KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYaTI HAFTALIGI
Barça davrlarda ham inson hayoti uçun eng zarur narsalar qadrlanib, eʼzozlangan. Ulardan eng muhim va azizi – non, ikkinçisi kitobdir. Non – inson tanasiga kuç-quvvat beruvçi moddiy neʼmat bölsa, kitob-hamişa insoniyat uçun maʼnaviy boylik, qudrat timsoli bölib kelgan. Şu bois, xalqimiz uçun kitobxonlik – maʼnaviy davlatmandlikdir.
Maʼlumki, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining taşabbusi bilan barça taʼlim muassasalarida taşkil etilgan "Orasta qizlar” tögaragi maşğulotlari rejasiga "Kitobxonlik va kitob mutolaasi” mavzusida tadbirlar ötkaziş kiritilgan. Şu asosda yoşlar, ayniqsa, qiz bolalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni "Ommaviy madaniyat”ning va mafkura maydonining har qanday xurujlaridan himoya qiliş, maʼnaviy dunyosini badiiy yetuk asarlarga singdirilgan ğoyalar bilan boyitiş maqsadida Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi tomonidan 2015-yil 25-maydan 28-mayga qadar respublikamizning barça öquv muassasalarida "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusidagi haftalik eʼlon qilindi. Mazkur haftalik bizning tumanimizda ham kötarinki ruhda ötkazildi.
Manğit iqtisodiyot kollejida şu yilning 28-may kuni bölib ötgan "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligining yakuniga bağişlangan tadbirda haftalik davomida tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi "Orasta qizlar” tögaragining faol aʼzolari bölgan öquvçi-qizlar iştirok etişib, haftalik davomida öqilgan kitoblar haqidagi öz xulosalari, tengdoşlariga kitobxonlikni tarğib etiş böyiça taklif hamda fikrlarini bildirişdi.
Tadbirni tuman Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oçdi hamda "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligining yoşlar tarbiyasidagi ahamiyati, haftalikdan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi.
Şundan söng, haftalik davomida öqişga tavsiya etilgan I.A.Karimovning "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asari haqidagi taqdimot hamda kitobxonlikni ommalaştiriş yuzasidan tarğibot usullari böyiça kitobxon Maqsuda Yaraşboyeva, Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyevning "Sariq devni minib” asari yuzasidan Dilnoza Nurimbetova, Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimovning "Dunyoning işlari” asari böyiça Nafisa Gulimbetova, Antuan De Sent-Ekzyuperining "Kiçkina şahzoda” asari yuzasidan Umida Hayitboyeva hamda Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusufning "Saylanma” şeʼrlar töplami yuzasidan Sevara Xalillayevalar batafsil söz yuritdilar.
Haftalik uçun tanlab olingan va tumanimizdagi barça öquv muassasalaridagi "Orasta qizlar” tögaragi aʼzolari tomonidan mutolaa etilgan yuqoridagi beşta asar böyiça kitobxon qizlar öz taassurotlari, fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdilar. Beşta asarga singdirilgan yuksak insonparvarlik, mehnatsevarlik, özaro mehr-oqibat, ilm-hunar örganişga iştiyoq, döstlik, tinçlik va totuvlik, vatanparvarlik tuyğulari haqida tölib-toşib gapirdilar.
- Kitob rastalarida kitoblar köp, - dedi tadbir yakunida tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedova yoşlarga qarata, - şu barobarida kitobxonlar ham oz emas. Lekin biz kitobni tanlab, saralab öqişni bilamizmi? Gap - mana şunda. "Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligidan közlanayotgan maqsad – yoşlarimiz töğri kelgan kitobni emas, aynan bizning millatimiz ruhiga mos, qalblarga maʼnaviy oziq, boylik beradigan asarlarni öqişlarini tarğib etişdir. Çunki, hozirgi globallaşuv jarayonida bizning maʼnaviy ildizlarimizga bolta uriş, "ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik ğoyalarini tarğib qilişga xizmat qiluvçi kitoblar ham har xil yöllar bilan çetdan mamlakatimizga olib kelinayotir. Bundan taşqari, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati sayoz asarlar çop etilayotir. Demak, öqiladigan asarni tanlay biliş ham sanʼat. Ösib kelayotgan yoşlar ongida ana şunday sanʼatni, töğriroği, maʼnaviy immunitetni şakllantirişimiz va mustahkamlaşimiz zarur.
"Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” haftaligiga bağişlangan tadbir iştirokçilari bölgan "Orasta qizlar” tögaragi aʼzolari, tumanimizdagi barça öquv muassasalarining özbek tili va adabiyoti fani öqituvçilari haftalik davomida öquvçi-yoşlar tomonidan öqib-örganilgan asarlarning yoş avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalaşdagi ahamiyati haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶