TABIATNI ASRAŞ – ONAMIZNI ASRAŞDIR
Boş Qomusimizning 50-moddasida: "fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişga majburdirlar” , 55-moddasida esa: "Yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalaniş zarur va ular davlat muhofazasidadir”, - deb belgilab qöyilgan. Demak, biz fuqarolarning vazifamiz atrof-muhit muhofazasini taʼminlaşda eng avvalo ekologik ongimizni, ekologik madaniyatimizni yuksaltirişimiz Özbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tabiatni muhofaza qilişga oid qator meʼyoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini çuqur örganiş va hayotimizga tatbiq etişdan iborat.
Maʼlumki, sobiq Ittifoq davrida Özbekistonda paxta yakkahokimligiga erişiş maqsadida ming-minglab gektar tabiiy yaylovlar, töqayzorlar özlaştirilib, paxta maydonlariga aylantirildi. Oqibatda, mamlakatimiz flora va faunasida biologik xilma-xillikka jiddiy putur yetdi. Hayvonot va ösimliklar dunyosining juda noyob, kam uçraydigan turlarining köpçiligi butunlay yöqolib ketdi. Ayrim turlarining esa yöqolib ketiş xavfi tuğildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erişgandan söng biologik resurslar Vatanimizning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti uçun nihoyatda zarur ekanligini özida mujassam etgan qator qonun hujjatlari işlab çiqildi va hayotga izçil tatbiq etildi. Xususan, mustaqillik yillari Özbekistonda 22 ta bevosita, 50 dan ziyod bilvosita ekologik yönalişdagi Qonunlar, 4000 dan ziyod meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xöş, bu qonun va meʼyoriy hujjatlarning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
Şuni alohida qayd etiş joizki, atrof-muhit – inson hayotining, salomatligi hamda faoliyatining asosi hisoblanadi. Demak, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş – insonlarning ekologik ong va ekologik madaniyati qay darajada ekanligiga boğliq. "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi, "Muhofaza qilinadigan tabiiy resurslar töğrisida”gi, "Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi, "Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi, "Örmon töğrisida”gi hamda "Ekologik nazorat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunlarining barçasida fuqarolarning atrof-tabiiy muhitga munosabati, yer, suv, tabiiy resurslardan foydalaniş borasidagi huquq va majburiyatlari bandma-band belgilab berilgan. Şu bilan birga mazkur Qonun hujjatlarining asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik ilm-fanni rivojlantiriş, mavzuga oid bilimlarni keng tarğib qiliş, tabiiy tizimlarni hamda ularning biologik rang-barangligini, özini-özi töğrilaş qobiliyatini saqlab qoliş, qayta tiklaş, tabiiy resurslardan foydalanişning ekologik samarali usullarini işlab çiqiş, ekologik xavfsizlikni taʼminlaş, suv zahiralarining ifloslanişining oldini olişga kömaklaşişga, tabiiy muhitni möʼtadil ravişda saqlaş mexanizmini yanada takomillaştirişga xizmat qilişdan iborat. Şu bois, davlatimiz tomonidan tabiatdan foydalaniş sohasidagi meʼyoriy-huquqiy bazani rivojlantirişga, aholining ekologik taʼlimi, madaniyati va tarbiyasi tizimini uzluksiz takomillaştirib borişga jiddiy ahamiyat berilmoqda.
Bizning tumanimiz tabiati ham öziga xos. Hududimizdan oqib ötuvçi Amudaryoning muhofaza qismidagi tabiiy töqayzorlarda noyob quşlar, turli hayvonlar, ayniqsa, yöqolib ketiş xavfi bölgan "Buxoro buğusi” (xonguli), qirğovul, qaşqaldoq, törğay, suylun kabi kam uçraydigan turlar mavjud. Tumanimiz flora va faunasiga zarar etkaziş bu – xalqimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga töğanoq bölişdir.
Şuni alohida qayd etiş joizki, atrofimizni örab turgan tabiiy olam – bizning betakror boyligimiz, bitmas-tuganmas musaffo havo fabrikamiz. Demak, közimizga çiroyli köringan hududda turli köngiloçar sayl-u ziyofatlar ("mayovka” deyişadi buni köpçilik) uyuştiriş, tabiat bağrini ifloslantiriş, şaxsiy ehtiyoj yoki manfaatni közlab, tabiiy ösuvçi dov-daraxtlarni kesib oliş, şaxsiy mulk sifatida foydalaniş, biosfera rezervatiga kiritilgan hududlardan har xil jonivorlarni ovlaş, suv yöllarini ifloslantiriş, tuproq ekologiyasini buzuvçi holatlarni sodir etiş – bu eng avvalo mamlakatimizda amalda bölgan Qonun hujjatlariga zid hatti-harakat bölsa, qolaversa, mamlakatimiz flora va faunasiga nisbatan xiyonatdir. Vaholanki, bunday xiyonat insoniyat uçun ham, tabiiy olam uçun ham xatarli holat hisoblanadi.
Şu yerda eʼtiboringizni quyidagi raqamlarga qaratmoqçiman: yer yuzida har kuni deyarli 37 ming gektar tabiiy örmonlar yöqolib ketmoqda. 1930-yil oxirida Qoraqalpoğiston Respublikasida töqayzorlarning umumiy maydoni 300 ming gektarni taşkil etgan bölsa, 1990-yilga kelib töqayzorlar 30 ming gektargaça kamayib ketgan.
Men bu misolni nima uçun keltirdim? Şuning uçunki, har kim köngliga kelgan işni qilib ketavermasdan, xovlisi oldidagi bir tup daraxt yoniga yana bitta nihol eksa, "egasi yöq-ku”, deb töronğil yoki qoramon, oqtol, jiyda va jigildak kabi daraxtlarni çopib, öz ehtiyoji uçun işlatişga intilmasa, noyob, qöriqlanayotgan jonivorlarga öq uzmasa, atrof-muhit yanada obodonlaşib, yaşil olam boyib boraveradi. Buning uçun har birimiz ekologik ongli, yaʼni atrof-muhit muhofazasiga oid çuqur bilimli, tabiat hodisalari bilan boğliq urf-odatlar böyiça öz tasavvurimizga ega ekologik madaniyatli xulq-atvor egasi bölmoğimiz joiz. Ana şundagina insoniyatning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini barqarorlaştirib turuvçi atrofimizdagi gözal olam – biologik xilma-xillik yanada boyib, gözallaşib boraveradi. Zero, biz özimiz – tabiatning oliy mahsulimiz, tabiat esa – onamizdir.
Robiya YÖLDOŞEVA, jurnalist.
(Foto - http://zakovat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶