21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:14
Jamiyat 👁 350

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining grant loyihasi doirasida Nukusda spektakl namoyish etildi

 “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining grant loyihasi doirasida Nukusda spektakl namoyish etildi

Joriy yilning fevral oyida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda oʻz loyihasi bilan ishtirok etib, davlat granti sohibi boʻlgan edi. Grant loyihasi ish rejasiga koʻra tashkilot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda korruptsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda ushbu illatning oldini olishga koʻmaklashish maqsadida eng sara sahna asarini aniqlash boʻyicha stsenariylar tanlovini eʼlon qildi. Joriy yilning may oyida esa hakamlar hayʼati tomonidan Bayjan Uzaqov qalamiga mansub “Davr dardi” nomli spektakl stsenariysi tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi.

Korruptsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsirini va poraxoʻr hamda taʼmagir insonlarning taqdiri qanchalik ayanchli tugashini hayotiy misollar bilan ifoda etuvchi mazkur sahna asari ikki oy davomida rejissyor Mars Nuratdinov boshchiligidagi ijodkorlar guruhi tomonidan sahnalashtirildi.

17-iyul kuni Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Davr dardi” nomli ushbu spektaklning premerasi boʻlib oʻtdi. Premerada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Madaniyat vazirligi masʼullari, grant loyihasining ijrochilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Korruptsiya va taʼmagirlik, afsuski, jamiyat va davlat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi global muammolardan biri hisoblanadi. Bu illatlar iqtisodiy oʻsishni sekinlashtiradi, investitsiyalarni kamaytiradi va davlatning institutsional tizimiga putur yetkazadi. Shuningdek, korruptsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga boʻlgan ishonchining yoʻqolishiga olib keladi.

Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish masalasi davlat rahbariyatining doimiy diqqat markazida. Davlatimiz korruptsiyaning oldini olish va uning ildizlariga barham berish maqsadida koʻplab tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organlarining ochiqligini taʼminlash va axborotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan aynan shu masalada davlat granti ajratilgani ham fikrimizning isbotidir.

Bayjan Uzaqov qalamiga mansub ushbu asarda oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchilaridan birining kirdikorlari fosh etiladi hamda uning ayanchli taqdiri ibrat sifatida ifoda etiladi. Asarda taʼmagir oʻqituvchi talabalardan biriga “Seni oʻqishga men kiritdim” deb, undan pora talab qiladi. Belgilangan pulni bermasa, turli yoʻllar bilan oʻqishdan chetlatishini aytib, talabaga bosim oʻtkazadi. Fakultet rahbariyati, hamkasblari hamda halol va toʻgʻrisoʻz oʻqituvchi doʻstining ogohlantirishlari va tanbehlariga qaramasdan qingʻir yoʻldan qaytmagan “qahramon”, nihoyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olinadi. Spektakl soʻngida uning farzandlari hamda turmush oʻrtogʻining monologlari har qanday tomoshabinni toʻlqinlantirib, taʼmagirlik kabi illatga nisbatan keskin murosasizlikka chorlaydi.

Spektakldagi barcha rollarni Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining isteʼdodli aktyor va aktrisalari maromiga yetkazib ijro qilgan.

“Jayxun ilhomlari” NNTning grant loyihasi ish rejasida mazkur sahna asarini davlat organlari xodimlari va keng jamoatchilik uchun bir necha oy davomida namoyish qilish, shu orqali aholi ongida korruptsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga hissa qoʻshish rejalashtirilgan.

Premera soʻngida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita boshligʻi Tajibay Romanov soʻzga chiqib, spektaklga dolzarb mavzu tanlangani, uning mahorat bilan sahnalashtirilgani, ijro etilgani hamda muvaffaqiyatli namoyishi bilan loyiha ijrochilarini, ijodiy guruhni tabrikladi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

X.Aytboyeva, loyiha koordinatori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026