21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:05
Jamiyat 👁 12,720

“Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida maʼnaviyat festivali oʻtkazildi

“Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida maʼnaviyat festivali oʻtkazildi

Fotoreportaj

Bugun mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ezgu maqsad yoʻlida keng qamrovli islohotlar olib borilyapti. Taraqqiyotning muhim asoslari boʻlgan maʼnaviyat va marʼrifatga jiddiy eʼtibor qaratilyapti. Shu jihatdan respublikamizning barcha shahar va tumanlarida joriy yilning iyul-avgust oylarida “Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz” shiori ostida maʼnaviyat fesivallari oʻtkazilmoqda. Ushbu madaniy-maʼrifiy tadbirlar jamiyatda maʼnaviy muhitni yaxshilash, yosh avlodni bilimga chorlash, har bir fuqaroning yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish, qolaversa qalblardagi shukronalik tuygʻusini namoyon etishi bilan ahamiyatli boʻlmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlarning mazmun-mohiyatini amudaryolik yurdoshlarimizning qalbiga yetkazish va xalqimizga xush kayfiyat ulashish maqsadida bir guruh elimiz suygan shoir-yozuvchilar, mashhur aktyor va sanʼatkorlar, taniqli jurnalistlar va madaniyat namoyandalaridan iborat “Maʼnaviyat karvoni” Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.

Dastlab mehmonlar Amudaryo ustida yangi qurilgan mahobatli koʻprik oldida tumanimiz mutasaddilari tomonidan kutib olindi. Mehmonlar ulugʻvor daryoning qudratini his qilish, betakror tabiatimizdan bahra olish maqsadida koʻprikdan yayov yurib oʻtishdi.

Barchamizga yaxshi maʼlumki, ushbu mahobatli koʻprikning tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Amudaryo tumaniga tashrif buyurgan edi. Bu koʻprik davlat rahbarining xalqimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatini ramziy ifoda etishi bilan barchamizni faxrlantiradi.

Ushbu koʻprik qirgʻoqlarni bir-biri bilan birlashtiradi va iqtisodiy rivojimizda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Shu maʼnoda Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan “Maʼnaviyat festivali” ham dillarni dillarga, ellarni ellarga bogʻlashi, shuningdek, qalbimizdagi Vatanga boʻlgan buyuk muhabbatimizni namoyon etishi bilan ahamiyatlidir.

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi oldida mehmonlar tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, soha masʼullari tomonidan karnay-surnay sadolari ostida tantanali qarshi olindi. Milliy liboslar kiygan qizlarimiz mehmonlarga ming yillik oʻlmas qadriyatimiz ifodasi – non-tuz tutishdi.

Tuman Madaniyat boʻlimida oʻtkazilgan maʼdaniy-maʼrifiy tadbirda filologiya fanlari nomzodi, professor Rahimboy Jumaniyazov, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon, teatr aktyori Tohir Raximov va qoraqalpogʻistonlik taniqli ijodkorlar soʻzga chiqib, “Maʼnaviyat festivali” doirasida oʻtkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, sanʼat va maʼdaniyatning xalq tafakkurini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi.

Professor Rahimboy Jumaniyozov tomonidan yurt taqdiriga daxldorlik, xalqimiz birdamligi, millatlararo totuvlik, inson maʼnaviy kamolotida bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlarning oʻrni toʻgʻrisida bildirilgan falsafiy fikrlari yigʻilganlarni chuqur mulohazaga chorladi. Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon tomonidan xalqona ohanglarda oʻqilgan yurt madhini ulugʻlovchi sheʼrlar qalblarga Vatanni begʻaraz sevish kabi musaffo tuygʻularni olib kirdi. Shuningdek, teatr aktyori Toxir Raximov va Gulsara Jumaniyozovalarning oʻziga xos zalvorli fikrlari yurtdoshlarimizga olam-olam ziyo ulashdi.

Tadbir davomida nuroniy Bekman Allaberganov va shoira Zulfiya Olloyorovalar soʻzga chiqib, tumanimizga tashrif buyurgan ijodkorlarga oʻzlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Xushovoz xonandalarimiz ijrosida yangragan koʻngilochar, shoʻx qoʻshiqlar barchani raqs davrasiga chorladi. Nuroniy onaxonlarimiz mehmonlar bilan birgalikda jozibador kuy-qoʻshiqlarga goʻzal xirom aylashdi.

“Maʼnaviyat festivali” doirasidagi tadbirlarning navbatdagi qismi Olmazor mahallasida tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari, mehmon xonandalar va estradamiz yulduzlari ishtirokidagi gala kontsert bilan davom etdi.

Oqshom tushgan payt. Tumanimizdagi Xotira maydoni aholi, ayniqsa yoshlar bilan gavjum. Barchaning yuzida bayramona kayfiyat hukmron. Serqirra ijodkorlarning chiqishlari qalblarga quvonch olib kiryapti.

Ijodkorlar soʻzga chiqib, xalqimizni, yoshlarni bugungi shodiyona bayram va farahbaxsh kunlar bilan samimiy muborakbod etishdi. Xalqimiz sevgan ijodkorlar Rustam Musurmon va Toxir Raximov tomonidan oʻqilgan Vatan va oilani ulugʻlovchi ajoyib sheʼrlar, professor Rahimboy Jumaniyazov tomonidan bildirilgan fikrlar biz yagona xalq ekanligimizni, birlashib buyuk Vatanga aylanishimizni yana bir bor anglatdi. Shuningdek, Qoraqolpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulsara Jumaniyazovaning bolalar obrazini gavdalantirgan oʻzgacha chiqishlari tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bagʻishladi.

Xonandalar ijrosida yoshlik va muhabbatni tarannum etuvchi shoʻx qoʻshiqlar yangradi. Qoraqalpoqcha va xorazmcha diltortar navolar barchani zavqlantirib, raqsga chorladi. Ayniqsa, xonanda Iroda Iskandarova xalq orasiga kirib borib, kuylagan shoʻx qoʻshiqlari davralarni yanada jonlantirdi. Xonandaning cheksiz muhabbati amudaryoliklarning davomli olqishlariga sazovor boʻldi.

Kontsert estradamiz yulduzlari va yosh sanʼatkorlarimizning oʻziga xos goʻzal chiqishlari bilan koʻtarinki kayfiyatda davom etdi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston bizning yagona Vatanimiz. Malakatimizda boʻylab oʻtkazilayotgan mana shunday festivallar bizni yanada jipslashtiradi. Xalqimiz bir butun boʻlib, yurtga daxldorlik tuygʻulari bilan ezgu maqsadlarimiz yoʻlida hamjihatlikda harakat qilar ekan, mustaqilligimiz yanada mustahkam boʻlishiga zamin yaratadi. “Maʼnaviyat festivali” doirasidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar 15-iyulga qadar Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlarida davom etadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026