22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:28
Jamiyat 👁 6,081

Ijtimoiy buyurtma ijrosi amalda

Ijtimoiy  buyurtma ijrosi amalda

"EKOSAN” xalqaro jamoat fondi oʻz Maqsadli dasturlarini samarali ijro etishda, keyingi yillardi oʻz Ustavi talablari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab–quvvatlash Jamoat fondi ajratgan loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi "EKOSAN” fondiga «Keksalarni eʼzozlash yili»Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida, yurtimizda keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va eʼtiborni kuchaytirish orqali ularning hayot darajasi va sifatini oshirishga, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan, sogʻlom va barkamol unib-oʻsayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturining 21-, 33-bandlarini amalga oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan "Muruvvat uylarida yashovchi qariyalarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifati va darajasini yuksaltirish” Davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasini ishonib topshirdi. Bu vazifa, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihaning maqsadlari, vazifasi, ayniqsa, ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida mazkur loyiha rahbari, "EKOSAN” Xalqaro jamoat fondi Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Komiljon Joʻrayev bilan suhbat qildik.


2015 yil 29-iyul kuni ”Yoshlar ijod saroyi”da, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi, Oʻzbekiston NNT Milliy Assotsiatsiyasi, Yoshlar tashabbuslari Markazi va "EKOSAN” Xalqaro jamoat fondi tomonidan "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlash – kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim omilidir” mavzusida tashkillashtirilgan davra suhbati doirasida Mazkur ijtimoiy buyurtma taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirda, shuningdek, ekologiya yoʻnalishida faoliyat yurituvchi NNTlar va davlat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

- Ijtimoiy buyurtmaning amalga oshirish muddati 12 oy (2015-2016-yillarga) belgilangan mazkur Loyiha uchun byudjetdan 140,0 mln. soʻm ajratilgan, loyiha amaliyotiga jalb qilingan mablagʻlar tarkibini "EKOSAN” fondining qoʻshimcha 25.0 mln. soʻm hamda hamkorlarning nomoddiy mablagʻlari ham tashkil qiladi

Mazkur Ijtimoiy buyurtma asosida quyidagi asosiy ijtimoiy muammo qoʻyilgan:


- Davlatimiz eʼtibori natijasida, yillar mobaynida, mamlakatimiz hududlarida, samarali faoliyat yuritib kelayotgan keksalar va nogironlar yashayotgan "Sahovat” va "Muruvvat” uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, bugun, eʼtiborni oshirish talab etiladi. Maʼlumki, respublikamizning ekologik nomaqbul, choʻl va togʻ zona hududlarida joylashgan "Muruvvat” va "Sahovat” uylarida kuz, qish oylarida, hanuz, elektr energiyasi uzilishlari yuz bermoqda. Ushbu maskanlarda keksa nogironlar istiqomat qilishini inobatga olinsa, bu holat koʻpgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maskanlarda yashovchi qariyalarni ish joylari - (mehnat terapiyasi) bilan taʼminlash ham dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

 Demak, mazkur loyiha ijrosidan maqsad: viloyatlardagi tanlangan "Muruvvat” va "Sahovat” uylariga quyosh texnologiyalari asosida fotoelektr stantsiyalar va quyosh suv isitish kollektorlarini oʻrnatish, "Muruvvat” uylarida sogʻlom turmush tarziga oid madaniy maʼrifiy tadbirlar va seminarlar oʻtkazish, maqsadli plakat va broshyuralar nashr qilish, mehnat terapiyasi uchun xizmat qiluvchi ish joylarini tashkil qilish, xayriya yordamlari koʻrsatilishi orqali muammolarning yechilishiga erishishdan iborat.

Alohida qayd etishjoizki, 2015-yilning sentyabridan 2016-yilning oktyabr oylariga belgilangan mazkur Loyihaning, «Keksalarni eʼzozlash yili» Davlat dasturi vazifalarini amalga oshirish, keksalar, avvalambor, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulugʻ insonlar, ayniqsa, yolgʻiz qariyalar va nogironlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar roʻyxatini kengaytirgan holda, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan taʼminlashga hissa qoʻshish doirasidagi vazifalar boʻyicha, bugungi kungacha quyidagi ishlar amalga oshirildi:


- Jizzax viloyati Zomin "Muruvvat” nogironlar uchun ayollar internat uyi, Fargʻona viloyati Qoʻqon "Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ "Sahovat” nogironlar uchun internat uylariga jami 79,3 mln. soʻmlik Quyosh texnologiyalari asosida, 3 ta fotoelektrik stantsiyalar va 3 ta suv isitish kollektorlari "Muruvvat” uylarini muntazam elektr energiya hamda issiq suv bilan taʼminlash maqsadida oʻrnatildi. "Eko-energiya” markazi tomonidan Quyosh fotoelektrik stantsiya va suv isitish kollektorlaridan foydalanish va unumli ishlatish maqsadida, "Muruvvat” uylari tomonidan belgilangan nazorat qiluvchi shaxslar maxsus oʻqitilgach, foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha doirasida "EKOSAN” fondi tomonidan "Muruvvat” uylarida yashovchi ayollar uchun foydali ish joylari tashkillashtirish, mehnat terapiyasi orqali ularni mehnatga jalb qilish maqsadida, jami 19,2 mln. soʻmlik 14 ta sanoat va maishiy tikuv mashinalari xarid qilinib, xayriya sifatida topshirildi.


Loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli "Muruvvat” nogironlar uchun ayollar internat uyi va Chimboy "Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uylarida Quyosh texnologiyalari asosida fotoelektrik stantsiyalar va Quyosh suv isitish kollektori oʻrnatilish ishlari olib borilmoqda.

Tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha Qoʻllanma va plakatlar hamda qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha Qoʻllanma tayyorlanmoqda.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va bir qator davlat organlari, mahalliy hokimiyatlar bilan ijtimoiy sheriklik asosida, "Muruvvat" uyilarida madaniy-maʼrifiy va xayriya tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur ijtimoiy buyurtma talablari doirasida rejalashtirilgan ishlar tartibli olib borilmoqda va bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali muntazam yoritishga erishilmoqda.

Suhbatni Mirkarim Mirsovurov olib bordi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026