22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:11
Jamiyat 👁 278

Xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi koʻzdan kechirilmoqda

Xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi koʻzdan kechirilmoqda

Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari rejali asosda amalga oshirilmoqda. Tuman prokurori Aziz Roʻzmetov boshchiligida tuzilgan ishchi guruh Yangiobod, Doʻstlik, Farovon, Arna boʻyi mahallarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan oilalarning xonadonlarida boʻlib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Masʼullar tomonidan taʼkidlanganidek, favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, bolalar xavfsizligini taʼminlashda xonadonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining toʻgʻri tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda ishchi guruh aʼzolari aholiga yongʻin xavfsizligi, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy amal qilish boʻyicha zarur tavsiyalarni berishdi.

Qayd etilganidek, kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi isitish va tabiiy gaz uskunalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi. Bu esa oʻz navbatida yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazidan zaharlanish ehtimoli oshishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, oʻzboshimchalik bilan nosoz holatdagi isitish qozonlari, tabiiy gaz yetkazib beruvchi moslamalardan foydalanish va dudburonlarining vaqtida tozalanmasligi oqibatida baxtsiz hodisalar sodir boʻlayapti.

Oʻrganishlar vaqtida yaroqsiz holdagi tabiiy gaz moslamalari aniqlanib, ular zamonaviy va tejamkor uskunalarga almashtirildi. Isitish qozonlarining moʻrilarida tozalash ishlari tashkil etildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha aholi orasida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi. Bunday tadbirlarni tashkil etish boʻyicha Amudaryo tumanida 3 ta ishchi guruh tuzilgan boʻlib, joylarda amaliy ishlar davom etmoqda.

Bundan tashqari, tadbir davomida kam taʼminlangan oilalarda tarbiyalanayotgan 4 nafar maktab oʻquvchilariga maktab formasi va badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

Chindan ham, bugungi kunda tabiiy gaz va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan samarali foydalanish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mavjud qoidalarga amal qilish orqali nafaqat qayta tiklanmas energiya zaxiralari tejaladi, balki favqulodda vaziyatlarning ham oldi olinadi.

Odatda tabiiy gaz bosimi qancha baland boʻlsa, undan boricha foydalanishga harakat qilamiz. Aslida, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda siz tabiiy gazni meʼyordan 50 foiz yoki undan koʻproq sarflaysiz.

Xonadonlarda yongʻin holatlarining oldini olishda tabiiy gaz uskunalari va isitish moslamalaridan foydalanishda yongʻin va xavfsizlik talablariga amal qilish lozim. Qoʻlbola va nosoz isitish tizimi moslamalaridan foydalanmang. Bu vositalar yongʻin sodir boʻlishida asosiy sabablardan hisoblanadi. Isitish qozonlaridan foydalanishdan oldin moʻrilarining sozligiga, ularning turli buyum va toʻsiqlar bilan berkitilmaganligiga hamda masʼul tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida tozalanishiga alohida eʼtibor bering. Isitish tizimlariga uskunalarni ulash tartib-qoidalariga amal qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yoʻl qoʻymang. Agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda tabiiy gaz xizmati idorasiga zudlik bilan xabar bering.

Yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish orqali oʻzingiz, yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni koʻngilsiz hodisalardan saqlagan boʻlasiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026