«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi
Axborot oqimi şiddat bilan ortib borayotgan bugungi davrda kitob insonni kamolotga yetaklovçi eng işonçli yölboşçi, millatning maʼnaviy xazinasi va kelajak poydevori bölib qolmoqda. Mutolaa madaniyati nafaqat yoş avlodning dunyoqaraşini kengaytiradi, balki jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltiriş va soğlom maʼnaviy muhitni şakllantirişda muhim omil vazifasini ötaydi.
Şu bois mamlakatimizda kitobxonlikni ommalaştiriş, axborot-kutubxona tizimini rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, insoniyat tafakkurining buyuk kaşfiyoti bölgan kitob va kutubxonalar xalqning intellektual salohiyati va yuksak maʼnaviyati manbaidir. Ana şunday ezgu taşabbuslarning amaliy ifodasi sifatida 16-noyabr kuni qadimiy va hamişa navqiron Buxoro şahrida «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» 15-Milliy axborot-kutubxona haftaligiga tantanali ravişda start berildi.
Uşbu ziyo va maʼrifat bayrami munosabati bilan Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida ham haftalikning oçiliş tadbiri bölib ötdi. Tantanali marosimda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassislari, umumtaʼlim maktablarining fidoyi kutubxonaçilari hamda kitobni özining eng yaqin dösti deb bilgan faol kitobxonlar bir davraga jamlandi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar bugungi jamiyat taraqqiyotida axborot-kutubxona markazlarining örni, yoşlar qalbida mutolaaga bölgan mehrni uyğotiş va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirişning ahamiyati haqida atrofliça fikr yuritdilar. Marosimga özgaça fayz va zavq bağişlagan jihatlardan biri 59-sonli umumtaʼlim maktabining iqtidorli kitobxon öquvçilari tomonidan namoyiş etilgan «Ertaklardan boşlanar ezgulik yöli» nomli sahnalaştirilgan qöğirçoq teatri böldi. Yoş ijroçilarning samimiy va mahoratli çiqişlari barça iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
16–20-noyabr kunlari davom etadigan «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» haftaligi doirasida Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida kitobsevarlar uçun boy va mazmunli tadbirlar dasturi işlab çiqilgan. Xususan, haftalik davomida «Mutolaa — tafakkur qanoti» şiori ostida kitobxonlar bilan samimiy suhbatlar, bolalar va yoşlarning ruhiy olamini boyitişga qaratilgan «Ertak terapiyasi» innovatsion loyihasi hamda «Kitoblar olamiga sayohat» mavzusidagi davra suhbati ötkaziladi.
Şuningdek, dasturdan soha fidoyilari faoliyatiga bağişlangan «Kutubxonaçi — maʼrifat tarqatuvçi» uçraşuvi, nodir va yangi naşr etilgan adabiyotlarni özida jamlagan «Bitmas xazina» kitoblar körgazmasi hamda yoşlarning bilim saviyasini sinovdan ötkazuvçi turli qiziqarli tanlovlar örin olgan. Bunday rang-barang loyihalar turli yoşdagi kitobxonlarni kutubxonaga yanada yaqinlaştirişga, ularda doimiy mutolaa könikmasini şakllantirişga xizmat qiladi.
Kitobxonlik haftaligining haqiqiy samarasi faqat ötkazilgan tadbirlar soni bilan emas, balki ular orqali qança yoşlarning qalbida bilimga intiliş va mutolaaga qiziqiş uyğongani bilan ölçanadi. Amudaryo tumanida boşlangan uşbu maʼrifat bayrami ham aynan ana şu ezgu maqsadga qaratilgan bölib, har bir iştirokçiga yangi bilimlar, yuksak maʼnaviy ozuqa va unutilmas taassurotlar taqdim etadi.
Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi barça kitobsevarlarni haftalik tadbirlarida faol iştirok etişga çorlaydi. Zero, kitob bilan yuksalamiz, maʼrifat bilan taraqqiy etamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶