AVLODLAR OLDIDA QARZDOR BÖLMAYLIK
Yurtimizda asrlar davomida ajdodlarimizning turmuşidan teran joy egallab, sayqallanib bizgaça yetib kelgan, har biri öziga xos maʼno va jiloga ega urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz, qadriyatlarimiz va jamiki maʼnaviy boyliklarni, bilimlarni bus-butuniça saqlab qolib, kelgusi avlodlarga yetkaziş biz ota-onalarning zimmamizdagi ulkan burçimizdir.
Ammo, bu burçni ado etişda kamçiliklarimiz borday, nazarimda. Agar şunday bölmaganida köça-köyda yelkalari-yu beli oçiq tor kofta, yubka, kalta şortik yo tor şim kiygan qizlarni, maykaçan maşina haydaşga uyalmaydigan yigitlarni har qadamimizda uçratmasdik. Böy yetib qolgan qizlar öz otalari, akalari oldida oyoqlarini bemalol oçib, kalta köylaklarda yurişmasdi, öğil-qizlar ota-ona nazoratini oğir olişmasdi, nega tergayverasiz, deb xudbinlarça öz joniga qasd qilaman, deb qörqitişmasdi. Ular şunday xulqli bölib osmondan tuşmagan, yo özga yurtdan kelmagan, özimizning, öz yurtimizning bolalari!
Yoşlar tarbiyasidagi yetişmovçiliklar haqida öylagan odamning könglini biz orqamizdan ergaşib kelayotgan avlod oldidagi burçimizni töla bajara olayapmizmi, zimmamizda qarzimiz qolib ketmayaptimi, degan öylar bezovta qilaveradi, bu borada jiddiyroq öylab köriş, xatolarimizni tuzatişning aniq çoralarini amalga oşirişimiz lozimligini eslataveradi.
Töğri, yoşlar kamoloti haqida gapirganimizda, ğurur bilan sanaydigan omillarimiz köp. Taʼlim-tarbiya uçun mablağ ajratib, şaroit yaratiş borasida dunyoda yetakçi örinlardan biridamiz. Biroq undan oldin, bola tarbiyasida muhim rol öynaydigan, ular dunyoga kelib, kamolga yetayotgan maskan - oilasi köz öngimizga keladi. Çunki endi tuğilgan gödakning qanday inson bölib voyaga yetişi şu oiladagi muhitga, tarbiyaga boğliq. Ota-bobolarimiz bejizga "farzand oila közgusi” deyişmagan. Ota-onadan andoza olib ulğayadigan farzand qanday odamlarning zurriyodi ekanligini bildirib turişi şubhasiz. Öz-özidan körinib turibdiki, bola tarbiyasida ota-onaning zimmasidagi vazifa juda zalvorli.
Afsuski, köpçilik ota-onalar öz burçini eng avvalo oilani moddiy jihatdan taʼminlaşda, deb bilişadi. Maktabda yo köçada biron nomaqbul harakati muhokama qilinsa, heç kimdan kam qilmay östirgandim, - deyişadi. Munosib xulq-atvor yillar davomida uzluksiz şakllantirilib borilişi lozimligini öylaşmaydi, qiziqişlariga quloq solib, har bir savoliga haqqoniy javob beriş lozimligini öylaşmaydi.
Manğit şahridagi oilalardan birining 19 yaşar qizi tumanimizning olis hududida yaşaydigan bir yigit bilan dugonasining töyida tanişib, bir-birini yoqtirib qolibdi. Qiz kollejni tugatgan bölişiga qaramay, heç bir hunari, örgangan ilmi yöq, işsiz. Yigit ham şu sifat, mardikorlik qilarkan. Endi şu qiz yaxşi, tinç-totuv oilalardan kelgan sovçilarga ham rad javob berayapti. Sababi töyda tanişgan yigitni yoqtirib qolib, telefonda gaplaşib turarkan. Qizini yölga soliş uçun maslahat sörab kelgan onaga harna yordamimiz tegsa, deb mahallaning diniy maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi bilan birga ularnikiga kirdik. Ostona hatlaşimiz bilan beçora onaizor qizining "agar boşqaga beraman desangiz, özimni özim osaman”, deb tahdid qilganini şipşidi piçirlab.
Çoy kötarib, biz ötirgan xonaga qiz keldi. Undan yigitni qaçondan beri tanişini, xulq-atvorini söradim. Qiz yelka qisdi. Töyda körişgan, keyin telefonda gaplaşib turişgan.
- Seni körgani boşqa izlab kelmadimi? – deb söradim men.
- U işda, Toşkentda, - zarda bilan javob berdi qiz "sizlarning nima işingiz bor”, deganday öqrayib va örnidan turib ketişga çoğlandi.
- Ötir qizim, biz sening hayotingga aralaşmoqçi yo boşqaga turmuşga çiq, deb zörlamoqçi emasmiz, - deya maslahatçi opa uning yelkasiga qölini qöyib ötirişga undadi.
Turmuş örtoğini tanlaş har bir yigit-qiz uçun juda masʼuliyatli iş ekanini, bu yölda adaşiş – bir umr baxtsizlikka sabab bölişi mumkinligini, telefondagi suhbat-u, qop-qop vaʼdalar yigitning kimligini bilişga yetarli bölmasligini, bir qarorga kelişdan avval yaxşilab öylab körib, ota-onasi maslahatlariga quloq solişi lozimligini tuşuntirdik.
Qiz "özim bilaman” deganday iddao bilan örnidan turdi.
Ota-onasiga bepisand, özboşimça bölib ulğaygan qizning onasi esa bularning bari özlarining tarbiyasi tufayli ekanligini öylab ham körmadi, aksinça, faqat qizini olis qişloqqa uzatişdan qanday qaytarişni bilmay boşi qotgan.
Mening söz yuritganim bu voqea oilalarda farzand tarbiyasi borasidagi birgina muammo, xolos. Aslida farzandining kuni böyi nimalar bilan maşğul bölişiga qiziqadigan, intilişlarini rağbatlantiradigan, badiiy kitoblar, gazeta-jurnallar sotib olib beradigan ota-ona juda kam. Odatda öğil-qizi voyaga yetayotgan kişilar hovli-joy, şohona mebellar, qimmatbaho kiyim, taqinçoqlar uçun yelib-yuguradi, topganini misqollab yiğadi-yu uning könglida ne öy-xayollar bor, turmuş qurişga tayyormi, deb öylamaydi. Oilalarda asrlar davomida şakllangan va heç qayerda yozilmagan qonuniyatlarni örgatişga vaqtlari "yetmaydi”. Oqibatda esa oila quriş masʼuliyatini anglamay turmuşga çiqqan qizning, uylangan öğlining hayotidagi muammolariga yeçim topolmay boşlari garang bölaveradi.
Yaratganga şukurlar bölsinki, yurtimiz tinç, xalqimiz farovon hayot keçirmoqda. Ozod va obod yurtimizda xalqimizning munosib turmuş keçirişi, yoşlarimizning har tomonlama barkamol insonlar bölib voyaga yetişi uçun barça şaroitlar yetarli. Yaxşi kunlarimizga havas qilguvçilar bilan bir qatorda, hasad qilguvçilar, tinç-osoyiştaligimizga rahna solişga urinayotgan manfur kuçlar ham borligini nazardan qoçirmasak, farzandlarimizni har jihatdan barkamol etib tarbiyalaş vazifasi qançalik dolzarb ekanligi yanada yaqqolroq körinadi. Demak farzandlarimiz baxtiyor, şu elda ozod, emin-erkin yaşasin, degan ota-onaning ularning taʼlim-tarbiyasiga beparvo qaraşiga haqqi yöq. Çunki ilmli, maʼnaviyatli insonni yengib bölmaydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶