KÖNGLI OBOD NURONIYLAR
- Öz uying, ölan töşagingda bexavotir orom olişning, topgan-tutganingni oila aʼzolaring bilan bemalol yeb-içib, umrguzaronlik qilişning özi ham baxt, - deya hisoblaydi tumanimizning "Boğ” mahallasida istiqomat qiluvçi Ikkinçi jahon uruşi va mehnat faxriysi, 92 yoşida ham kuç-quvvatini yöqotmay farzandlariga, nevaralariga boş bölib yurgan Yöldoş Ortiqov.
Otaxonning bu iqrori bejiz emas. Uning bolaligi ilk maktablar taşkil etilib, ösib kelayotgan yoş avlod öqitişga jalb qilina boşlagan davrlarga töğri keldi. Elning tirikçiligi maşaqqatli mehnatlar evaziga yetiştiriladigan dehqonçilik, paxtaçilik orqasidan edi.
Qorni töyib ovqat yeydigan oilalar kamdan kam edi. Şu boisdan bolalarning ham es tanigani rözğor taşvişlarida ota-onasiga kömaklaşişga harakat qilar, miriqib dam olişga, öynab kulişga vaqtlari bölmasdi.
Yöldoş Ortiqov maktabda aniq fanlarni yaxşi özlaştirgani uçun hademay paxtaçilik brigadasiga tabelçi böldi. Ertalabdan qoş qoraygunça brigada aʼzolarining işlagan işlarini hisob-kitob qiliş bilan birga özi ham ulardan qolişmay mehnat qilardi.
Ikkinçi jahon uruşi boşlanib, işga yaroqli erkaklar uruşga safarbar qilina boşlagaç, ayniqsa, dala işlari ayollar va ösmirlar zimmasiga tuşdi. Endi bir odam bir neça odamning örniga işlaşi lozim edi.
Armiyaga çaqirilganida Yöldoş Ortiqov endi 18 yoşda edi. 1942-yilning boşida uruşga jönagan yigit qisqa muddatli harbiy tayyorgarlikdan söng Moskva ostonasida jangga kirdi.
- Bu Ikkinçi jahon uruşida eng köp talofat körilgan, ayni paytda, ilk qaqşatqiç zarbalar ham berilib, duşmanning hujumkorligi pasaytirilişiga erişilgan nuqta edi, - deya xotirlaydi öşa kunlarini otaxon. – Biz jonimizni qayğurmasdik, oçlik, çarçoqni ham sezmasdik. Doim köz öngimizda oilamiz, ota-onamiz, qişloğimiz turardi. Şu aziz yurtimizni duşmanga oyoq osti qildirmaymiz, deya kuraşardik. Çunki uruş bölgan şahar, qişloqlarni nemislar vayronaga aylantirib öt qöyar, köçirişga ulgurilmay qolgan aholini, hatto yoş gödaklarni ham ayamay otardi.
Uç yil uruşning olovli söqmoqlarida qança-qança hamqişloqlaridan, döstlaridan ayrilgan Yöldoş Ortiqov bir qölidan öq yeb, 1944-yil boşida ona qişloğiga qaytib keldi.
Qişloğida... qişloğida ekinlarning bor yöq hosili askarlarga jönatilgan, qahatçilik edi. Bularni körib harna nogiron bölsam ham, özimga yaraşa iş topilar, elning oğir kunlarida nogironman, deb men uyimda yotmayin, deya öylab, şinelini yelkasiga taşlab, tuman harbiy komissariatiga bordi. Iloji bölsa, işlamoqçi ekanligini aytdi. Uni uruşga ketmasidan oldingi kasbiga tayinlaşdi. Ön yillardan ziyod brigadada tabelçilik qildi. Keyin ovulidagi çorvaçilik fermasida çöpon böldi.
Ayni kunda "Boğ” mahallasining ibratli, elda eʼzoz topgan xonadonlaridan biri bölgan Yöldoş Ortiqov, umr yöldoşi, bir umr fermada sut soğuvçi bölib işlab, qöşa-qöşa öğil-qizni el qatoriga qöşgan, ilk nevaralarini ham uyli-joyli qilib, 15 nafardan ziyod çovliqning katta enasi bölgan Rahima momo Ortiqovalar ostonasidan mehmon uzilmaydi.
Keliniga, nevaralariga qarab ötirmay mehmon kelsa, quvonganidan momoning özi ham xizmatga tuşib ketaveradi.
Tabiatan şöx, oddiy sözlari ham hazil-mutoibaday odamga xuş kayfiyat bağişlaydigan çaqqon momoning har bir sözida bugungiday baxtiyor zamonamizga şukronasi joy olgan.
- Keksalarni eʼzozlab boşiga kötarayotgan yurtimizga, Yurtboşimizga ming rahmat, -deydi quvonib. - Bundan ikki yil oldin byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi yöllanmasi bilan "Tovoqsoy”ga dam olgani bordik. Endi bir qöli işlamagaç, doim çolimga hamroh bölib yuraman-da. Borsak, yöllanma bir kişilik, çolingizning nomiga, sizni qabul qilmaymiz, dedi. Çolimni taşlab ketadigan ahmoq emasman, dedim-da tuman hokimligiga qönğiroq qildim. Natijasini kutib bir soatça taşqarida ötirdik. Nima çora körildi, menga qoronğu, ikki qiz kelib sumkalarimizni kötarib borib xonaga joylaştirdi, 12 kun dam olib, muolaja olib, ança yaşarib qaytdik. Şunday ğamxörliklarni körib turib keksaygisi kelmaydi-da odamning.
Turli mevali, manzara daraxtlarga burkangan ulkan, ozoda hovli atrofi Rahima momoning, Yöldoş boboning tinib-tinçimasligini, nevaralarini ham şu yösinda tarbiyalayotganini isbotlab turibdi.
Köngli obodning turmuşi obod, - deganlari şu ekan-da, - deya öyladim atrofga boqib.
Biri töqsondan, biri sakson yoşdan oşsa-da hamon bardam, farzandlari, nevaralariga boş bölib yurgan Yöldoş bobo, Rahima momolarning xonadonidan ham havas, ham bir olam taassurotlar bilan qaytar ekanman, maşoyixning baxtni his qila olgan odamgina baxtiyordir, - degan sözi yodimga tuşdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶