200 YILLIK TARIXGA EGA KANAL
Amudaryo ötmişda Gixon, Jayxun, Oksa, Omuyya, Omul, Araks, Xorazm daryosi, Urganç daryosi, Guşuy, Vaxş, Umid daryosi deya atalganligi, u haqda, daryo bilan boğliq voha töğrisida yuzlab kitoblar yozilganligi, ilmiy tadqiqot işlari olib borilganligi maʼlum. Özbek, qoraqalpoq, turkman şoirlari Amudaryoga bağişlab şeʼrlar yozişgan, sanʼatkorlar kuy bastalab qöşiqlar yaratişgan.
Amudaryoning 2540 km uzunlikdagi ikki sohilidan yuzlab kanal, arna, yop-ariqlar qazilgan va ular tufayli voha gullab-yaşnab kelmoqda. 160 km uzunlikdagi Şovot, 102 km uzunlikdagi Polvon, 90 km uzunlikka ega Ğazovot, 140 km uzunlikdagi Yormiş, 120 km uzunlikdagi Qiliç Niyozboy, 70 km uzunlikdagi Lavzan arna-kanallari va şuningdek, Gavxöra, Qizketgan, Xonyop, Qirğizyop, Örisyop, Qulobod singari maşhur yoplarning voha taraqqiyotida tutgan örni va öziga yaraşa barpo etiliş tarixi bor.
Xorazmning maşhur miroblari Munis, Ogahiy, şuningdek tarixçi Bayoniy, V.V.Bartold, V.V.Tsinzerling, F.Morgunenkov, A.F.Varpatoviç, Ye.N.Markeviç, Yahyo Ğulomov, Madrahim Mahmudov, Rözimboy Jumanazarov kabi olimlar tomonidan yaratilgan asarlarda daryo va kanallar tizimi qisman bölsa-da tasvirlangan. Biroq bu yetarli emasdek tuyuladi.
2015-yilda Xorazm vohasining şarqidan ğarbiga tomon dalalarga xuddi insonning qon tomirlaridek obi hayot eltuvçi Qiliç Niyozboy kanali bunyod etilganiga 200-yil töldi.
Xalqimizning buyuk mirobi Qiliç Niyozboy nomi bilan ataladigan uşbu kanal Özbekiston, Qoraqalpoğiston va Turkmaniston Respublikalari hududlaridagi muhim xalqaro obi-hayot, suv yöli bölib, uning uzunligi 120 km, eni örtaça 80 metr, çuqurligi taxminan 2-3-4 metr keladi. Qiliç Niyozboy kanalining boşsoqa qismida suv ötkaziş imkoniyati sekundiga 110-120 metr kubga teng. Kanal hammasi bölib 70 ming gektardan ziyod yer maydonlarini suğorişga xizmat qilmoqda. Şundan 20,7 ming gektar yer Yangibozor, Gurlan tumanlarida, 16,7 ming gektar Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida, 26,2 ming gektar Toşhovuz viloyatining Pörsi, Gubatoğ tuman yerlari hisoblanadi.
Kanal 1939-40-yillarda haşar yöli bilan tozalangan va 1965-yilda qaytadan 7 kilometrlik suv oliş Töronği soqasi, 1969-yilda zamonaviy loyiha asosida qayta qurilib, foydalanişga topşirilgan.
Kanal Urganç tumanidagi Töronği soqadan suv taqsimlovçi Qiliçboy, 29.49.105-sonli, Jamşid, Bözyop, Tozaqaʼla, Turkman soqa kabi 10 inşoot-tarmoqlari orqali boşqarilib, muvofiqlaştirilib turiladi.
Maʼlumki, kanal qazilgan 1815 yilda hozirgi Amudaryo tumanida (ötmişdagi Xiva xonligining Manğit bekligi hududida) Qiliçboy qişloğiga ham asos solingan.
Oradan vaqt ötib, Qiliçboy qişloği istiqlol davridayam taraqqiyot sari qadam qöymoqda. Maşhur mirob, elçi va davlat amaldori nomi bilan ataladigan Qiliçboy qişloği tumanda öz örni va salohiyatiga ega. Asosiysi Qiliç Niyozboy kanali hozirda ham tuman ahliga, Amudaryo tumanidan ötib, qöşni Turkmanistonga ham suv yetkazib, el-yurt obodonçiligiga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumani Qiliç Niyozboy kanali orqali 7859 gektar yer maydonini suğormoqda. Uşbu kanaldan Şöryop, Aliliyop, Xolimbeg nomli yoplarga suv ötkazilib, ekin maydonlariga hayot bağişlanadi. Şöryopning uzunligi 21,5 km bölib, 1958 gektar ekin undan suv içadi. Aliliyopning uzunligi 24,5 km bölgan holda, 1350 gektar yerni suğorişga xizmat qiladi. Xolimbeg yopining uzunligi 7 kmdan iborat. Uşbu yopdan 1485 gektar yer suğoriladi. Qiliç Niyozboy arnasining Amudaryo tumanidan ötadigan uzunligi esa 20 km. dir.
Köpmillatli, zamonaviy qiyofa kasb etayotgan uşbu qişloqda zamonaviy kollej, maktab, savdo dökonlari, aholiga maişiy xazmat körsatiş maskanlari, Qiliçboy nomidagi paxta qabul qiliş punkti, qişloq vraçlik punkti faoliyat körsatmoqda. Qişloq bir neça mahalla, ovul fuqarolar yiğinidan iborat.
Aynan Amudaryo böyida joylaşgan va azim daryo nomi bilan ataladigan tumandagi Qiliçboy qişloğining asosçisi töğrisida köpçilik faqat eşitgan, ammo u kişining miroblik va elçilik faoliyatidan bexabar bölişi mumkin. Şu bois, endi u kişining faoliyatiga kengroq töxtalib ötamiz.
QILIÇ NIYoZBOY - MIROB VA ELÇI
1846-yil. Sankt-Peterburg. Qariyb tört oyga çözilgan safardan söng Xiva xonligi elçilari Rossiya poytaxtiga yetib kelişgandi. Öşa davrdagi diplomatik anʼanaga köra, elçilar yöl maşaqqatlaridan çarçab kelgani bois, bir neça kun hordiq çiqarişgaç, oliy darajadagi qabul marosimi uyuştirilgan.
Xiva xonining elçilari Qiliç Niyozboy va Şukurillaboy Miskinovlardan iborat hayʼat, öz-lariga ajratilgan qarorgohdan karetaga minganlariça Qişki saroyga taşrif buyurişdi. Tabiiyki, Qiliç Niyozboyning Rossiyaga birinçi taşrifi bölganidan, olgan tassurotlari-yu hayratlari ertakdek tuyulmoqda. Şukurillaboy esa savdogar bölganidan Eron, Rossiyaning Orenburg hududlarida bir neça bor bölgandi. Biroq Orenburg bilan Peterburgni taqqoslaşning özi bölmasdi. Qolaversa, karetaga birinçi bor minişlari. Şu boisdan har ikkala elçidagi hayajonlaniş atrofdagi imperator amaldorlariga şundoqqina bilinib turardi. Biroq yoşi ellikdan ötgan xivaliklarda did-farosat, huşyorlik ustunlik qilib, özlarini bir zumda tutib olişdi.
Karetalar elçilar tuşgaç, tezda orqalariga burilib, Qişki saroydan uzoqlaşdilar.Rossiyadagi elçilik qoidasiga binoan, elçilarni olib kelgan kareta diplomatlar imperator huzuriga yönalgaç, Qişki saroydan uzoqlaşib turişi lozim edi.
Tseremoniymeyster va ikki kamergerlar ularni karetadan tuşganidan kutib olganiça imperatorning taxt zali tomon boşlab borişdi. Qişki saroyning savlati-yu muhtaşamligi, ayniqsa köz örganmagan turli haykallar va oltin bezaklar töla xonalardan ötib borişar ekan, xivalik elçilar imperatorning qudratiga tan berişdi. Çunki, Içan Qalʼayu xonlarning qarorgohi bölmiş Köhna Arkni Qişki Saroyga taqqoslab bölmasdi.
Ikki kamerger ikki tomonga burilib, taxt zaliga kirgan Qiliç Niyozboy va Şukurillaboyga yöl böşatişdi. Şu payt qayoqdandir ularni Peterburg ostonasida kutib olgan, qarorgohga joylaştirganiça mehmonnavozlik qilgan, qabul marosimlaridagi qoidalarni tuşuntirgan tatar yigiti paydo böldi. Tatar tarjimonning ular yonida paydo bölişi xivalik elçilarga daldadek bölib tuyuldi.
Qişki saroyning ular birin-ketin ötgan zallariga qaraganda, imperator Nikolay I ötirgan koşona bağoyat keng va baland, naqşinkor edi. Imperatorning öng tarafida imperatritsa hamda 28 yoşdagi valiahd şahzoda Aleksandr joy olgandi.
Tseremoniymeyster qölidagi naqşinkor asoni polga urdida baland ovozda:
- Örta Osiyodagi Xiva davlati elçilari Qiliç Niyozboy va Şukurillaboy! - deya elçilarni taniştirdi.
Har ikkala elçi öz ismlarini rusça talaffuzda eşitişgaç, tiz çökkanlariça qöllaridagi Muhammad Aminxonning işonç yorliqlarini boşi uzra kötarişdi. Rossiyaning taşqi işlar ministri, imperator Nikolay I ning baland böyi, xuşsuvrat çehrasi oldida pakana, körimsiz bölib tuyulayotgan Karl Nesselrod yorliqni olib, imperatorga uzatdi. Nayça şaklida öralgan ipak qoğozni qöliga uşlagan Nikolay I, uni öqiş uçun graf Uvarovga uzatdi.
Graf Uvarov Xivadagi rus asiri yordamida rusçaga tarjima qilingan yorliqni öqib berdi. Yorliq imperatorga şon-şaraf bilan boşlanib, savdo aloqalarini yölga qöyişni kuçaytiriş, xorazmlik savdogarlardan Orenburgda olinadigan bojni kamaytiriş, xonlik çegaralarida barpo etilayotgan rus qalʼa, istehkomlari qay maqsadda qurilayotganiga oydinlik kiritişni sörab, iltimos ohangida yozilgandi.
Yorliq öqib bölingaç, imperator Nikolay I mamnuniyat bilan graf Uvarov uzatgan ipak qoğozga bir zum köz yugurtirdi-yu, uni taşqi işlar ministri Karl Nesselrodga uzatdi.
Şundan söng tatar tarjimon yordamida Qiliç Niyozboy, Şukurillaboy va imperator, uning amaldorlari orasida özaro muloqot bölib ötdi. Muloqotda ikkala davlat örtasidagi savdo aloqalarini rivoj toptiriş, Orenburgga va undan Rossiya içkarisidagi şaharlarga keladigan xorazmlik savdogarlarga nisbatan bojlarni kamaytiriş, Xivada saqlanayotgan rus asirlarini ozod qiliş, Manğişloq va boşqa joylardagi istehkomlarning rus savdogarlari xavfsizligini öylab qurilayotgani kabi masalalar muhokama qilindi.
Muloqotdan söng imperator, taşqi işlar ministri har ikkala elçi va tarjimonni Qişki saroyning kutiş zaliga kuzatib qöyişdi. Taşqarida turgan kareta uçala musulmonni ularga ajratilgan qarorgohga kuzatib qöydi.
Bu orada qiş fasli kelib, sovuq boşlangani sabab, to ayozli kunlar ötib ketguniça elçilar Sankt-Peterburgda qolib ketişdi. Har ikkala elçi tatar tarjimon yordamida Pyotr I asos solgan şaharni hayrat bilan tomoşa qildilar.
Nihoyat kunlar sal isiy boşlagaç, 1847-yilning 25-aprelida elçilar ketişiga ijozat berildi. Elçilarga yölga yetarli mablağ, sovğa-salom berib kuzatib qöyildi.
Taşqi işlar ministri Karl Nesselrod janoblari ularga Xiva xoni Muhammad Aminxon uçun tayyorlangan maktubni berib yubordi. Maktubda şunday satrlar bor edi: "Sizning elçilaringiz Qiliç Niyozboy va Şukurillaboy Miskinov bizning hukmdorimiz - imperatordan ham şuni eşitdilarki, Manğişloqda qurilgan harbiy istehkomdan heç bir taşvişlanmasangiz ham böladi. Bu istehkomning faqat savdo yöllarining xavfsizligini va tinç-osoyiştalikni taʼminlaşdan boşqa maqsadi yöq. Maʼlumki, sizning savdo karvonlaringiz bu yöldan Astraxonga ötadilar. Şunday qilib sizning xavfsiraşingiz asossiz” ("Pismo Gosudarstvennogo kantslera Nesselʼroda xanu Xivinskomu”, 26-aprelya 1847 g., № 1161 ).
Ana şu tariqa Qiliç Niyozboy va Şukurillaboy Miskinov Peterburgdan 28-aprelda yölga çiqqaniça, yöl maşaqqatlarini yengib, avgust oyi boşlarida Xivaga kirib kelişdi. Ana şundan söng maʼlum bir muddat elçilar örnatgan aloqalar sabab, Rossiyaga boruvçi savdogarlarga bir munça yengilliklar yaratildi.
1846-47-yildagi diplomatik aloqalar Rossiya-Xiva örtasidagi yagona elçilik munosabatlari emasdi. Undan oldin ham, keyinçalik ham har ikkala davlat örtasida elçilar bordi-keldisi bölib ötdi. Bunday diplomatik aloqalar Sankt-Peterburg barpo etilmasidan oldin Moskvaga ham uyuştirilgandi.
Elçi sifatida esa ğoyatda farosatli, ziyrak insonlar tanlangan. Şukurillaboy Miskinov savdogar sifatida oldinlari Orenburgga qatnab, dovruq qozongan bölsa, Qiliç Niyozboy qurğoqçil hududlarga suv olib boriş niyatida arna-kanal qazdirişga boş bölgan mirob edi.
Maʼlumki, qadimdan suv böylari insonlar uçun eng tabarruk joylar hisoblangan. Şuning uçun ham ajdodlarimiz daryo, kanal, arna, yop böylarida yaşab, dehqonçilik qilişgan. Buni yaxşi bilgan Qiliç Niyozboy yangi özlaştirilgan yerlarda dehqonçilik qiliş uçun suv olib keliş taşabbusi bilan çiqadi.
Bu paytda, yaʼni XIX asrga kelib Xiva xonligidagi oz muddat bölsa-da davom qilgan osoyiştalik suğoriladigan maydonlarni kengaytirişga sabab bölgandi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I qöriq yerlarni özlaştiriş va şu joylarga turli uruğ va qabilalarni köçirib keltiriş siyosatini yurgizdi. Tabiiyki, yangi yerlarda dehqonçilik qiliş uçun suv olib keliş kerak edi. Gurlan, Qiyot-Qönğirot, Manğit, Toşhovuz bekliklaridagi hududlarga suv olib borib, yerlarni özlaştiriş haqidagi Qiliç Niyozboyning taşabbusi şu bois xonga maʼqul tuşadi. Arna-kanal qazişga esa aynan Qiliç Niyozboyni rahbar qilib tayinlaydi.
Baʼzi rivoyatlarga köra, bugungi Qiliç Niyozboy kanali oqib ötadigan joylar qumloq, qöriq yerlar bölgan ekan. Bu joylarda faqatgina çorvaçilik qilingan. Bir kuni Xiva xoni Muhammad Rahimxon I Qönğirot tarafga ötayotib, çarçaganidan şu joyda töxtabdi. Xon va uning yonidagi amaldorlarni kutib olgan şu yerlik boy-badavlat el oqsoqoli -Qiliç Niyozboy xonga ana şu taşlandiq yerlarni özlaştiriş, suv olib kelişni maslahat beribdi. "Siz ham şundagina çölda emas boğlarda hordiq çiqarib ketasiz. Xalq ham sizdan minnatdor böladi”, -degan ekan Qiliç Niyozboy.
Xullas, taşabbuskor va tadbirkor Qiliç Niyozboy rahbarligida 1815-yilda yangi kanal qazila boşlanadi. Tarixçi Bayoniy "Xorazm tarixi” asarida bu haqda şunday yozadi: "Kanalni Boğolondan (Gurlan tumanidagi qişloq tarmoğidan - U.B.) yordirib, Qiyot ustidan ötkazib, bözga çiqarib, yoinki qalʼai Xitoyning janubiy hududidan (hozirgi Manğit tumanidagi qişloq çegarasidan - U.B.) ul ariqning oyoği Şarqravuqqa (Daryoliqqa) borurkim, oni Qiliç arnasi derlar”.
Qiliç Niyozboy kanal qaziş taşabbuskori bölgani uçun yangi kanal ham aynan uning nomi bilan ataladi.
Qiliç Niyozboy kanalidan çap tomonga Beşuyli, öng tomonga esa Gurlan, Nukus, Uyğur, Polvonbek kanallari (yoplari) ajralib çiqqan. Bu kanal orqali Amudaryoning juda köp suvlari yerlarni suğoriş uçun yetib boradigan böladi. Keyinçalik Xiva xonligiga kelgan Rossiyalik geograf A. V. Kaulbars Qiliç Niyozboy kanalini körib, hayratlangan va uni "kiçik daryo - reçka” deb atagandi. Uning yozişiça, "Qiliç Niyozboy va Yormiş kanallarining irmoqlari bölgan, ularning örtasida Daryoliq özani bölgan”.
Uşbu kanal Daryoliqning öng qirğoği böylab ketgan qurğoq yerlarni suğoriş uçun maxsus qazilgan. Bu bilan Xorazmning suğoriladigan yerlari ança kengaytirilgan. Akademik Ya. Ğulomovning yozişiça, "Kanal irmoğidan 66 km. narida eski anʼanaga asosan qalʼa qurilgan. Kanal ham, qalʼa ham Muhammad Rahimxonning maşhur amaldorlaridan biri Qiliç Niyozboy nomi bilan yuritiladi”. ("Xorazmning suğoriliş tarixi” T. 1959. 227 bet.).
Şu tarzda qumloq va qöriq yerlar özlaştirilib, taşlandiq holatdagi vayrona makonlar obod boğ-u böstonga aylanadi. Aynan ana şu kanal qazilgani sabab hozirgi Xorazm viloyatining Yangibozor, Gurlan tumanlari, Turkmanistonning Toşhovuz viloyatidagi, Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanlaridagi ança joylar gullab-yaşnagan dehqonçilik ölkasiga aylantirildi.
Umid BEKMUHAMMAD.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶