21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:37
Siyosat 👁 7,068

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh

- mamlakatimiz agrar siyosatining muhim masalasi


Mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, aholi turmush darajasining yanada yuksalishi agrar sohani rivojlantirish bilan chambarchas bogʻliq. Aholini yetarli miqdorda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda fermer xoʻjaliklari, ayniqsa aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Bu borada mamlakatimiz boʻylab keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 2013-yilga moʻljallangan dastur ishlab chiqilib, unda tuman aholisining talabi toʻliq hisobga olindi.

2012-yilda 2011-yilga nisbatan kartoshka yetishtirish hajmi 123 foizga, sabzavot mahsulotlari 118,7 foizga, poliz ekinlari 112,2 foizga, goʻsht 109,7 foizga, sut 110 foizga, tuxum 136 foizga oʻsgan boʻlsa, 2013-yilda 2012-yilga nisbatan kartoshka yetishtirish hajmini 208,3 foizga, sabzavot mahsulotlarini 159,7 foizga, poliz ekinlarini 277,4 foizga, goʻsht yetishtirishni 106,0 foizga, sut yetishtirishni 115,0 foizga, tuxum yetishtirishni 147,4 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Buning uchun har yili yangidan bogʻlar, intensiv usuldagi bogʻlar, issiqxonalar, parniklar barpo qilinmoqda, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik xoʻjaliklari tashkil qilinmoqda.

Masalan, 2012-yilda loyiha qiymati 1 mlrd 805,0 mln. soʻmlik 15 ta chorvachilik va 650,0 mln. soʻmlik 1 ta parrandachilik, 4,4 mln. soʻmlik 3 ta baliqchilik va 22,0 mln. soʻmlik 5 ta asalarichilik xoʻjaliklari tashkil qilish loyihalari amalga oshirilgan boʻlsa, 2013-yil dasturiga jami 3 mlrd. 306,0 mln. soʻmlik 43 ta loyihalar kiritilgan boʻlib, shundan chorvachilik yoʻnalishida 2 mlrd. 411,0 mln. soʻmlik 29 ta loyiha, parrandachilik yoʻnalishida 700,0 mln. soʻmlik 4 ta loyiha, baliqchilik yoʻnalishida 135, mln. soʻmlik 6 ta loyiha va asalarichilik yoʻnalishida 60,0 mln. soʻmlik 4 ta loyihalar kiritilgan.

Bugungi kungacha 43 ta loyihalardan 40 tasi toʻliq amalga oshirildi, yana 3 ta loyiha boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu loyihalar ham 1 iyulga qadar toʻliq amalga oshiriladi.

Hukumatimizning loyihalar sonini 2 baravarga oshirish boʻyicha bergan topshirigʻi asosida qoʻshimcha imkoniyatlarni yana bir bor qayta koʻrib chiqib, shu yil oxirigacha yana 41 ta loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha dastur ishlab chiqildi. Shundan, chorvachilik yoʻnalishida 1 mlrd. 515 mln. soʻmlik 28 ta loyiha, parrandachilik yoʻnalishida 156 mln. soʻmlik 5 ta loyiha, baliqchilik yoʻnalishida 57,9 mln. soʻmlik 3 ta loyiha va asalarichilik yoʻnalishida 47 mln. soʻmlik 5 ta loyihalar dasturga kiritildi hamda ularni amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.

Tibbiyot meʼyorlari boʻyicha tuman aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasini tahlil qiladigan boʻlsak, sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi 200 foizdan ortiqni, goʻsht, sut va tuxum bilan taʼminlanish darajasi 100-110 foizni tashkil qiladi.

Ushbu hisob-kitoblardan koʻrinib turibdiki, tuman aholisi sabzavot, kartoshka, poliz, goʻsht, sut va tuxum mahsulotlari bilan oʻzini oʻzi toʻliq taʼminlay oladi. Bu albatta, shu yoʻnalishlarda olib borgan ishlarimizning samarasidir.

Lekin, shunday sharoitda tibbiyot normalari boʻyicha tuman aholisining meva bilan taʼminlanish darajasi 74 foizni, uzum bilan taʼminlanish darajasi atigi 18,5 foizni tashkil qilmoqda.

Mamlakatimizda shaxsiy dehqon xoʻjaliklarini, ayniqsa, tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratib berilganligi bois, qishloqlarimizda dehqonchilik madaniyati yuksalib, bu rivojlanish oilalar farovonligida oʻz aksini topmoqda. Aytish kerakki, oʻz tomorqasida, 15-20 sotix yerda dehqonchilik qilib, bogʻ yaratib, oʻz rizqini halol mehnati bilan topib, elda obroʻ-eʼtiborga erishgan oilalar tumanimizda juda koʻp.

Hozir mamlakatimizda nafaqat fermer xoʻjaliklari, ayni paytda oilalar ham koʻp tarmoqli tadbirkorlik subʼektlariga aylanmoqda. Buni yanada kengaytirish va ommaviy tusga aylantirish lozim. Albatta, buning uchun mamlakatimizda qonuniy asos – "Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonun bor. 

Oddiy misol: 10-15 sotix yerini gullatib qoʻygan kishi roʻzgʻorida hech bir kamchilik sezmaydi. Oila ehtiyoji uchun zarur boʻladigan barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tomorqasidan chiqadi. Bu bir jihati. Yaxshi ishlagan tomorqachilar ehtiyojidan ortganini bozorga chiqarishayapti. Bu esa oʻz-oʻzidan moʻl-koʻlchilikni, arzonchilikni taʼminlayapti.

Biroq tan olish kerak, bundan hamma ham birdek foydalanayotgani yoʻq. Ayrim qishloqlarda kattagina maydonni tashkil etuvchi tomorqa maydonlari yil boʻyi boʻsh tursa, baʼzi bir tomorqachilar yerdan imkoniyat darajasida hosil olishning uddasidan chiqisholmayapti. Aslida esa bizda aholi ixtiyoridagi tomorqalar va yer uchastkalaridan yanada samaraliroq foydalanib, olinayotgan hosil va daromadlarni 2-3 hissagacha oshirishning ichki imkoniyatlari mavjud. Chunki yerimiz unumdor. Tabiiy iqlim sharoiti ham yil davomida dehqonchilik qilish imkonini beradi. Shuning uchun hozirda bu masalaga xukumat darajasida eʼtibor qaratilayapti.

Ayrim oilalar oʻzlariga tegishli boʻlgan 15-20 sotix yeri boʻla turib, tomorqa yeriga beda yoki xashakbop oʻt ekib, daromad izlab chet elga ketib sargardon boʻlmoqdalar. Axir moʻl daromad topishning manbasi – xonadonimiz ostonasidagi tomorqa yerimiz emasmi?

Shuning uchun, aholining shaxsiy va dala tomorqasidan samarali foydalanishini tashkil qilish maqsadida iqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil qilinib, har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli oʻrganilmoqda, ularga tavsiyalar hamda amaliy yordamlar berilmoqda.

Xulosa oʻrnida aytish kerakki, har bir oila xonadoni oldidagi tomorqadan unumli foydalansa, avvalo dasturxoni toʻkin boʻladi, qolaversa iqtisodiy ahvoli ham yaxshilanib, turmushi obod boʻladi.


R.YOʻLDOShEV, tuman hokimi, iqtisod fanlari nomzodi


🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026