AKA-UKA JANGÇILAR YoDI
Xitoy qişloğida istiqomat qilayotgan Ollambergan Dösmanovlar xonadonida ikki aka-uka Sobir va Norboy Ollamberganovlar ösib-ulğayib, voyaga yetayotgan kunlarning birida, aniqroq qilib aytganda 1942-yil iyun oyining ikkinçi yarmida, ayni örik va buğdoy pişiqçiligi boşlangan kunlarda tönğiç öğil Sobir Ollamberganov nomiga Qipçoq rayon harbiy komissariatidan jangga otlaniş töğrisidagi çaqiruv qoğozi keladi. Sobir bu paytda endigina yigirma bir yoşga kirgan navqiron yigit edi. Şu kundan eʼtiboran Sobir va uning ovuldagi tengqur döstlari hamda butun Qipçoq rayonidan yiğilgan uç yuzdan ortiq yigitlar Qipçoq pristanidagi paroxod barjasiga minib, Amudaryo orqali Orol dengizi tomon yöl oldilar. Orol dengizidan ham oşib ötib, Gurev portiga tutaşgan temir yöl orqali poyezd eşelonidagi bir neça minglab bölğusi jangçilar bilan hafta-ön kun davomida uç yarim ming kilometr yölni bosib ötib, Smolenskka yetib keldilar va qöllariga qurol olib, jangga kirdilar.
Bu paytda duşman Leningradni nihoyatda kuçli va keng qölamda qamal qilib turgan edi. Harbiy buyruq böyiça mana şu duşmanning mustahkam qamal xalqasini yorib ötiş kerak edi. Beayov va beomon janglar keça-yu kunduz, oylar davomida olib borildi. Şiddatli janglarning birida yoş jangçi oğir yarador böladi. Harbiy dala gospitalida ança vaqt davolangaç, Sobir Ollamberganovning jang maydonlariga kiriş imkoniyati pastligini eʼtiborga olib, harbiy askarlikdan böşatiladi va özi tuğilib ösgan Xitoy qişloğiga qaytariladi. U yarador bölgan paytda çap közidan ayrilgan edi. 1944-yil boşidan boşlab u Xitoy uçastka aloqa bölimini to umrining oxirigaça 1974-yilgaça 30-yil davomida boşqardi. U garçand 53-yil umr körsa-da, Vatan himoyasi yölida va tinçlik yillarida xalqqa poçta hamda aloqa xizmati körsatiş yölida özining bor kuç-ğayratini ayamay mehnat qildi.
Hayotdagi faollik, halollik va fidoyilik qahramonimiz Sobir Ollamberganovdan uning ukasi Norboy Ollamberganov hayotiga töla-tökis ötgan edi. U ön töqqiz yoşida, yaʼni 1943 yil iyun oyida eldoş tengqurlari bilan birgalikda nemis-faşist bosqinçilariga qarşi jangga otlandi.
Ular 3-Boltiqböyi fronti tarkibidagi öqçilar diviziyasida heç qanday harbiy taktika tayyorgarliklarisiz töğridan töğri jangmaydoniga kirib ketdilar. Çunki, duşmanga qarşi boşlangan yalpi şiddatli janglarning har bir daqiqasi yo hayot, yo momot degani edi. 1943-yilning ikkinçi yarmidan boşlab bir neça minglab kilometrga çözilgan barça front liniyalaridagi jang maydonlarida nemis-faşist bosqinçilariga qarşi yalpi yuriş boşlangan bölib, ular bosib olgan hududlardan şiddat bilan siqib çiqarişga kirişilgan va birin-ketin ozod qilingan şaharlar va qişloqlar soni köpayayotgan edi. Endi navbat Boltiqböyi Respublikalarini – Latviya, Litva va Estoniyani ozod qilişdek harbiy-tarixiy majburiyat va burçni bajariş jangçilarimiz zimmasiga yuklatilgan edi. Avvalo Kyonigsberg (Kaliningrad)ni ozod qiliş kerak böldi. Bu yerda duşman juda mustahkam istehkom örnatgan bölib, har bir qariç yerni egallaş uçun juda köp qurbonlar berişga töğri keldi. Jon olib, jon berilayotgan bu qattiq janglarda faşistlardan ham ançasi qirğin qilindi.
Bu yuzma-yuz beayov olişuv nihoyat duşmanning taslim bölişi bilan yakun topdi va nihoyatda mustahkam istehkom şahri bölgan Kyonegesberg şahri nemis-faşist bosqinçilaridan ozod qilindi. Keyin birin-ketin Tallin, Vilnyus va Riga şaharlari duşmandan ozod qilinib, nemis-faşist bosqinçilari ğarbga – Germaniya tomon şoşilinç ravişda çekina boşladilar.
Ammo qahramonimiz Norboy Ollamberganov ikki kun oldin çap oyoq tizzasidan qattiq yarador bölgan edi. Şunga qaramay, tizzasini dori darmon qilib bint bilan boğlagan holda janglarda qatnaşdi va qator jasorat namunalarini körsatdi. Lekin oğriq zöraygandan zörayib, oxiri dala gospitalida davolanişga majbur böldi. Harbiy vraç çap oyoq tizzasida gangrena paydo bölişining oldini oliş uçun barça çoralarni kördi. Beş oy davom etgan davolaş muolaja işlari özining ijobiy natijasini körsatdi. Ammo tizzani bukiş-yoziş harakatlari juda qiyinlaşdi va çap oyoq öng oyoqqa nisbatan beş-olti santimetrga kalta bölib qoldi. Buni inobatga olgan gospitalning boş harbiy vraçi Norboy Ollamberganovning uruş harakatlarida qatnaşiş imkoniyati pastligi böyiça dviziya qömondoniga tahlil-hisobot berdi. Şunga asosan dviziya qömondoni Norboy Ollamberganovning uruş harakatlariga yaroqsizligi böyiça buyruq berdi. 1944-yil yozida u jonajon Xitoy qişloğidagi ota-onasi va akasi Sobir Ollamberganov bağriga omon-eson qaytib keldi.
Oradan köp ötmay 2-Qipçoq MTSiga hisobçi bölib işga kirdi. Bunda uning hisob-kitob işlarida bilimdonligi juda qöl keldi. Sönggi yillarda mazkur korxona boş hisobçisi örinbosari, boş hisobçi bölib işladi. Keyin 1-Manğit MTS boş hisobçisi bölib xizmat qildi. Manğit şahridagi maişiy xizmat körsatiş korxonasida boş hisobçi va muhandis iqtisodçi vazifalarida mehnat qilib, hisob-kitob işlarining ustasi sifatida tanildi.
Ikkinçi jahon uruşida körsatgan jasoratlari uçun qator medal va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.
Bu ğoyat mehnatsevar va favqulodda ğayrat-şijoatli inson oilaparvar ham edi. U sevimli rafiqasi Tozagul Jabborbergan qizi bilan umrguzaronlik qilib, töqqiz nafar solih farzandlarni dunyoga keltirişdi va ulardan yuz nafardan ziyod nevara, çevara va evara körişdi. Bu solih farzandlar marhum Norboy Ollamberganov va marhuma Tozagul Jabborbergan qizining avlodlari bardavomligidan hamda bu yangi avlodlar vakillarining kelajagi porloq, baxtu saodatli ekanligidan darak beradi. Ular özlarining jasoratli, matonatli ota-bobolari xotirasini heç qaçon unutmaydilar va ularning ruhi poklariga hamişa duo qilib turadilar. Şu bois ota-bobolar xotirasi heç qaçon öçmaydi.
Qobul ŞOMURODOV.
Uruş qahramoni el ardoğida
Har bir davr, har bir zamon yoşlar hayoti oldiga öz talablari, vazifalari, burç va majburiyatlarini qöyadi. Ikkinçi jahon uruşi yillari öşa davr yoşlari zimmasiga nemis-faşist bosqinçilaridan Vatanni himoya qiliş va ular bosib olgan mamlakat hududlaridan bu yovuz ğanimlarni butunlay quvib çiqarişdek tarixiy missiyani amalga oşiriş vazifasi va majburiyati yuklatilgan edi. Uruş yillari yoşlari öz oldlariga qöyilgan bu buyuk tarixiy vazifa va majburiyatlarini kerak bölsa özlarining aziz jonlarini - hayotlarini tikib, hayratlanarli darajada töla-tökis bajardilar va uruş davrinig çinakam qahramonlariga aylandilar.
Manğitlik Sobir ota Nurullayev mana şunday uruş davri qahramonlaridan biridir. U ayni kunda Manğit şahridagi Navoiy nomli mahallada yetti nafar farzandlari, yuz nafarga yaqin nevara, çevara va evaralari davrasida töqson ikkinçi bahorning faraxbaxş kunlarida baxt-u saodatli hayot keçirmoqda.
Sobir ota Nurullayev 18 yoşida, 1942-yilning 28-sentyabrida gitlerçi bosqinçilarga qarşi jangga otlandi. Uruşga kiriş oldidan u Omsk şahridagi tankçilar harbiy bilim yurtida tahsil olib, tankni boşqariş va manyovrlar qiliş taktikasini puxta egallagan edi. Jang qizigandan qizib, butun front böylab duşmanga qarşi yalpi yuriş boşlandi. Lekin duşman ham osonlikça çekinmasdi. Jon-jahdi bilan qarşilik körsatib, qançadan-qança harbiy texnikalarga jiddiy talofat yetkazdi. Minglab vatanparvar jangçilar hayotiga zomin böldi. Negaki, gitlerçi bosqinçilar öşa davrdagi eng sönggi harbiy texnika vositalari bilan tiş-tirnoğigaça qurollangan edilar-da. Baribir duşman har qança harbiy qudrat bilan qarşilik körsatsa-da, front böylab davom etayotgan yalpi yuriş şiddati va jangçilarimizning mislsiz jasoratlari-yu matonatlaridan ustun kelolmadi.
1944-yil davomida butun Ukrainadan yoğiylar haydab çiqarilib, ğalaba bayroği tikildi. Keyinçalik Ruminiya, Polşa va Çexoslovakiya yerlarida joylaşib olgan duşmanning juda katta kuçlariga ketma-ket betöxtov qaqşatqiç zarbalar berib, uruş olovini yoqqan gitlerçilarni beayov siqib borib, duşmanni öz makonida butunlay va uzil-kesil halokatga uçratişdek vazifa ham tez orada, yaʼni 1945-yilning dastlabki tört oyi içidayoq şaraf bilan ado etildi.
Sobir ota Nurullayevning köksini bezab turgan jangovar orden va medallar uruş yillaridagi jasoratga töla şavkatli jang maydonlarini eslatuvçi xotirot nişonalari bölib qoldi.
- Uruş va uruşdan keyingi yillarda qator medallar bilan, yaqinda esa "Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandim, - deydi Sobir ota Nurullayev faxru iftixor bilan bizga yuzlangan holda. Albatta bu davlat mukofotlari nişonalari va ramzlari Sobir ota Nurullayevning hayotdagi faolligiga, uruş va mehnatdagi jasoratlari hamda matonatlariga berilgan munosib eʼtibor va bahodir.
Bugungi dorilomon kunlarda Sobir ota har tongda mustaqilligimiz abadiy bölişini, doimo yurtimizda tinçlik va obodlik hukm surişini Yaratgandan sörab, duolar qilişdan aslo çarçamaydi.
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶