TARGʻIB ETILDI

MAKTABDA KITOBLAR MUTOLAASINING AHAMIYaTI TARGʻIB ETILDI

Kitob beminnat doʻst, maslahatchi, maslakdosh. Bu soʻzlar shunchaki aytilmaydi, balki zamiridagi olam-olam maʼnoni anglash mushkul emas. Chindan-da kitob mutolaasi kishi shuurini oʻtkirlaydi, dunyoga ziyrak, masʼum koʻz bilan qarashga oʻrgatadi. Shu tariqa hayotni, oʻzligingni anglaysan va el koriga yaraydigan inson boʻlging, kimlargadir kerakligingni his qilib yashaging keladi. Yaxshi kitobdan olingan taassurotlar yuragingni shirin orzularga toʻldiradi.

Muhtaram Prezidentimizning kitob mutolaasini ommalashtirishga, ayniqsa, oʻsmirlar, yoshlar orasida kitob oʻqish ahamiyatini keng targʻib etishga, kitobxon yoshlarni ragʻbatlantirishga ulkan eʼtibor berayotgani bejiz emas. Chunki bugungiday globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan, dunyoning turli hududlarida urush-nizolar, qarama qarshiliklar tobora kuchayayotgan bir davrda mustaqil fikrlaydigan, sogʻlom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega yoshlarni tarbiyalash, ular ongida sogʻlom dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Bunda albatta, kitob mutolaasi asosiy vositalardan biridir.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati amalga oshirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasida ham badiiy kitoblar targʻibotiga alohida oʻrin berilgan.

Yaqinda tumanimizning Doʻrman ovuli hududida faoliyat yuritayotgan 84-sonli maktabda oʻtkazilgan “Bolalar va oʻsmirlar kitob haftaligi”da ham oʻquvchi yoshlarga “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati qoshida tashkil etilgan kutubxona kitoblari namoyish etildi. Loyiha koordinatori Oygul Rajabova dastlab oʻquvchilarga kitob oʻqish ahamiyati xususida, ularning kitob oʻqishlari, maʼnaviyatli, bilimli va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar xususida batafsil toʻxtaldi.

Gazetaning maxsus muxbiri Mahmudjon Shomurodov, mazkur maktab direktori Erkin Qurbonboyevlar ham oʻquvchilarga kitob oʻqish ahamiyati haqida gapirdilar. Oʻquvchilar namoyish etilgan kitoblarni qiziqib tomosha qildilar va kutubxonaga kelib, aʼzo boʻlish istagini bildirdilar.

Aytish joizki ushbu maktab oʻquvchilari orasida azaldan kitobxonlik keng ommalashgan. “Kitobxon oila” respublika tanlovida gʻolib boʻlib, Yurtboshimizning sovgʻasi – “Spark” avtomobilini olishga erishgan sobiq oʻquvchisi haqida oʻqituvchilar faxrlanib gapirishadi.

Grant loyihasi rejasida kitobxonlik targʻibotiga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Bu dunyo miqyosida dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu boisdan ham har yili buyuk bolalar adibi Xans Kristian Andersen tugʻilgan oy – aprel oyida Xalqaro bolalar kitobi kuni nishonlanadi. Sana munosabati bilan tashkillashtiriladigan tadbirlarda bolalarga kitoblar sovgʻa qilinadi, ularning kitobxonlik darajasi sinovdan oʻtkaziladi, kitob oʻqishga ragʻbatlantiriladi. Ushbu sana mamlakatimizda ham keng nishonlanib, eng sara bolalar kitoblari targʻib etiladi.

Grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi va yoshlarni kitoblar mutolaasiga ragʻbatlantirdi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026