21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:41
Jamiyat 👁 5,030

URUSh, NOMING OʻChSIN JAHONDA!

URUSh, NOMING OʻChSIN JAHONDA!

Urush... Bu soʻzni shunchaki aytish yo tinglash mumkin emas. Chunki, bu soʻz zamirida xonavayron boʻlgan shahar, qishloqlar, izdan chiqqan hayot, necha minglab yigit yoshida shahid ketgan jonlar, ayriliq, jabr-u sitamlar bor, yo otasi, yo tugʻishganidan ayrilib, bir umr koʻngli kemtik boʻlib yashayotgan umrlar bor.

Shuning uchun ham ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaga ulkan hissa qoʻshgan, nainki oʻz yerimiz, necha-necha davlatlarni ham fashizm balosidan qutqarib, tinch-osuda hayot oʻrnatishga koʻksini qalqon qilgan insonlarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatamiz, avaylaymiz, bugungi dorilomon kunlar zavqini surib yashashi uchun gʻamxoʻrlik qilamiz.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaning 70 yilligi nishonlanadigan kunni koʻrish baxtiga tumanimizning 16 nafar urush faxriysi muyassar boʻlmoqdalar.

Ayni kunda ularni qutlugʻ ayyom bilan muborakbod etish, xotiralarini tinglash uchun tumanimizdagi korxona, tashkilotlar xodimlari, umumtaʼlim, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari, oʻquvchilari ana shu tabarruk insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etishmoqda, uylariga tashrif buyurishmoqda, bayram sovgʻalari ulashmoqda.

Yaqinda ana shunday uchrashuvlardan biri Amudaryo akademik litseyida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda 3 nafar urush faxriylari – "Bogʻ” mahallasida istiqomat qiluvchi Yoʻldosh Ortiqov, Navoiy nomli mahalladan Sobir Nurullayev, Yoʻldosh Tojimurodovlar va xalq taʼlimi faxriysi Turdiboy Bozorboyevlar ishtirok etdilar.

Shuni aytish kerakki, mazkur muassasa ustoz-murabbiylari va oʻquvchilari har yili 9-may - Xotira va Qadrlash kuni bayrami arafasida tumanimizdagi barcha urush faxriylari holidan xabar olib, sovgʻa-salomlar berib, ularning duolarini olib kelmoqdalar. Bu yil ham har yilgi anʼana davom ettirildi. Oʻquvchilar ustozlari bilan urush faxriylarining barchasining xonadonida boʻlib, bayram bilan qutladilar, urush mashaqqatlari, urushdan soʻnggi ogʻir tiklanish yillaridagi xotiralarini tingladilar, bugungiday dorilomon kunlar zavqini surib, uzoq yashashini tiladilar.

Oʻzlariga yuksak ehtirom koʻrsatib kelayotgan oʻqituvchilar, oʻquvchilar bilan uchrashish urush faxriylari uchun ham quvonarli voqea boʻldi. Litsey oldida saf tortib, qarshi olgan oʻquvchilardan minnatdor boʻlib, koʻngillari shodlikka toʻlib, muassasa zaliga kirdilar.

Yigʻilganlarni litsey direktori Otabek Yoʻldoshev 9-may - Xotira va Qadrlash kuni bilan qizgʻin qutladi.

- Men urushga joʻnaganimda, 1942-yil iyulda 20 yashar yigit edim, - deya soʻzini boshladi Yoʻldosh Tojimurodov. – Sobiq Kuybishev nomli kolxoz hisobidan armiyaga chaqirilganman. Chaqiruv qogʻozi olganimizning ertasigayoq Mangʻitdan Urganchga qarab, yuklarimiz aravada, oʻzimiz piyoda yigirma chogʻli yigitlar yoʻlga tushdik. Keyin paroxodda, poyezdda Toshkentga yetdik. Qisqa muddatli tayyorgarlikdan soʻng, ikkinchi Ukraina frontining desantchilar qismida urushga kirdim. 1943-yilning oxirigacha boshimizdan oʻtganlarini aytsam, xuddi ertakdek. Eshitgan quloq ishonmas darajadagi mashaqqatlarga chidab, jang qilardik. Ruminiya, Vengriyani nemislardan tozalashda qatnashdim. Chap qoʻlimdan oʻq yeb, gospitalda yotib davolandim va yurtimga qaytdim. Ovulimga kelib koʻrsam, bularning holi ham frontdagidan kam emas ekan. Xalq och, undirgan hosilini hatto urugʻligigacha askarlarga joʻnatgan, qahatchilik edi.

Dunyoda bizning xalqimizday sabr-toqatli, qanoatli xalq bormikan, - deb oʻylab qolaman baʼzan. Biz bir-birimizga mehr-oqibatimiz, hamjihatligimiz tufayli ana shunday mashaqqatlarni ham yengdik. Yaratganga beadad shukr, mana bugungiday kunlarga yetib keldik. Ilohim, endi avlodlarimiz urush koʻrmagay. Yer yuzida tinchlik-osoyishtalik boʻlgay!

-Bizga koʻrsatilayotgan hurmat-ehtiromdan koʻnglimiz togʻday yuksaladi, - deydi Yoʻldosh Ortiqov minnatdorchilik bilan. – Buning uchun davlatimizga, tumanimiz rahbariyatiga ming-ming rahmat.

- Mening Sizlarga tilagim, aziz yoshlar, ogʻir mashaqqatlar evaziga yurtimizda oʻrnatilgan tinchlikni, mustaqillikni asrab-avaylang, qadrlang, - deydi Sobir Nurullayev.

Chindan-da tinchlik - ulugʻ neʼmat. Bugun amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi ulkan bunyodkorliklar, yuksalishlarning tub asosi ham yurtimizdagi osuda va tinch hayotdir.

"Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi B.Ollamberganovning maʼruzasini ham barcha diqqat-eʼtibor bilan tingladi.

Faxriylar tilaklariga hamohang tarzda sahnaga chiqqan oʻquvchilar tinchlikni, osoyishtalikni ulugʻlovchi, mustaqilligimizni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro qildilar. Xalq taʼlimi faxriysi Turdiboy Bozorboyevning ona Vatanimizga, Navroʻz bayramiga atalgan sheʼrlarini miriqib tingladilar. Har satrida shukrona balqib turgan, tinchlikni asrashga chorlaguvchi qoʻshiq, harir libosda, oʻzbekona odob-ikrom bilan mayin harakatlar ila ijro etilgan raqs hammani oʻziga sehrladi.

Bu dolgʻali dunyoning turli burchaklarida tinchlikka raxna solishga, urush olovini yoqishga, hali oqqorani tanib ulgurmagan oʻsmirlarni haq yoʻlidan ozdirishga urinayotgan manfur kimsalar bor ekan, beparvo, loqayd yashashga haqqimiz yoʻq. Shu Vatan, shu aziz tuproqni koʻz qorachigʻiday asrashga har birimiz burchlimiz. Bu yoʻlda yuksak matonat egalari boʻlgan faxriylarimiz oʻgit-nasihatlari bizga dasturilamaldir.

Oygul RAJABOVA.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026