21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:39
Siyosat 👁 1,081

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 16-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 16-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida deputatlar, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya avvalida Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat madhiyalari yangradi. Sessiya majlisiga Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov raislik qildi. Sessiya kotibligiga “22-Bosuv” saylov okrugidan deputat Saylixon Muratbayeva nomzodi deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Sessiya kun tartibidagi birinchi — “2026-yilda Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov hisobot berdi.

Hisobotda hududlarni kompleks rivojlantirish, yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish, biznes muhitini yanada yaxshilash, “oʻsish nuqtalari”ni ishga solish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, 2026-yil uchun Amudaryo tumani mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlari 156 milliard 793 million 126 ming soʻm miqdorida prognoz qilinayotgani qayd etildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala – “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 25-maqsadi ijrosi, xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbiy koʻnikmalarni egallashi, erta turmush va ajrimlarning oldini olish hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hisobot berdi.

Hisobotda joriy yil davomida 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 825 nafar xotin-qizlarning 5 801 nafariga, yaʼni 99,9 foiziga amaliy yordamlar koʻrsatilgani taʼkidlandi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 4 722 nafar ehtiyojmand xotin-qizlardan 4 714 nafarining bandligi taʼminlandi. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 82 nafar xotin-qizdan 72 nafariga 913,5 million soʻm miqdorida kredit ajratildi. Shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan 357 nafar ehtiyojmand xotin-qizga “Ayollar jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi. Bundan tashqari, uy-joy taʼmiriga muhtoj boʻlgan 2 nafar xotin-qizning xonadonlari homiylik mablagʻlari asosida taʼmirlandi.

Sessiya davomida davlat tili masalalari boʻyicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Ashirbay Kushayev hisobot berdi. Unda tuman hududidagi 49 ta fuqarolar yigʻini, 125 ta aholi punkti, 73 ta qabriston, 1 ta ziyoratgoh, 1 ta istirohat bogʻi, 2 489 ta koʻcha, shuningdek, transport, muhandislik-texnika infratuzilmasi hamda tabiiy obʼektlarning geografik nomlari davlat reyestriga toʻliq kiritilgani alohida taʼkidlandi.

Sessiya kun tartibidan Amudaryo tuman Soliq inspektsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan soliq inspektsiyasi boshligʻining hisoboti ham oʻrin oldi. Hisobotda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarga 1 gektar maydon uchun, shuningdek, jismoniy shaxslarga 1 kvadrat metr yer maydoni uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllash masalasi deputatlar tomonidan koʻrib chiqildi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasida belgilangan normalarga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga deputatlar orasidan saylangan rais boshchilik qilishi belgilangan boʻlib, 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shahar Kengashlarida hokimlarning bir vaqtning oʻzida Kengashga raislik qilishi amaliyoti toʻxtatilishi belgilangan.

Mazkur normalardan kelib chiqib, sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddasida belgilangan tartibda Amudaryo tuman Kengashi raisi saylovi oʻtkazildi. Siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etilib, uning tarkibi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Eng koʻp deputatlik oʻrniga ega boʻlgan Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili Madamin Kazakov siyosiy partiyalar guruhi raisi etib belgilandi.

Maslahatlashuvlar yakunida guruh tomonidan deputat Alisher Yoʻldashev nomzodi Amudaryo tuman Kengashi raisligiga tavsiya etildi. Nomzod deputatlar tomonidan maʼqullanib, ovoz berish natijalariga koʻra Yoʻldashev Alisher Yalgʻashevich Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi etib saylandi.

Yangi saylangan Kengash raisi oʻz nutqida hududni har tomonlama rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish mahalliy Kengash faoliyatining ustuvor vazifasi ekanini taʼkidlab, mahalliy ijro hokimiyati bilan hamkorlikda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yoʻlida barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini bildirdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 16-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026