21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:27
Qishloq xoʻjaligi 👁 332

2026-yil hosili uchun muhim agrotexnik tadbirlar – nazoratda

2026-yil hosili uchun muhim agrotexnik tadbirlar – nazoratda

Qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari uchun yilning toʻrt fasli ham oʻziga xos masʼuliyat va tinimsiz mehnatni talab etadigan jarayondir. Ayniqsa, qish faslining ayni chillasida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar kelgusi yil hosilining taqdirini hal qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, gʻallachilik va paxtachilikda hosildorlikni oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bir paytda, joylardagi nazorat organlarining oʻrni va ahamiyati ham ortib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan olib borilayotgan tizimli nazorat tadbirlari bunga yaqqol misol boʻla oladi.

Tumanning “Oq oltin” ovuli hududida ayni kunlarda 2026-yil hosili uchun zamin hozirlash ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Inspektsiyaning qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassisi tomonidan hududdagi fermer xoʻjaliklarida olib borilayotgan ishlar doimiy ravishda monitoring qilinmoqda.

Maʼlumki, kuzgi boshoqli don ekinlarini qishlovdan betalafot olib chiqish va erta bahorda jadal rivojlanishini taʼminlashda mahalliy oʻgʻitlarning oʻrni beqiyos. Shu bois, inspektsiya xodimlari tomonidan ovuldagi “Yakupova Gavhar” fermer xoʻjaligida 2026-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don maydonlaridagi parvarish jarayonlari alohida nazoratga olingan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ayni sovuq kunlarda gʻalla maydonlariga mahalliy oʻgʻit chiqarish nafaqat tuproq unumdorligini oshiradi, balki maysalarni sovuq urishdan saqlovchi tabiiy "koʻrpa" vazifasini ham oʻtaydi. Inspektsiya vakillari fermer xoʻjaligi rahbari va ishchilariga mahalliy oʻgʻitni meʼyorida va sifatli tarqatish boʻyicha oʻzlarining kerakli tavsiyalarini berib, bu tadbirning kelajakdagi hosil salmogʻiga ijobiy taʼsirini tushuntirmoqdalar. Zero, oʻz vaqtida oziqlantirilgan yerdan kutilgan natijani olish mumkin.

Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yerlarni ekishga sifatli tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Oq oltin” ovuli hududidagi yana bir ilgʻor xoʻjaliklardan biri — “Hoji Ismoil ota” fermer xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar ham tahsinga sazovor. Inspektsiya nazorati ostida mazkur xoʻjalikning kuzgi shudgor qilingan maydonlarida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlar tashkil etilgan. Xususan, yerlarni lazerli uskunalar yordamida tekislash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Lazerli tekislash texnologiyasining qoʻllanilishi suv sarfini 20-30 foizgacha tejash imkonini beradi. Bu esa, suv taqchilligi sezilayotgan bugungi global sharoitda eng samarali yechimlardan biridir. Shu bilan birga, xoʻjalikda chel olish va shoʻr yuvishga tayyorgarlik koʻrish kabi muhim agrotexnik tadbirlar ham oʻz vaqtida bajarilmoqda.

Oʻzagroinspektsiyaning tuman boʻlimi mutaxassislari faqatgina nazorat qiluvchi emas, balki fermerlarga yaqin koʻmakchi va maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Ular tomonidan “Hoji Ismoil ota” fermer xoʻjaligida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda agrotexnik tadbirlarni qanday ketma-ketlikda bajarish, texnikalardan samarali foydalanish va ish xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Inspektsiya tomonidan berilayotgan tavsiyalar, eng avvalo, fermerlarning xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymasligiga, pirovardida esa moʻl va sifatli hosil yetishtirishga qaratilgan.

Amudaryo tumani dalalarida bugun amalga oshirilayotgan har bir agrotexnik tadbir — ertangi kun rizq-roʻzi, dasturxonlarimiz toʻkinligi uchun qoʻyilayotgan mustahkam poydevordir. Nazorat va amaliyotning bunday uygʻunligi esa koʻzlangan yuksak xirmonlarga erishishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026