TERIM SURʼATI OŞMOQDA
Paxta yiğim-terimi tobora avj olayotgan şu kunlarda Qipçoq ovulida faoliyat körsatayotgan fermer xöjaliklarida ham maqtovga loyiq işlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur yilda ovuldagi 22 ta fermer xöjaligi jami 1875 tonna paxta yetiştirib beriş yuzasidan şartnoma tuzişgan.
Ayni kunda fermer xöjaliklari dalalarida yiğim-terim işlari şu kunning talablari darajasida taşkil etilib, işda yuksak unum bölişi taʼminlanmoqda.
Paxta yiğim-terimida ovuldagi Yöldoş Eşniyozov rahbarlik qilayotgan "Eşniyozov Yöldoş”, Komil Eşmurodov rahbarlik qilayotgan "Tursunboyeva Umida”, Ahmad Endirboyev yetakçilik qilayotgan "Ahmad-Maqsud”, Karimboy Boltaboyev rahbarlik qilayotgan "Boltaboyeva Kumuş”, Nurulla Xidirov rahbarlik qilayotgan "Xidirov Nurullaboy” fermer xöjaliklari paxtakorlari peşqadamlik qilişayapti.
- Ovul paxtakorlarining, şuningdek ularga yaqindan yordam berayotgan haşarçilarning şijoatli mehnatlari ovulimiz fermer xöjaliklarining barçasida ham şartnomaviy rejalar tez kunlar içida bajarilişidan darak berib turibdi. Bizning muqobil maşina traktor parkimiz xodimlari ham ovulimiz fermer xöjaliklariga zarur yordamlarni körsatib, ularning mehnat zafarlariga öz hissalarini qöşişga harakat qilmoqdalar, - deydi biz bilan suhbatda "Qipçoq” MMTP raisi Jangaboy Jumaboyev.
Ovul fermerlariga Nukus Davlat pedagogika instituti talabalari va ovulda taşkil etilgan "Taşabbuskor guruh” aʼzolari yaqindan yordam bermoqdalar.
Allambergan
JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶