BITIRUVÇILAR XUSUSIDA ĞAMXÖRLIK
Kamolga yetib kelayotgan yoş avlodga ğamxörlik mamlakatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridandir.
Xususan, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini özlarining egallagan ixtisosliklari böyiça işga joylaştirişni taʼminlaşga, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga eʼtibor qaratilmoqda. Natijada mavjud örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bitiruvçilarining bir qismi oliy öquv yurtlarida öqişni davom ettirayotgan bölsalar, ayrimlari mehnat faoliyatini boşlab yubordilar. Şuningdek, öz xususiy biznesini oçib, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan yoşlarga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Şunga qaramasdan, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvçilarini öz ixtisosliklari böyiça işga joylaştirişda xato-kamçiliklarga yöl qöyilayotganligini inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi şu yilning 10-martida "Kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga muvofiq endi avvalgidek bitiruvçilarni işga joylaştirişda mehnat qonunçiligining buziliş hollariga, faqat hisobotlarda işga joylaştirildi, deb qayd etilib, amalda bu öz tasdiğini topmay qolişiga yöl qöyilmaydi. Endilikda bitiruvçilarni, keyinçalik egallagan kasblari böyiça işga joylaştirişni nazarda tutgan holda, işlab çiqariş amaliyotini ötaş uçun aniq taşkilotlarga – iş beruvçilarga biriktirişga doir manzilli tadbirlar ijrosi taʼminlanişini tegişli Vazirliklar qatʼiy nazorat qilib boradi. Qaror mazmun-mohiyati örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvçilarining mehnat bozoriga dadillik bilan kirib kelişiga imkon yaratişi bilan ham juda ahamiyatlidir.
Maʼlumki bandligini taʼminlamay, foydali işga jalb qilmay turib, yoşlardan jamiyatimiz heç qanday naf körmaydi. Qolaversa, bekorçi, işsiz yoşlar içiş, çekiş kabi zararli illatlarga tez berilib ketayotgani ham hayotiy haqiqat. Şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, mazkur qaror bugungi kunimiz uçun juda dolzarbdir. Bu bizning, "Kamolot” YoIH tuman Kengaşining yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularga munosib mehnat şaroitlari yaratiş borasidagi maqsad-vazifalarimizga ham hamohangdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶