21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:37
Siyosat 👁 3,143

Tuman aholisiga MUROJAAT

Tuman aholisiga MUROJAAT

 

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi va hokimligi,

tuman xotin-qizlar qoʻmitasi va Fermerlar Kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamgʻarmasi, «Kamolot» YoIH tuman boʻlimlarining tuman aholisiga

MUROJAATI

 

 

 Qadrli yurtdoshlar!

Xalqimiz oʻz oldiga ezgu va ulugʻ maqsadlar qoʻyib, tinch va osoyishta hayot kechirayotgan, oʻz kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida ulkan natijalarga erishayotgan tarixiy bir davrda yashamoqdamiz. Buni mamlakatimiz obroʻsining jahon hamjamiyatida kun sayin oshib, xalqimizning hayot darajasi yuksalib, turmushimizning yanada obod boʻlib borayotganidan ham koʻrishimiz mumkin.

Dunyoning turli hududlarida urush va nizolar, notinchlik va qarama-qarshiliklar hukm surayotgan, kimlardir tonglarning osuda otishini orzu qilib, osoyishtalik umidi bilan yashayotgan bir vaqtda, shukurki, bizning yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukmron.

Har bir davrning odamlar yelkasiga yuklaydigan masʼuliyati boʻladi. Biz koʻz oʻngimizda amalga oshirilayotgan obodlik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlariga hissa qoʻshish imkoniyatiga ega baxtiyor insonlarmiz. «Obod turmush yili» har bir fuqaroga yurt oldidagi masʼuliyatini bajarish uchun imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

       Xoʻsh, bizga berilgan shu imkoniyatdan qay birimiz qanday darajada foydalanayapmiz?

       Xalqimizda «Yerni boqsang, yer seni boqar» degan naql bor. Bizning rizq-nasibamizni beminnat undirib berayotgan ona zaminimizga qanday munosabatda boʻlyapmiz? Uning imkoniyatlaridan hamma ham samarali foydalanayaptimi?

Aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlaridan foydalanish haqida gap ketganda, afsuski, bu savolga hammadan ham ijobiy javob olish qiyin. Kimlarningdir hovlisi oldidagi yerlar egasining befarqligi tufayli yil boʻyi boʻsh yotsa, kimlardir unga xashakbop ekinlar ekib, yana kimlardir xafsalasizlik tufayli ancha kam hosil olmoqda. Vaholanki, hovlisi oldidagi kaftdek tomorqasidan oilasini boqib, ehtiyojidan ortigʻini bozorga sotish orqali daromad topayotganlar ham aynan ular bilan yonma-yon yashamoqda. Ayrim oilalar oʻzlariga tegishli boʻlgan 15-20 sotix yeri boʻla turib, tomorqa yerini boʻsh qoldirib, daromad izlab chet elga ketib sargardon boʻlmoqdalar. Axir moʻl daromad topishning manbasi – xonadonimiz ostonasidagi tomorqa yerimiz emasmi?

Umuman, bu ishlarda faqat moddiy emas, maʼnaviy manfaat ham bor. Sababi, mehnat insonni tarbiyalaydi, tanini sogʻlom, ruhini tetik qiladi, ertanggi kunga umid bilan qarashga undaydi. Tomorqadagi oila aʼzolarining birdamlikdagi mehnati mehr-oqibatni mustahkamlaydi, insonni halol yashashga, mehnati bilan kun koʻrishga oʻrgatadi. Shuning oʻzi farzand tarbiyasidagi muhim omillardan biri emasmi?

 

Aziz yurtdoshlar!

Biz ishonamizki, har bir inson ertanggi kun umidi, farzandlar baxti-saodati uchun yashaydi, mehnat qiladi. Keling, eshigimiz oldidagi tomorqa yerimizga ongli munosabatda boʻlaylik. Uning har bir qarichidan unumli foydalanib, oilamiz iqtisodini koʻtarishga harakat qilaylik.

Turmush obodligining muhim shartlaridan biri - oilaning iqtisodiy mustahkamligidir. Bu borada tadbirkorlikning alohida oʻrni bor. "Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qatʼiy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”, - degan edi Sohibqiron bobomiz. Darhaqiqat, hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga aholi farovonligini taʼminlashning muhim omili sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Aziz hamyurtlar!

Siz ham bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib, dasturxoningiz toʻkinligi va turmushingiz faravonligini taʼminlang, yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga oʻz hissangizni qoʻshing.

   Faxr bilan aytish mumkinki, tumanimizda 2000 dan ziyod tadbirkorlik subʼektlari faoliyat olib bormoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha birgina 2013-yilda 380 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shu oʻrinda allaqachon tadbirkorlik faoliyatini boshlab, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyib olgan, barqaror daromad manbasiga ega boʻlgan tadbirkorlarimizning ishlariga rivoj tilagan holda, bir fikr aytmoqchimiz. Tadbirkor eng avvalo oʻzi yashayotgan jamiyat oldidagi ijtimoiy masʼullikni hech qachon unutmasligi kerak, oʻzi yashayotgan mahallaning, oʻzi mehnat qilib, daromad topayotgan hududning fidoyisi, ezgu ishlardagi tashabbuskori boʻlishi kerak. Kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga xayriyalar qilish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga hissa qoʻshish kabi savobli ishlarda qatnashish har bir tadbirkorning maqsadiga aylanishi lozim.

Tadbirkorlik haqida soʻz yuritganda istiqlolning bizga bergan imkoniyati – fermerlik sohasini tilga olmay oʻtolmaymiz. Bugun fermer qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi, odamlarning yerga, mehnatga va yashashga boʻlgan munosabatlarini tubdan oʻzgartirishga qodir kuch sifatida tan olinmoqda. Chunki, fermerlar mulkchilikning ilk kunlaridan boshlab oʻz saʼy-harakatlari, yangilikka intilishlari, izlanuvchanliklari bilan qishloqdagi boqimandalik kayfiyatiga zarba berdi. Bugungi fermer nafaqat dehqon, balki iqtisodchi, agronom, sanoatchi sifatida ish yuritmoqda, koʻp tarmoqli xoʻjalikka aylanmoqda, oʻz oilasi va atrofdagilarini ish bilan taʼminlamoqda.

Yil yilga oʻxshamaydi, dehqonchilikda har yilning oʻziga xos qiyinchiliklari boʻladi. Bu yilgi mavsumda tabiat dehqonlarimizning irodasini yana bir bor sinovdan oʻtkazmoqda. Yogʻingarchilikning meʼyoridan ortiq boʻlishi chigit ekilgan dalalardan toʻliq nihol olishni qiyinlashtirmoqda. Unib chiqqan nihollarning qatqaloq tufayli rivojlanishi orqada qolmoqda. Bularni bartaraf etish fidoyi mehnatni, birdamlik va uyushqoqlikni talab qilmoqda.

Qadrli muassasa, korxona va tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari!

Dehqonlarimiz qiyin-qistovli kunlarda doimo Sizning begʻaraz koʻmagingiz va beminnat yordamingizga suyanib keladi. Uyushqoqlik va birdamlikdagi mehnatlar natijasida amudaryolik paxtakorlar mamlakatimiz miqyosida oldingilar safida kelmoqda. Tumanimizning paxtachilikdagi bu nufuzini saqlab qolishda dehqonlarimizga yelkadosh boʻlib, tabiatning bu sinovini ham mardonavor yengishda oʻz hissangizni qoʻshishingizga ishonamiz!

Qadrli fermerlar!

Non – rizq-roʻzimiz, dasturxonimiz koʻrki. Bu aziz neʼmatning serobligi yurt boyligining nishonasi. Demak, yurtimiz faravonligi koʻp jihatdan Sizning mehnatingizga bogʻliq. Qishning qattiq kelishi dalalarda bugʻdoy maysalarining siyraklab qolishiga olib keldi. Endilikda mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solib, bugʻdoyzorlardan koʻzlanganidan ham ziyod hosil olish vazifasi Sizning zimmangizda turibdi.

Oʻz tadbirkorligingiz va omilkorligingiz, necha yillik hayot tajribangiz va boy bilimingiz, fidoyiligingiz bilan bu ishlarning uddasidan chiqib, yuksak xirmon bunyod etishingizga ishonamiz!

Qadrli pillakorlar!

Yetti xazinaning biri, deya taʼriflanuvchi ipak qurtini parvarishlab, kunni tunga ulab mehnat qilayotganingiz har qancha tahsinga loyiq. Ipak qurti boqish, pilla yetishtirish zahmatli ish. Umid qilamizki, bu yil ham qishloq xoʻjaligidagi dastlabki xirmonni yuksak koʻtarib, gʻallakor va paxtakorlarimizga oʻrnak boʻlasiz.

Shuni unutmangki, Siz yetishtirgan pilla tumanimizda qayta ishlanadi, oʻnlab yoshlarimiz ish bilan band boʻladi, daromad topadi. Ular tayyorlagan ipak kalavalari xorij davlatlariga eksport qilinib, Sizning mehnatingizdan dunyoning qaysidir burchagidagi inson foydalanadi, buning natijasida davlatimiz byudjetiga mablagʻ kelib tushadi. Sizning fidokorona mehnatlaringiz samarasi yurt taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshilsin!

Aziz otaxon-u onaxonlar, oila sohib va sohi­balari!

Yurt, mahalla, xonadon obodligi, tozalik va ozodalik avvalo koʻngildan boshlanadi. Oʻtmishidan kuch olib, bugungi kun nafasi bilan yashayotgan, ertanggi kunidan koʻngli xotirjam inson oʻz uyini, mahallasini obod maskanga aylantiradi. Obod goʻshalarda sogʻlom avlodlar dunyoga keladi, komil farzandlar voyaga yetadi, pokiza niyatli insonlar yashaydi.

Tumanimiz aholisining turmushi yanada faravon boʻlishi uchun yaratilayotgan qulayliklar - tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, siqilgan gaz kabi resurslardan oqilona va tejamli foydalanib, haqlarini oʻz vaqtida toʻlab borishga va bu xizmatlardan kelgusida ham uzluksiz foydalanishga erishaylik.

Aziz hamyurtlar!

Koʻz oʻngimizda keng miqyosdagi yaratuvchanlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Birgina joriy yilning oʻzida tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun barcha manbalar hisobidan 130-140 milliard soʻm miqdorida sarmoyalar ishlatiladi, kasb-hunar kolleji, maktablar, sogʻlikni saqlash muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, bolalar markazi, sport zallari, namunaviy uy-joylar, ichimlik suvi tarmoqlari, yoʻllar yangidan quriladi, rekonstruktsiya qilinadi va kapital taʼmirlanadi.

Aytish joizki, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining qadri faqat qurilish hajmi bilan emas, undan odamlarimizning qay darajada naf koʻrishi, shu obʼektlarning qancha uzoq muddat xizmat qilishi bilan ham oʻlchanadi.

Keling, barcha jamoat tashkilotlari, mahalla oqsoqollari, xalq deputatlari va faollar, yoshu qari, erkagu ayol – hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib, tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar surʼatini va sifatini, ishlar boshida turgan rahbarlarning gʻayratini va layoqatini xolisona oʻrganib, xolisona nazorat qilib, ularning yutuqlarini eʼtirof etib, kamchiliklarini roʻy-rost aytib, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning sifatiga, bardavomligiga hissa qoʻshaylik.

Aziz amudaryoliklar!

Mavjlanib oqayotgan Amudaryo boʻyidagi bu obod goʻsha fidoyi odamlar yurti, deya taʼriflanadi. Ming yillik azim daryoning shiddatu shijoatiga xos joʻshib ishlash, joʻshib yashash har birimizning hayot tarzimizga aylansin. Oʻz oldimizga qoʻygan ulugʻvor maqsadlar sari intilishdan, mehnat qilib, yurtimizni obod maskanga aylantirishdan, bunyodkorlik va yaratuvchanlikdan aslo toʻxtamaylik.

Keling, koʻnglimizni, hovlimizni, mahallamizni, tumanimizni, yurtimizni OBOD MASKANga aylantirishga har birimiz hissa qoʻshaylik!

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026