22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 07:24
Jamiyat 👁 273

Tuman OAV faoliyatiga oid asosiy raqamlar

Tuman OAV faoliyatiga oid asosiy raqamlar

1934-yilning bahorida Xorazm viloyatining Mangʻit tumanida (1958-yilgacha Mangʻit Xorazm viloyati tarkibida boʻlgan) “Stalinchi”, 1934-yil 5-may kuni esa Qoraqalpo­gʻis­tonning Qipchoq tumanida “Sotsializm yoʻli” gazetalarining ilk soni chiqqan edi.

1957-yilning oxirida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qipchoq tumani va Xorazm viloyatining Mangʻit tumani birlashtirilib, Amudaryo tumani tashkil etildi va bu muhim ijtimoiy-siyosiy voqea munosabati bilan 1958-yilning 1-yanvaridan “Amudaryo haqiqati” deb nomlangan gazeta tashkil etildi.

1962-yilning noyabr oyi­da tuman gazetalarini tugatish toʻgʻrisidagi hukumat Qarori qabul qilinadi va “Amudaryo haqiqati” gazetasi ham 1962-yilda tugatiladi. Shundan soʻng Toʻrtkoʻl, Beruniy, Amudaryo tumanlarining birgalikdagi tumanlararo “Kommunizm gʻalabasi” deb nomlangan gazetasi tashkil etilgan.

1965-yilning mart oyida boʻlib oʻtgan sobiq KPSS Markaziy komitetining Ple­numida tuman gazetalarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi. Shu tariqa 1965-yil 15-iyunda Amudaryo tuman firqa qoʻmitasi va ijroiya qoʻmitasi organi – “Amudaryo haqiqati” gazetasi qayta tashkil etildi. 1965-yilning 1-iyuli­da qayta tashkil etilgan gazetaning dastlabki soni yorugʻlikka chiqdi.
2010-yil 1-sentyabrdan bosh­lab "Amudaryo televideniyesi" MChJning "AmuTV" telekanali Mangʻit shahridagi analog rusumli teleuzatgichdan haftasiga 3 kun, kuniga 2 soat davomiylikda efirga uzatila boshladi.

2012-yilda “Amudaryo ha­qiqati” gazetasi davr bilan hamnafas holda “Taraqqiyot koʻzgusi” deya qayta nomlanib, Qoraqalpogʻis­ton Res­pub­li­kasi Matbuot va axborot agent­ligidan qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

2012-yilning 1-aprelidan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi internet tarmogʻida oʻzining rasmiy veb-saytiga ega boʻldi. Internet tarmogʻida Amudaryo tumani, uning bugungi hayoti haqida tezkor, xolis va ishonchli axborot tarqatish maqsadida 2012-yil 31-iyulda ushbu amunews.uz veb-sayti mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi Internet orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositasiga asos solindi.

2019-yilning yanvar oyidan boshlab Amudaryo televideniyesi raqamli formatda, Mangʻit RTSga yangi oʻrnatilgan teleuzatgichdan, 2019-yilning sentyabr oyidan bosh­lab esa Nukus shahri va shahar atrofidagi tumanlarga efir­ga uzatila boshladi.
Hozirgi kunda "ATV" telekanali koʻrsatuvlari har kuni, kuniga 18-20 soat davomiylikda Nukus shahri, Mangʻit, Qoʻngʻirot, Moʻynoq va Taxtakoʻpir tumanlaridagi umumiy quvvati 9,5 kVt boʻlgan 5 ta raqamli tele­uzatgichlar orqali Qoraqalpogʻiston boʻylab efirga uzatilmoqda.

Bugungi kunga kelib amunews.uz veb-saytida 10 mingga yaqin maqola, 15 ming­­dan ortiq fotosuratlar, saytning Telegram'dagi rasmiy kanalida esa 25 ming­ga yaqin post, 20 ming­dan ortiq foto- va mingdan ortiq videomateriallar eʼlon qilingan.

"ATV" telekanalining YouTube'dagi rasmiy kanali esa 50 mingdan ortiq obunachilarga ega. Kanaldagi 6 mingga yaqin videolar jami 5 million martaga yaqin koʻrilgan.

"ATV" telekanalini nafaqat televizor, balki mobil qurilmalar hamda smartfonlar orqali ham tomosha qilish mumkin. Buning uchun quyidagi havolalarga oʻting:
• Mediabay

• BizMedia

• Telegram

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026