21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:40
Siyosat 👁 857

Aholini barqaror energiya bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda

Aholini barqaror energiya bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda

Mamlakatimizda aholini munosib hayot sharoitlari bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar barcha hududlarda oʻz samarasini koʻrsatmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida ham aholi va ishlab chiqarish subʼektlarini tabiiy gaz hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz va sifatli taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Amudaryo tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan bir qator ishlar bajarildi.

Aholini kommunal xizmatlar bilan taʼminlashga qaratilgan mazkur jarayon tuman prokuraturasi tomonidan doimiy nazoratga olingan boʻlib, har bir bosqichda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masʼul tashkilotlar faoliyati muntazam tahlil qilinib borilmoqda. Bu esa belgilangan loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga zamin yaratmoqda.

Tumanda hozirgi kunda 40 ming 797 nafar isteʼmolchi, jumladan 15 ming 63 ta xonadon va 284 ta yirik korxona tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Shuningdek, 25 ming 450 ta xonadonda suyultirilgan gazdan foydalaniladi. Tumanda salkam 500 kilometr gaz tarmoqlari mavjud boʻlib, shundan 35,1 km yuqori bosimli, 152,9 km oʻrta bosimli va 311,6 km past bosimli hisoblanadi. Gaz quvurlarining 27,9 km qismi yer ostida, 471,7 km qismi esa yer ustida joylashgan.

Hozirgi kunda tumanda jami 175 ta gaz taqsimlash punkti faoliyat yuritmoqda. Ulardan 15 tasi yuqori bosimli va 160 tasi oʻrta bosimli boʻlib, mazkur inshootlar orqali aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga tabiiy gazning uzluksiz va xavfsiz yetkazilishi taʼminlanmoqda. Gaz tarmoqlari orqali bosimni meʼyorda ushlab turish, gaz oqimini nazorat qilish hamda uni belgilangan yoʻnalishlarga taqsimlash vazifasini bajaradigan ushbu punktlar gaz taʼminoti tizimining uzviy va muhim qismidir.

Mazkur tarmoqlar maxsus texnikalar yordamida tekshiruvdan oʻtkazilish jarayonida D-273 mm diametrga ega boʻlgan yuqori bosimli gaz quvurida bir holatda gaz sizib chiqishi aniqlandi. Ushbu holat Olmazor mahallasi hududida qayd etilgan boʻlib, payvandlash orqali tezkorlik bilan bartaraf etildi.

Shu bilan birga, “Parkent tajribasi” asosida Arna boʻyi mahallasida 18,7 km gaz tarmoqlari estetik jihatdan tartibga keltirildi. Mahallaning kirish qismida zamonaviy “RDBK-100” markali yangi gaz taqsimlash punkti oʻrnatilib, 5 ta filtr va 5 ta kran hamda zulfinlar yangisiga almashtirildi. 503 ta xonadonning gaz taʼminoti ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi.

Shuningdek, 2025-2026-yil kuz-qish mavsumida aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida ham ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-sentyabrdagi tegishli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanidagi 7 ta ogʻir hisoblangan hudud – Bobur, Amir Temur, Qangli, Uyshin, Boʻz yop, Kuyuk koʻpir va Oq oltin kabi ovul va mahallalarda elektr taʼminoti infratuzilmasi yangilanmoqda.

2025-yilning birinchi bosqichi doirasida Amudaryo tumanida elektr taʼminoti infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha qator ishlar bajarildi. Jumladan, Bobur nomli ovulda 160 kVA quvvatga ega transformator punkti oʻrnatilib, 1,9 km SIP kabel tortilishi bilan birga 37 ta temir beton ustun qoʻyildi.

Amir Temur nomli ovulda 2 ta yangi transformator punkti, 13,2 km kabel va 368 ta ustun montaj qilindi. Boʻz yop ovulida 4 ta transformator punkti barpo etildi, 1 km SIP kabel tortilib, 51 ta tayanch ustun oʻrnatildi. Uyshin mahallasida 2 ta mavjud transformator yangisiga almashtirilib, 1,6 km kabel va 57 ta ustun bilan taʼminlandi.

Qangli ovulida ham 2 ta yangi transformator punkti oʻrnatilib, 2,5 km SIP kabel tortildi, 190 ta ustun joylashtirildi. Oq oltin ovulida 2 ta transformator punkti barpo etilib, 40 ta temir beton tayanch oʻrnatildi. Jami hisobda 12 ta transformator punkti, 697 ta ustun va 19 km SIP kabel orqali tumanning elektr tarmoqlari yanada mustahkamlandi.

Aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan barqaror, uzluksiz va xavfsiz taʼminlash — bu faqat texnik masala emas, balki jamiyat farovonligi, iqtisodiy barqarorlik va davlatning xalq oldidagi ijtimoiy majburiyatining amaliy ifodasidir. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar va infratuzilmani takomillashtirish ishlari, avvalo, aholi ehtiyojlarini qondirish, shu orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026