21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:05
Adabiyot 👁 4,164

GUMON

GUMON

Ziyoda kattagina xonadonga kelin boʻldi. Uning umr yoʻldoshi uch aka-ukaning kenjasi edi. Ikkala qaynopalari allaqachon turmushga chiqib, oʻzlaridan tinib-tinchib ketishgan. Ziyoda kelin boʻlgan yildan soʻng katta qaynogʻasi yangi imorat qurib, roʻzgʻorini boʻlakladi. Keyin ikkinchi qaynogʻasi shahardan uy olib, oilasi bilan koʻchib oʻtdi. Koʻpchilik boʻlib yashashga oʻrgangan Ziyoda hayhotday hovlida qaynonasi bilan qolib, kun boʻyi zerikadigan boʻldi. Nima qilsin, eri kun boʻyi ishda , hatto baʼzan kechalariyam kasalxonada qolib ketadi. Baʼzan tongda, baʼzan yarim tunda keladi.

Turmush qurishganiga toʻrt yil boʻldi, hamon farzand koʻrishmadi. Erining oʻzi shifokor boʻlgani uchun Ziyoda biron joyga borib davolanib kelish haqida gapirishga ham yuragi betlamaydi. Qaynonasi esa bot-bot:

- Hadichaning kelini oʻgʻil tugʻibdi, shu kelin qachon tushgandi? Sanamoyning qizini qachon uzatishgandi, farzandli boʻlibdi-ya, - deb ilmoqli-ilmoqli gapiradi-yu, Ziyodaga yeb qoʻyguday tikiladi. Biroq hech narsa de-maydi.

"- Undan koʻra ochigʻini aytaqolsa-chi” – ich-ichidan ranjiydi Ziyoda.

Bir kuni qarindoshlarinikiga toʻyga ketgan qaynonasi darvozadan kiriboq Ziyodani chaqirdi.

- Oʻtir! – dedi buyruqnamo.

Supa chetiga astagina oʻtirgan Ziyoda qaynonasining amrini kutdi.

- Menga qara, - dedi u keliniga qattiq tikilib, - sening ammang bola tugʻmagan ekan-ku! – dedi osmondan tushganday.

Ziyoda "yalt” etib qaynonasiga qaradi.. Axir ammasining uchta farzandi boʻlib, uchalasidan ham nevara koʻrgan-ku!

- Ammam, ammamning bolalari, nevara...

- Qoʻy-ye, bilmas ekansan, - tutaqdi qaynonasi. – Ozoda ammang umuman tugʻmagan. Uchala farzandini ham asrab olgan. Sening naslingda tugʻmaslar bor ekan-da! Ozoda oʻqishdagi topgan yigiti bilan Qashqadaryoda yashab yurib, 3 nafar bolani asrab olgan ekan! Yo xudoyo, oʻzganiki oʻzak boʻlolmas, deganlar. Aytaver, sen bolamning boshini aylantirib nimalarni oʻylab yuribsan?

Ziyoda dong qotdi. Ammasining farzand tarbiyalab olganini u haqiqatan ham bilmasdi. Qaynonasining gaplaridan ham hayron, ham xijolatda edi. Qaynonasi esa Ozoda ammasining "detdom”dan bola asrab olganini, bepushtlik Ziyodaning qonida borligini, oʻgʻlining baxtsizligini, ichidagi hamma dardini bir zumda toʻkib soldi. Ziyoda kelin boʻlganidan beri birinchi marta qaynonasiga tik qaradi:

- Bekor gap! – dedi ovozini koʻtarib. – Bunaqa yolgʻon gaplarni qayerdan oldingiz?

- "Bekor gap”, "yolgʻon gap”, endi mening gapim yolgʻon boʻldimi? – astoydil jahli chiqdi qaynonasining.

Ziyoda yerga qaradi, qaynonasiga  qoʻpol gapirib qoʻyganini sezib, hatto pushaymon boʻldi. Lekin sevimli ammasining ortidan magʻzava agʻdarib, Ziyodani bilib-bilmay, uzil-kesil bepushtga chiqarayotganidan koʻngli zil ketdi. "Gapiga yarasha gap qildim”, - oʻyladi u qaynonasiga boʻy bergisi kelmay.

- Men seni indamas, desam ichingda uyday balo bor ekan-ku! – yana uzib oldi qaynona.

Bu gal Ziyoda indamadi. Hamma mojaro eri Muzaffar ishdan kelganidan soʻng boshlandi. Oshxonada ovqatga unnab yurgan Ziyoda ona bilan oʻgʻlining gaplarini eshitmadi-yu, dasturxon boshiga kelganida erining ham qovoq-tumshugʻi osilib oʻtirishidan bildiki, ona-bola Ziyodaning "masalasi”ni muhokama qilib oʻtirishardi. Uchalasi jim oʻtirib ovqatlanishdi. Oshxonadagi yumushlarini bitirgan Ziyoda ichkari uyga yoʻnalganida ortidan eri chaqirdi:

- Kel, Ziyoda, oʻtir, - dedi u mehribonlik bilan. – Sen onamdan xafa boʻlma. Men hammasini bilardim. Ozoda opaning farzand olib boqqanini surishtirib bilib olganimni senga aytmagandim.

- A! – xuddi Ziyodani birov turtib yuborganday, gandiraklab ketdi. – Bilasiz, nega menga aytmadingiz? Oʻzingiz bilib, indamay yurganingiz bilan hayotimiz izga tusharmidi? Koʻrdingiz-ku, enamning kamsitishini! – yigʻlab yubordi Ziyoda.

- Onam seni kamsitayotgani yoʻq, negadir xotiniga emas, yerga boqqancha gapirdi Muzaffar. – Nima desam ekan, onam,... onam ham nevarali boʻlishni xohlaydi...

Oraga jimlik choʻkdi. Bir zumlik sukunat Ziyodaga yilday tuyuldi. Erining soʻnggi gapidan soʻng ichida nimadir uzilganday, joni ogʻridi. Qaynonasi qoʻlidagi sochiq bilan yelpinganicha:

– Boʻldi, tamom!- dedi choʻrt kesib. – Ertagayoq Muzaffar bilan doʻxtirga borasizlar. Umr toʻxtab turmaydi, qachon Gulsaraning kelini homilador boʻlar ekan, deb!

Ziyoda tongni bedor qarshiladi. Xuddi ogʻir kasallikdan turganday, lohas sezdi u oʻzini. Negadir Muzaffar kamgap, gʻamgin boʻlib qolganday tuyuldi unga. Nonushta ham qilmay eri bilan shifokor koʻrigiga otlanishdi.

Bir kunda rang-roʻyi soʻlib, maʼyus tortib qolgan Muzaffarning oʻzini tutishi Ziyodaga gʻalati tuyuldi. Eri oʻzini bunday tutayotganining boisi faqat farzandsizligi emas, undan nimanidir yashirayotganday tuyulaverdi Ziyodaga. Yana oʻziga oʻzi taskin berdi: "Axir toʻydan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtganimizda shifokorlar ikkalasini ham sogʻlom, deb xulosa berishgan, gumon qilguday jiddiy kasalligi boʻlmasa”...

Shunday boʻlsa-da shifokor koʻrigiga kirgunlaricha Ziyoda ham, Muzaffar ham xuddi begonalarday, bir-birining gap soʻzlariga "ha” yoki "yoʻq” deb javob qaytarishdan nariga oʻtishmadi.

- Umumiy laboratoriya tahlillari, UZI xulosalari yomon emas, - dedi Ziyodani obdon koʻrikdan oʻtkazgan shifokor opa. Soʻng Muzaffarga yuzlanib qoʻshib qoʻydi. – Mana bu dorilarni topib, Siz ozgina davolanishingiz kerak, shamollash bor ekan. Nega oldin-roq muolaja olmadingiz? Oʻzingiz shifokor ekansiz. Farzand koʻrmayapman, deb kelindan gumon qilib yuraverdingizmi, a, ukajon?

Muzaffar noqulay ahvolda qolgandi. Garchi bolalar shifokori boʻlsa-da, oʻz vujudidagi yetishmovchilikni sezar, lekin bu holat farzand koʻrmasligiga sabab boʻlishi haqida oʻylab ham koʻrmagandi. U barcha ayb Ziyodada, deb gumon qilar, hatto xotinining urugʻ-aymogʻida befarzand qarindoshlari bor-yoʻqligini zimdan surishtirgan, Ziyodaning Qashqadaryo viloyatiga, oʻz kursdoshiga turmushga chiqib, farzandsizligi uchun uch nafar bola asrab olgan Ozoda ammasi haqida eshitgach, dilidagi gumon yanada ortgandi. Hatto Ziyodaning oʻzi ham bilmaydigan Ozoda ammasining sirini oshkor etib, xotinini sal boʻlmasa bepushtga chiqarayozgani uchun oʻzini oʻzi yomon koʻrib ketdi. Ziyoda esa xuddi yelkasidan togʻ agʻdarilganday, oyoqlari yerdan yengil koʻchar, bir gapirib oʻn kulardi.

- Doʻxtir opa bilgir ekan-a! – Goʻyo hamma muammolarini oʻsha opa hal qilib yuborganday, minnatdorlik bilan gapirdi Ziyoda. – Siz boʻlsangiz, Ozoda ammamdan aylanib kelib gapirib oʻtiribsiz.

Ziyodaning bu gapi Muzaffarga: "Siz gumonchisiz”, - deganday tuyuldi. Battar yuragi ezilib, xotinining yuziga tik qaray olmay qoldi.

Uylari oldidagi gujum soyasida ularni kutib oʻtirgan Gulsara ena oʻgʻliga emas, keliniga qarab kesatdi:

- Ha, doʻxtir qoʻyningizni aldovlarga toʻldirib yubordimi? Yo falon oydan soʻng tugʻasan, dedimi?

Ziyoda anchayin farosatli, bosiq edi. Bor gapni eri aytishini bilgani uchun:

- Hammasi yaxshi boʻladi, deyish-di, - dedi-yu uyga kirib ketdi.

Ona-bola gujum soyasida oʻtirib uzoq suhbatlashishdi. Ona nima dedi-yu, oʻgʻil qanday gap aytdi, bunisi Ziyodaga qorongʻi. Faqat shu kundan keyin qaynonasining feʼli keskin oʻzgardi. Ziyodaga nisbatan mehribon va muloyim boʻlib qoldi. Oʻgʻli bilan kelinini Toshkent shahridagi "Gulshan” sihatgohiga yuborish taraddudiga tushdi.

- Ozoda ammangda ayb yoʻq ekan, - dedi bir kuni Ziyodaga. – Boyaqish erini yaxshi koʻrgani uchun shu yoʻlni tanlagan ekan. Aslida eri...

- Ammang boshqaga turmushga chiqsa, farzandli boʻlardi, - degandi onasi Ziyoda u haqda soʻraganda. – Ota-onasining "ovulga qayt” deganiga ham koʻnmadi. Sizlar juda kichkina edinglar, bilmaysizlar. Lekin asrab olgan farzandlari biri-biridan aqlli. Gulsara qudagʻay gumonga borib, gunohga botibdi.

Ziyoda shuni esladi-yu:

- Hechqisi yoʻq, ena, - dedi kulib.

Oradan bir necha oy oʻtib, Ziyoda homilador boʻldi. Gulsara ena yer-u koʻkka sigʻmay quvondi.

- Bolam eson-omon qutulsa, xudo yoʻliga bir jonliq ehson qilaman, - koʻngliga tugib qoʻydi u.

Shunday qildi: Muzaffar malikalarday qizli boʻldi. Ismini ham Malikaxon, deb atadi. Shu kuni elga osh berib, nevarasining poyqadamida qon chiqarib, xudoyi-sadaqa qildi.

- Malikaxonning ukalari koʻp boʻlsin! – deya duo qilishdi "muborak boʻlsin”ga kelganlar...

Muzaffar bilan Ziyodaning bagʻri toʻldi, baxtlari kuldi. Ketma-ket yana ikki oʻgʻilchali boʻlishdi. Hovlilari  oldidagi baland gujum daraxtiga Gulsara ena oʻz qoʻli bilan uchta argʻimchoq qurdi. Kun boʻyi nevaralari bilan birga gujum soyasida oʻynovchi qoʻshni bolalar ham huzur qilib, navbatma-navbat argʻimchoq uchishadi.

- Ha, shukur-a, shukur, - deydi Gulsara ena argʻimchoqlar shamoliga koʻksini tutib. – Shu omon boʻlgurlarni bergan Xudoyimga shukur!

Faqat bot-bot irim-sirimlarga ishonib, gumonlar girdobida qolganini, Ziyodaning diliga ozor yetkazganini eslab, ogʻir tin olib qoʻyadi. "Oʻshanda shaytonning izmiga kirib, oʻgʻlining oilasi buzilib ketishiga sababchi boʻlishiga bir bahya qolgandi-ya! Gumon – imondan ayirar, gumoning – dushmaning, deganlari shumikan? Imonsizlikdan oʻzing asra”,- deya oʻzini oʻzi taftish qiladi-yu, nevaralarining quvnoq kulgularidan bahri-dili yayrab, barcha dilxiraliklarni unutadi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026