MAHALLA - TARBIYa MASKANI
Bugungi kunda mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş va bandligini taʼminlaş eng dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Negaki, soğlom ijtimoiy-maʼnaviy muhit hukmron joyda el tinç, osuda hayot keçiradi, oilalarda farovonlik böladi, farzandlar yurt xizmatiga kamarbasta bölib voyaga yetadi.
"Xolimbeg” ovul fuqarolar yiğini tarkibiga kiruvçi "Ayoqçi” mahalla fuqarolar yiğini qoşida davlatimizning yoşlarga oid qarorlarini amalga tadbiq etişga qaratilgan, xususan, huquqiy madaniyatini şakllantirişga, ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş jarayonlaridagi faolligini oşirişga, fuqarolarimiz orasida qabul qilinayotgan qarorlar va qonunçiligimizdagi özgarişlarning mazmun-mohiyatini tuşuntirişga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlarini olib boruvçi doimiy komissiyalar tuzilgan bölib, faoliyati samarali taşkil etilgan.
Aholi turmuşi farovonligining asosi hisoblanmiş işga yaroqli aholining bandligini taʼminlaş juda muhimdir. Buni inobatga olgan holda aholini ijtimoiy himoya qiliş, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş, iş bilan taʼminlaş va tadbirkorlikka jalb etiş maqsadida mahallamizda "Maslahat markazi” faoliyat körsatib kelmoqda. Markazda fuqarolarning bandlik böyiça barça savollariga javob berilib, yangi-yangi iş örinlari yaratilişiga erişilmoqda. Şu yilning özida 4 nafar fuqaro sartaroşlik va kasanaçilik böyiça tadbirkorlik faoliyatini boşladilar. Hududimizda joylaşgan paxta qabul qiliş şoxobçasiga 8 nafar, fermer xöjaliklariga 16 nafar yoşlar şartnoma asosida işga joylaşdilar. "Amudaryotex” xorijiy korxonasida 12 nafar mahalla ayol-qizlari mehnat faoliyatini boşladi.
Özbekiston Respublikasi Boş Vazirining 2015-yil 20-yanvardagi "Aholining şaxsiy yordamçi xöjaliklaridan samarali foydalaniş, ular uçun talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib beriş va moliyalaştiriş işlarini tizimli taşkil etiş yuzasidan amalga oşiriladigan çora-tadbirlar töğrisida”gi topşiriğini ijro etiş böyiça faol iş olib bormoqdamiz. Bunga köra, 24 nafar fuqaroning hujjatlari tijorat banklariga kredit oliş uçun topşirildi va 12 nafarining arizasi qanoatlantirildi.
Mahallamizda aholi orasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini olişga qaratilgan turli tadbirlar muntazam ötkazilmoqda.
Bulardan taşqari, töy-marosimlarni ixçam tarzda ötkazib, ortiqça çiqim va isrofgarçilikka yöl qöymaslikka harakat qilayapmiz.
Ayni kunlarda mahallamiz hududini kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlariga deyarli barça fuqarolarimiz jalb qilinmoqda. Çunki mahallamizning obodligi, körkamligi hammamizga daxldor.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶