21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:23
Salomatlik 👁 7,322

GAZDAN ZAHARLANGANDA BIRINChI YoRDAM

GAZDAN ZAHARLANGANDA BIRINChI YoRDAM

Maishiy gaz (plitadagi) va is gazi (gazning yopiq joyda yonishidan hosil boʻlgan) inson uchun xavfli boʻlgan uglerod (II) oksidini saqlaydi. Uning xavfi shundaki, nafas olganda qondagi gemoglobin bilan birikib, kislorodning tashilishiga toʻsqinlik qiladi. Natijada avvalo odamlarda bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, qayt qilish, hushidan ketish va kislorod yetishmovchiligidan oʻlim holati kelib chiqadi.

Is gazidan zaharlanish koʻpincha odamlar uxlayotganda, yosh bolalar qarovsiz qolganda, alkogol yoki narkotikdan mastlik holatidagi odamlar qarovsiz qolganda roʻy berishi mumkin.Koʻpincha is gazidan  odamlar yongʻin paytida zaharlanadi.

Bundan tashqari, is gazi yopiq joylarda toʻplanishi mumkin. Bunday paytda gazdan birinchi navbatda jabrlangan odamni tezda tashqariga olib chiqish, agar buning iloji boʻlmasa, eshik va derazalarni ochib, xonani shamollatish zarur.

Agar jabrlangan odamda puls va nafas olish sezilmasa, sunʼiy nafas va yurakning yopiq massajini oʻtkazing. Agar u hushsiz boʻlsa, puls va nafas bor boʻlsa, uni yonboshlatib yotqizib, siqib turuvchi kiyimlarini yechib, boʻyin va koʻkrak sohasini oching.

Agar xonada maishiy va is gazi hidini sezsangiz, aslo olov va chiroqni yoqmang, aks holda portlashga olib kelishi mumkin. Koʻchaga chiqing, yongʻinga qarshi kurashuvchilar yoki gaz tarmoqlari xizmatchilarini chaqiring. Agar Siz zaharlangan kishiga yordam bermoqchi boʻlsangiz, kimdir sizga koʻmaklashishiga ishonch hosil qiling.

Maishiy va is gazidan zaharlanishda  davolash qondagi uglerod oksidini kislorod bilan almashtirishdan iborat. Jabrlangan kishi tana va toʻqimalarini kislorod bilan boyitish maqsadida unga kislorodli niqob kiygiziladi. Maishiy va is gazidan zaharlanish profilaktikasi oddiy ehtiyot choralarini qoʻllashni talab etadi. Buning uchun uyning har bir xonasiga maishiy va is gazi detektorini oʻrnating. Detektorlarni yiliga ikki marta tekshirib turing. Detektorlar ishlamay qolganda yongʻinga qarshi kurashuvchilar yoki gaz tarmoqlari xizmatchilarini chaqiring. Mashinalarni haydashdan oldin garaj eshigini ochib qoʻying, tutun chiqaruvchi naylarini chiqindi va qorlardan tozalang.

Aziz yurtdoshlar! Gaz va boshqa maishiy texnikalardan yoʻriqnomaga asosan foydalaning. Gaz plitasi va gaz pechlaridan uyni isitish maqsadida aslo foydalanmang. Portativ gaz plitalaridan ochiq havodagina foydalaning. Benzin bilan ishlovchi elektr toki generatorini yopiq joylarda qoldirmang. Gaz asboblari va kamin pechlaringiz holatining toʻgʻriligini taʼminlang. Yoqilgʻi bilan ishlaydigan isitish moslamalari bor joyda bolalarni aslo qarovsiz qoldirmang.

I.NURIMBETOV, tuman Tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli poliklinikasi shifokori.

(Foto - http://www.uzbekistonovozi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026