22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:56
Jamiyat 👁 261

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash va ularning jamiyatdagi ishtirokini kengaytirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada mustahkam huquqiy baza yaratilgan. 2020-yil 15-oktyabrda qabul qilingan va 2021-yil 16-yanvarda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, 2021-yil 21-dekabrda Prezidentning “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ham qabul qilingan boʻlib, ushbu qaror bilan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga moliyaviy yordam va soliq imtiyozlari berish koʻzda tutilgan.

Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tomonidan ham nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash masalasiga katta eʼtibor qaratib kelinadi. 14-may kuni boʻlim binosida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasi ham aynan shu toifa shaxslarni ishga joylashtirishda muhim vosita boʻldi.

Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan mehnat yarmarkasida 39 ta korxona va tashkilotlar oʻzlarida mavjud boʻlgan 339 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.

Aytish joizki, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy faolligini taʼminlashda ularning ish bilan band boʻlishi juda muhim ahamiyatga ega. Bandlik har bir insonning oʻzini namoyon qilishi va jamiyat uchun kerakli ekanligini his qilishi uchun nihoyatda zarurdir. Shu sababli ham mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bir qator davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga ish topishda, kasb-hunarga oʻqishda va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishda imtiyoz va amaliy yordamlar berishni koʻzda tutadi. Ish beruvchilarga ham nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiyalar va soliq imtiyozlari berilishi esa ularning ishga kirishini yanada osonlashtiradi.

Amudaryo tumanida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasi orqali 16 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, shundan 2 nafari nogironligi boʻlgan shaxslardir. Shuningdek, 4 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar qayta tayyorlov kurslariga oʻqishga jalb qilindi.

Bu kabi mehnat yarmarkalari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularning iqtisodiy mustaqilligini oshirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan mehnat yarmarkalari nafaqat ish izlovchilar, balki muassasa, korxonalar va tashkilotlar uchun ham foydali boʻlmoqda. Chunki yarmarkalar vositasida ish beruvchilar oʻz jamoalariga yangi va qobiliyatli xodimlarni tanlab olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Eng muhimi bu kabi tadbirlar ish beruvchilar va ish izlayotganlarni uchrashtiruvchi muhim platforma vazifasini oʻtamoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026