ORASTALIK OSTONADAN BOŞLANADI
Tumanimizning ovul va mahallalarini kezsangiz, biri-biridan çiroyli manzaralarga guvoh bölasiz. Turli mevali, manzarali daraxtlar, gullar bilan bezangan hovlilar şu yerda umrguzaronlik qilayotgan odamlarning didi va mehnatsevarligidan dalolat berib turganday. Axir bizning hududlarimizda köçat undirib kamolga yetkaziş ança maşaqqatli iş. Buning ustiga nihollarni töğri kelganiça emas, tartib bilan har biri öziga xos uslubda joylaştirilgan, çor-atrofga fayz bağişlab turgan daraxtlarni körgan odamning bahri-dili oçilib ketadi. Beixtiyor şularni bunyod etgan insonga taşakkur aytging keladi, odamning.
Yaxşilikka, gözallikka intilib yaşaş xalqimizning azaliy odatlaridandir. Şu boisdan-da orasta, saranjom-sarişta xonadon bekalari, qizlari, kelinlari köpçilikka ibrat qilib körsatiladi. Qizlarning yaxşi xislatlari haqida gap ketganida, albatta ozodaligi, uquvliligi, çevarligi inobatga olinadi. Aynan şunday xislatlarga ega bölib tarbiyalanayotgan qizlar yaşaydigan hovlilar sirtidanoq bilinib turadi: hovlisi oldi supurilib, suv sepilgan, toza, orasta, daraxtlar tagidagi xas-xazonlar olinib, begona ötlardan tozalangan, fayzli böladi. Orastalik ostonadan boşlanadi, deganlari bejiz emas.
Xalqimiz asrlar davomida öz farzandlariga ozodalik, orastalik kabi xislatlarni singdirib, qadriyat darajasida uluğlab kelişgan. Boisi, öz-özini hurmat qilgan odam öz yaşaş joyini xuşhavo, toza va obodon saqlaşi tabiiy. Tozalik, soğlom turmuş tarziga, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş avvalo öz soğligimiz garovi, qolaversa, maʼnaviy tarbiya vositasi hamdir. Çunki bu oiladagi farzandlar uçun öz-öziga, oilasidagilar oldida maʼlum maʼnoda javobgarlik hissini tarbiyalaydi. Farzandlarning hovli-joyi obodonligi, ozodaligi uçun birgalikda qilgan mehnati bir-biri bilan hamjihatligini, mehr-oqibatini taʼminlaydi, öz mehnatlaridan zavqlaniş hissini uyğotadi. Sariştali uy – fariştali uy, deyilişi ham şuning uçundir, ehtimol?
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶