21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:39
Adabiyot 👁 453

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

            Yurt sogʻinchi

Koʻngling toʻq, qadding tik – yursang elingda,
Shukringni har kuni ming bor aytasan.
Sogʻinchin sezarsan ketsang dilingda,
Qizilcholi, Kuykoʻpirim qaydasan?

Kimlardir fikrini aytar olib tan,
Qayda qorning toʻysa – shu yerdir Vatan.
Men esa har safar shoshib qaytaman –
Qizilcholi, Kuykoʻpirim qaydasan?

Menda ham bir talay boʻlgandi imkon,
Qay bir shaharlarni tutmoqqa makon.
Netay, faqat shunda orom olar jon —
Qizilcholi, Kuykoʻpirim qaydasan?

Balkim aytisharlar qilishib taʼna,
Bizlar obroʻ topdik Toshkentda, mana.
Sizga qanot bergan YuRT deyman yana,
Qizilcholi, Kuykoʻpirim qaydasan?

Mayli, dovrugʻingiz olamni tutsin,
Har kim sinovlardan muqarrar oʻtsin.
Lekin sizni qayda intiqroq kutsin,
Qizilcholi, Kuykoʻpirim qaydasan?

Uch kun boʻlsam hamki shahri azimda,
Sogʻinch alomati balqir yuzimda.
Mehring sabab Ahmad doim taʼzimda –
Qizilcholi, Kuykoʻpirim qaydasan?
Ahmad Nafasov

***       

       ShUKR AYLAB

Shukr aylab, aytayin shuni,
Bugun — yozning yoqimli kuni.
Kechagi kun harorat necha
Edi, qani tushsa bir esga!

Tuni boʻyi va kuni bilan
Yashagandik omonlik tilab.
Mana bugun yayradi jonlar,
Jonlandilar tillar, zabonlar.

Sheʼr mashqiga satrlar xoʻbi
Topilmoqda, xush kelsa oʻqi...
Bezantirar barcha gullarin,
Maysalarga ham berib oʻrin.

Saxovati, yozning, bilindi,
Odamlarga oshkor qilindi.
Zavqing toshib yonboshlasang ham,
Doʻstlar bilan chekkan qaygʻu-gʻam
Qayga ketdi, bilmassan endi,
Dunyo koʻngil mulkiday kengdir...

Jumaboy HIDOYaTOV,
"Jayxun ilhomlari" NNT aʼzosi.

***

            Sogʻinch
Qizim Adolatxonga

Yoz oʻtib, kuz keldi tashvishlar ila,
Qalbimga sogʻinchni togʻ bilan tenglab.
Mitti vujudingni surating birla,
Jonim halqasiga qoʻygum muhrlab.

Munis koʻzlaringda Quyosh charaqlab,
Kun boʻyi kutishdan charchagandirsan.
Tunlari uxlamay nenidir izlab,
Balki ertaklarim sogʻingandirsan.

Shamol silaganda soching tolasin,
Dadamning qoʻli, deb faraz etaqol.
Qoʻmsasang, qalbimning mehr qalʼasin,
Javonda sheʼrlarim oʻqib chiqaqol.

Atrofga qaragin – fasli oltin kuz,
Jilvakor daraxtning bargi sargʻaygan.
Meni toshyurak deb oʻylama hargiz,
Sogʻinchdan otangning koʻzi sargʻaygan.

Tush boʻlib kirayin shirin uyqungga,
Goʻzal tonglaringdan biri otganda.
Yo nasib, shodlik-la borib uyingga,
Bagʻrimga bosaman yaqin kunlarda.

Odil Shomurodov. Astraxan, 2001-yil

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026