21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:04
Adabiyot 👁 394

Yosh kitobxon oilaga navbatdagi tashrif

Yosh kitobxon oilaga navbatdagi tashrif

“– Siz oʻshami?

–Men oʻsha, –dedi Otabek.

Ikkisi ham bir-birisiga beixtiyor termulishib qoldilar...”

Er-xotinning maslagi-yu, maqsadi, orzu umidlari, intilishlari, kasb-u, kori bir boʻlsa qanday yaxshi-ya, aziz teletomoshabin! Albatta bu oila mustahkam boʻlishiga, juftliklar bir birini oʻzaro tushunib yashashiga zamin yaratadi. Bir oilada yashab, bir yostiqqa bosh qoʻyib, bir birini anglamasdan va orzu intilishlari bir koʻchadan yurib oʻtmay yashashdan Haq taolo oʻzi asrasin. Zero, oila barqarorligida oʻzaro hurmat va tushunishib yashash muhim oʻrin tutadi.

Biz yoʻqlab borgan oila vakillari esa bu masalada jamiyatimizga ibrat boʻlgulik. Maʼnaviyati boy ushbu oila sohib va sohibalari bugun el-u, yurtda hurmatda, davralarda aytar soʻzi maʼnoli, oʻrni esa toʻrda. Qanday qilib deysizmi? Hozir bilib olasiz...

Oʻrinboyevlar oilasini nafaqat doʻrmanliklar, balki, butun Amudaryo eli yaxshi tanishadi. Chunki ular ham adabiyotchilar oilasi sifatida, ham kitobxon oila sifatida koʻp bora eʼtirof etilgan. Oila boshligʻi Farhod aka va Shirin opalar qurgan mustahkam oila bugungi kunda ovulning tup qoʻyib, palak yozib, serfarzand serdavlat boʻlib umrguzaronlik qilayotgan old oilalaridan. Ha, farzandi kitob oʻqib, yuksak yuksak marralarni zabt etayotgan, dasturxon boshida kimningdir gʻiybati emas, balki, qaysidir badiiy asarning muhokamasi va mazmunli suhbatlar ketadigan madaniyatli kishilarni albatta serdavlat deyishadida!.. Bugun mana shu kitobxon farzandlar sabab ota-onaning el orasida qaddi va qadri baland, tanigan bilganlar rahmat aytishadi.

Kitobxon oʻgʻil Umidbek Oʻrinboyev va kitobxon kelin Muhabbat Davlatovalar bolalikdan kitoblar olamiga, ona tili va adabiyot fanlariga ixlos qoʻygan. Oʻquvchilik paytlarida adabiyot oʻqituvchisiga havas qilib oʻqituvchilik kasbini tanlagan Muhabbat bugun bu tanlovidan mamnun. Sobiq kursdoshlar va hozirgi kunda bir oila boʻlib baxtli hayot kechirayotgan bu juftlik Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutini tugatib, mustaqil hayotga dadil qadamlar bilan kirib bordi.

Oʻz faoliyatini tumanimizdagi 20-sonli maktabda ona-tili adabiyot fani oʻqituvchisi sifatida boshlagan Umidbek ham maktabdagi ustozlik faoliyatiga, hamda kitob mutolaasiga vaqt topar edi. Ha, ushbu yosh kelin-kuyovning suhbatlari “Oʻtkan kunlar” bilan boshlanib, Pushkin sheʼrlari bilan yakunlangandir oʻshanda ehtimol. Nima boʻlganda ham ularning tinimsiz harakati va kitobga boʻlgan sevgisi besamar ketmadi. 2022-yilda respublika miqyosida oʻtkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovida bir qancha bosqichlarni bosib oʻtib, ushbu ahil oila Oʻzbekiston boʻyicha faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kirib, davlatimiz rahbarini shaxsan oʻzlarining qoʻlidan "Spark" avtomobili kalitini oldi. Bu gʻalaba yosh oilaning orzulariga qanot bagʻishladi. Hozirgi kunda ikki nafar shirindan shakar farzandlarning ota-onasi boʻlgan bu juftlik harakatdan, mutolaadan sirayam toʻxtagani yoʻq. Stol ustidagi taxlangan kitoblar esa ularning porloq kelajagidan soʻzlayotganday goʻyo.

Yaqindagina Oʻrinboyevlar oilasi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan Uchinchi Renessans sari!” nomli grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovida ham qatnashib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Va bu ham oʻz navbatida oilaning yutuqlar shodasiga ilingan bir marjon boʻlib qoʻshildi. Tanlovda Oʻrinboyevlardan tashqari Alisher Bobojonovlar va Sohiba Bozorboyevalar ham gʻolib deb topildi hamda gʻoliblarga faxriy yorliqlar va badiiy kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Darhaqiqat, saodatli oilaning boʻsagʻasidan hatlashing bilan fayzu barakani his qilasan kishi. Biz ham tashrifimiz davomida ana shu tuygʻuni his etdik. Nazarimizda oshxonadan kelayotgan ovqat hidiga qoʻshilib, maʼnaviyat ifori ham taralar edi. Kitobxon oila bilan bir piyola choy ustidagi suhbatimiz orqali xuddiki biz ham katta bir asar oʻqiganday boʻldik va ularning kelgusidagi ishlariga baraka tilab xayrlashdik.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026