HAR YeRNI QILMA ORZU
Xalqimizning "Ona yurting omon bölsa, rangu-röying somon bölmas”,- "Ona yurting – oltin beşiging”, "Özga yurtda şoh bölgunça, öz yurtingda gado böl”, degan nihoyatda çuqur maʼnoli maqollari har bir fuqaroni öz yurtini sevişga, ardoqlaşga, tinçligi-osoyiştaligi uçun kuraşişga çorlaydi.
Ha, kindik qonimiz tomgan, köz oçib körganimiz şu muqaddas maskan – bizning ikkinçi onamiz, Vatanimiz. Uni qadrlamoq, bosgan har qadamimizda ona zaminimizning taftini his qilib yaşamoq bizning farzandlik burçimiz.
Keyingi yillarda tirikçilik, degan bahona bilan özga yurtlarga otlanayotgan, biron kasbni puxta örganmay, xorijda mömay pul topmoqçi bölayotgan yoşlar afsuski köpayib borayapti. Endi bir öylab köraylik: kasb-hunarining tayini yöq, borar manzili noaniq, xorijiy tillarni yaxşi bilmaydigan, öşa davlat mehnat qonunçiligidan bexabar öspirin odam savdosi qurboniga aylanib qolmasligiga kim kafolat bera oladi? Unga xorijda yaxşi iş, daromad taklif etayotgan tanişi uning kuçidan foydalanişni közlamasa, çaqirarmidi? Jismoniy zöriqib işlaş evaziga ozgina maoş olib, soğligidan ayrilib kelayotganlar ozmi?
Har yerni qilma orzu, hamma yerda ham bor toş-tarozu, deyişadi. Çindan-da işlayman, daromad topib boy bölaman, degan odamga öz yurtimizda yaratilgan şaroitlar heç bir mamlakatda yöq. Buni esimizdan çiqarmasligimiz kerak.
Oliyaxon AHMEDOVA, Amudaryo
akademik litseyi öquvçisi.
(Foto - http://darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶