21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:04
Fan va taʼlim 👁 252

40-sonli umumtaʼlim maktabida “Aʼlo maktab” loyihasi doirasida amaliy-uslubiy seminar oʻtkazildi

40-sonli umumtaʼlim maktabida “Aʼlo maktab” loyihasi doirasida amaliy-uslubiy seminar oʻtkazildi

Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida “Dolzarb 90 kun” doirasida “Aʼlo maktab – 2025” loyihasining I yarim yillik yakuni boʻyicha amaliy-uslubiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Qojaboyeva, vazirning birinchi oʻrinbosari Aybek Davletbayev, loyiha doirasida ijobiy natijalarga erishgan maktablar direktorlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuradov hamda boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Qojaboyeva soʻzga chiqib, “Qoraqalpogʻiston tajribasi” sifatida joriy etilgan “Aʼlo maktab – 2025” loyihasining maqsad va vazifalari xususida toʻxtaldi. Shuningdek, 40-sonli umumtaʼlim maktabida erishilgan yutuqlar alohida taʼkidlanib, ushbu taʼlim muassasasi namuna sifatida tilga olindi.

Maʼlumki, 2025-yil mart oyidan boshlab “Aʼlo maktab – 2025” loyihasi “Qoraqalpogʻiston tajribasi” sifatida amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi — maktablar rahbarlari va jamoalarining taʼlimdagi yutuqlarini ragʻbatlantirish, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Loyiha doirasida maktablar 56 ta asosiy koʻrsatkich asosida baholanadi hamda ularning natijalari vazirlikning rasmiy saytida eʼlon qilib boriladi. Gʻoliblar yil yakunida aniqlanib, moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi. Past koʻrsatkich qayd etgan maktablarga esa manzilli metodik yordam koʻrsatiladi.

Tadbir doirasida mehmonlarga maktab jamoasi tomonidan tayyorlangan dasturlar namoyish etildi. Shuningdek, maktab boʻylab ekskursiya tashkil etilib, unda maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova taʼlim maskanining oʻquv-tarbiya jarayoni, fan xonalari, moddiy-texnik baza hamda pedagog va oʻquvchilarning kasbiy-ijodiy faoliyati haqida maʼlumot berdi.

Aytish joizki, hozirda 40-sonli umumtaʼlim maktabida 111 nafar oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 27 nafari oliy, 32 nafari birinchi, 40 nafari ikkinchi toifali, 12 nafari esa mutaxassis oʻqituvchilardir. Maktabda 1604 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Taʼlim 52 ta sinfda tashkil etilgan boʻlib, shulardan 16 tasi variativ oʻquv rejasi asosida faoliyat yuritadi.

2023–2024 oʻquv yili yakunlariga koʻra, 143 nafar bitiruvchidan 121 nafari, yaʼni 84,6 foizi oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan. Imtihon natijalari boʻyicha oʻrtacha ball 98,3 foizni tashkil etgan.

Xorijiy tillarni oʻqitish borasida ham maktab katta yutuqlarga erishgan. 2021–2025-yillarda maktab “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida 1-oʻrin, 2024–2025 oʻquv yilida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, 200 mln soʻmlik mukofot vaucheri bilan taqdirlandi.

Maktabda 10 nafar oʻqituvchi C1, 5 nafar oʻqituvchi B2, 1 nafar oʻqituvchi B1 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega. Shuningdek, 4 nafar oʻquvchi C1, 48 nafar oʻquvchi B2 va 1 nafar oʻquvchi B1 darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat olgan.

Jami 23 nafar pedagog milliy sertifikatga ega. 2024–2025 oʻquv yilida oʻtkazilgan attestatsiyada ingliz tili oʻqituvchisi Nurbek Jumaniyazov 94 ball, matematika oʻqituvchisi Sherzod Ashirov esa 90 ball toʻplab, 70 foizlik ustamaga ega boʻldi.

Bundan tashqari, pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini baholashga qaratilgan “Qoraqalpogʻiston ustozi – 2025” tanlovida ham maktab oʻqituvchilari muvaffaqiyat qozondi. Jumladan, Sherzod Ashirov aniq fanlar, Sarvar Yaxshimov esa tabiiy fanlar yoʻnalishida gʻolib deb topildi.

Kunning ikkinchi yarmida seminar yakuniga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yigʻilish davomida 40-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati alohida qayd etildi. Ushbu taʼlim maskani “Aʼlo maktab – 2025” loyihasi doirasida erishgan natijalari bilan boshqa maktablar uchun ibrat namunasi sifatida eʼtirof etildi. Xususan, taʼlim sifati, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari, xorijiy tillarni oʻqitishdagi yutuqlar, oʻqituvchilarning malaka darajasi va xalqaro sertifikatlarga egaligi, shuningdek, maktabning zamonaviy moddiy-texnik bazasi va samarali metodik yondashuvlari loyihaning amaliyotdagi muvaffaqiyatini tasdiqlovchi asosiy koʻrsatkichlar sifatida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, 40-sonli umumtaʼlim maktabi rahbariyati va jamoasi tomonidan birinchi yarim yillik yakunida qoʻlga kiritilgan natijalar, Vazirlikning masʼul xodimlari tomonidan esa yangi baholash tizimining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda 2024–2025 oʻquv yili yakuniga oid taʼlim sifati boʻyicha tashqi onlayn monitoring natijalari tahliliy taqdimot orqali seminar ishtirokchilariga yetkazildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, yangi baholash tizimida xalqaro tajribalar asosida summativ va formativ baholash turlari joriy etilgan.

Summativ baholash — maʼlum bir davr yoki bob boʻyicha oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan. Unda oʻqituvchi muayyan mavzularni oʻrgatib boʻlgach, oʻquvchilarning oʻsha mavzular boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlari sinaladi. Bu usul oʻquvchini muntazam oʻz ustida ishlashga undaydi.

Formativ baholash esa dars jarayonining oʻzida kechadi. Bu turda asosiy eʼtibor oʻquvchining bilim darajasidan koʻra, oʻqituvchining oʻqitish jarayonini baholash va unda kerakli oʻzgartishlar kiritish imkoniyatiga qaratilgan. Ushbu yondashuv oʻquv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tizimni joriy etishdan avval Yevropa, Osiyo, Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiya, Turkiya hamda Kembrij taʼlim dasturlaridagi baholash mexanizmlari atroflicha oʻrganildi va milliy tizimga moslashtirildi.

Muxtasar aytganda, “Aʼlo maktab – 2025” loyihasi doirasida 40-sonli umumtaʼlim maktabida shakllangan tajriba taʼlim tizimidagi yangilanishlar samarasini namoyon etmoqda. Oʻquv va tarbiya jarayonlariga zamonaviy yondashuv, pedagoglarning kasbiy oʻsishiga eʼtibor, oʻquvchilar bilim sifati va koʻnikmalariga qaratilgan aniq mezonlar bugungi natijalarning asosiy omili boʻlib xizmat qilmoqda.

Rayhon Yakubova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodisti.

Shohzod Qurbonboyev, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026