22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Jamiyat 👁 6,714

XALQ OGʻZAKI IJODI BEBAHO MAʼNAVIY XAZINADIR

XALQ OGʻZAKI IJODI BEBAHO MAʼNAVIY XAZINADIR

Biz ulkan madaniy va maʼnaviy merosga ega, Alloh yarlaqagan xalqmiz. Zukko va ijodkor ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, asrlar osha sayqallanib bizgacha yetib kelgan xalq ogʻzaki ijodi bu merosda salmoqli oʻrin tutadi. Qahramonlik, vatanparvarlik, sevgi-muhabbat, vafo-sadoqat yuksak nozik ohanglarda ifoda etilgan dostonlar, qoʻshiqlar, kuylarning avlodlardan avlodlarga oʻtib, umri boqiy boʻlib kelayotganining oʻzi ularning badiiy qimmati nechogʻlik yuksak ekanligidan dalolat beradi.

Xalq ogʻzaki ijodining barhayotligini taʼminlashda xush ovozli kishilar, jirovlar, baxshilarning oʻrni ham alohidadir.

Xalq ogʻzaki ijodi namunalari turli cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etilgan. Bu asboblarning ham koʻpchiligining ijodkori ota-bobolarimiz ekanligi hammamizning qalbimizni faxr-iftixorga toʻldiradi. Surnay, doira, rubob, qoʻbiz, gʻijjak kabi cholgʻu asboblari shular jumlasidandir.

Osiyoning ayrim xalqlari xususan, oʻzbek, tojik, uygʻurlar oʻrtasida qadimdan keng tarqalgan torli tirnama cholgʻu asboblaridan biri bu – qashqar rubobidir.

Qashqar rubobining qachon va qayerda, kim tomonidan yaratilganligi haqida aniq maʼlumot yoʻq. Biroq tarixiy manbalarimizdagi, rabob, rebob, deya nomlangan cholgʻu asbobi haqida maʼlumotlar aynan rubobga daxldor ekanligiga shubha yoʻq.

Qashqar rubobining avvalgi nusxasining kosasi qazma, yaʼni oʻyilib, ustiga teri qoplangan, dastasiga ipak yoki ichakdan pardalar bogʻlangan shaklda boʻlgan. Oʻzbekiston xalq artisti, bastakor Muhammadjon Mirzayev toshkentlik Usmon Zufarov degan usta bilan bu cholgʻu asbobini qayta takomillashtirgan. Yaʼni rubobning menzurasi uzaytirilib, dastasi latun qalamchalarga teng boʻlingan. Natijada sozning ohang chiqarish imkoniyatlari yanada kengayib, endilikda nafaqat oʻzbek xalq qoʻshiqlari, balki, zamonaviy qoʻshiqlarga, turli millatlar qoʻshiqlariga joʻr boʻlib, yoqimli ohang bagʻishlamoqda.

Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganishga intilish bizga kuy-qoʻshiqlar yaralish tarixiga oid ham koʻplab maʼlumotlar bilan tanishish imkonini beradi. Agar ularning biri – xalqimiz sevib tinglaydigan "Aliqambar” kuyiga toʻxtaladigan boʻlsak, uning ham oʻziga xos tarixi bor ekan. Emishki, Xorazm xoni xos navkarlari bilan sayrga chiqqanida bir qishloqdan oʻtib ketayotib, yoqimli kuy taralayotgan xonadon ostonasida turib qolibdi. Kuy tugagach, bu koʻngilga xush yoquvchi kuyni kimlar chalayapti ekan, deb qiziqib ichkariga kiribdi. Qarasa, ikki yigit oʻtirgan emish. Sozandalardan chalgan kuyingizning nomi nima? – deb soʻrashsa, bilmaymiz, koʻnglimizdan chiqarib oʻzimiz chalayapmiz, deb javob berishibdi. Oʻsha yigitlarning ismlari Ali va Qambar ekan. Shu-shu ularning kuyi ham oʻzlarining nomi bilan "Aliqambar” deb yuritila boshlabdi. Xalq ogʻzaki ijodi mahsuli "Norim-norim” kuyi nomi esa forscha "nor” – "erkak” soʻzidan olingan boʻlib, erkaklar raqsga tushadigan kuy degan maʼnoni anglatadi. Keyingi vaqtlarda bu musiqaga qoʻshiq ham kuylandi.

Xalq ogʻzaki ijodi mumtoz namunalari kuy-qoʻshiqlar, dostonlar, aytishuvlar bilan tanishish, oʻrganish ota-bobolarimizning nechogʻlik maʼnaviyatli, zukko, chechan va tilimizning beqiyos imkoniyatlaridan unumli foydalana olganligini koʻrsatadi. Bu bebaho merosni oʻrganish, xalqqa qayta taqdim etib, tarbiyaviy ahamiyatidan unumli foydalanish va shu barobarida bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodning oʻzligini anglashiga, oʻzining mustahkam hayotiy pozitsiyasini belgilab olishiga erishish – dolzarb vazifalarning biridir. Yuksak milliy ruh aks etib turgan xalqimizning ogʻzaki ijodi – bebaho maʼnaviy boyligimizdir.

Yaqinda Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi va "Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Xalq ogʻzaki ijodining milliy maʼnaviyatimizda tutgan oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan tadbir ham xalqimiz yaratgan bebaho adabiy merosni oʻrganishning ahamiyatiga bagʻishlandi.

Tadbirning mazkur maskanda oʻtkazilishi ham bejiz emas. Avvalo ustoz oʻqituvchilarning xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish va ijro etishda oʻziga xos mahoratga egaligi va maktab tarbiyalanuvchilariga ham bugunning talabi darajasida oʻrgatishga alohida eʼtibor berilayotganini taʼkidlash joiz.

Tadbirni Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori N.Yoqubov ochdi. Xalq ogʻzaki ijodini oʻrganishning ahamiyati va dolzarbligi xususida OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Sh.Yangiboyeva maʼruzasidan soʻng, ustoz – oʻqituvchilarning milliy cholgʻu asboblarimiz, kuy-qoʻshiqlarimiz va dostonlarimiz haqidagi fikrlari tinglandi. Shundan keyin navbat maktab oʻquvchilari tomonidan xalq ogʻzaki ijodi namunalari ijrosiga berildi.

Tadbirda ishtirok etgan barcha oʻquvchilar, ularning ota-onalari, hudud aholisi katta taassurotlar oldilar.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://www.uz24.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026