22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Jamiyat 👁 4,807

MILLIY ARMIYaMIZ – TINChLIGIMIZ QALQONI

MILLIY ARMIYaMIZ – TINChLIGIMIZ  QALQONI

Mustaqillik bergan imkoniyatlar haqida gap ketganda xalqimiz faxr-iftixor bilan mamlakatimizda hukm surayotgan barqaror tinchlikka chin dildan shukronalar aytishadi. Chunki, tinchlik va osoyishtalik bor joyda ezgu ishlar bardavom boʻladi. Bu hayotiy haqiqat yigirma toʻrt yildirki, xalqimiz hayotida oʻz ifodasini topmoqda. Muhtaram Prezidentimiz – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni I.A.Karimov rahnamoligida barchasohalarda boʻlgani kabi Qurolli Kuchlar tizimida ham amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar milliy armiyamiz tarkibini zamonaviy tarzda shakllantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimiz demokratik bagʻrikenglik, olijanoblik va mehr-oqibat kabi insoniy tuygʻular har qachongidan ham yuqori koʻtarilganini yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar misolida tobora teranroq anglab yetmoqda. Chunki, istiqlol yillarida mamlakatimizda Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari bilan barcha talablarga javob beradigan, zamonaviy, tezkor va harakatchan, tashkiliy jihatdan oʻta mukammal qurol-yarogʻ hamda texnikaga ega milliy armiyamizning barpo etilgani aholi, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida harbiy xizmatning obroʻ-eʼtibori yuksak pogʻonaga koʻtarilishiga imkon yaratdi. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish nafaqat Konstitutsiyaviy burch, balki bugungi Oʻzbekiston yoshlari uchun chinakam shon-sharaf ishiga aylandi.

Mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, yoshlarni harbiy vatanparvarlik, burchga, istiqlol gʻoyalariga sodiqlik ruhida, jismonan va maʼnan yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadlarini ifoda etuvchi qonuniy asoslarning mavjudligi milliy armiyamiz tarkibini professional mutaxassis kadrlar bilan boyitish imkonini berdi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining "Mudofaa toʻgʻrisida”gi, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Prezidentimizning 2008-yil 20-noyabrdagi "Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlashga, qolaversa, professional milliy Armiyamizni shakllantirishga zamin yaratdi.

Shuni alohida mamnuniyat bilan qayd etishni istardimki, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi mutaxassislari tomonidan tinchlik va osoyishtaligimizning boʻlgʻusi posbonlari – yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlikdan oʻtkazish, umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari hamda kollej va litsey oʻquvchilari oʻrtasida "Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish, ular oʻrtasida birdamlik, doʻstlik va hamjihatlik gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida turli uchrashuv va tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda. "Vatan aziz – burchim muqaddas”, "Askar onalarini sharaflaymiz”, "Vatan tinchligi – xalq farovonligi”, "Tinchlik – oliy qadriyat” kabi uchrashuv va tadbirlarda yuzlab yoshlar oʻta faollik bilan ishtirok etayotgani bugungi yoshlar qalbida ona Vatanga xizmat qilish haqiqiy shon-sharaf ishiga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Bu borada gap ketganida Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejining yoshlarni harbiy chaqiriqqacha tayyorlash fani oʻqituvchisi Otamurod Yusupovning xizmatlarini alohida tilga olib oʻtishni joiz deb hisoblayman. Chunki u oʻz faniga yoshlarning qiziqishini orttiribgina qolmay, oʻquvchi-yoshlarni haqiqiy vatanparvar, zukko va bilimdon, epchil va qatʼiyatli qilib tarbiyalashga erishayotgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan "Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi va "Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha eng yaxshi oʻqituvchi” koʻrik-tanlovida mamlakat miqyosida 3-oʻrin sohibi boʻldi. Shuningdek, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Madrahim Bobojonov, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Yusufboy Ollaberganov, Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi Lazizjon Matsafoyevlar oʻz oʻquvchilarini harbiy vatanparvarlik gʻoyalari ruhida tarbiyalayotganlari bois, aynan ular faoliyat yuritayotgan bilim maskanlarining oʻquvchi-yoshlari tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi turli xil tadbirlarning doimiy ishtirokchisiga aylanishgan.

Bugungi tezkor zamonda osoyishtalikni taʼminlash oʻz-oʻzidan boʻlmasligini dunyoning turli mintaqalarida roʻy berayotgan voqea-hodisalardan xabardor boʻlgan har bir kishi juda yaxshi biladi. Harbiy keskinlik, turli xavf-xatarlarning kun sayin oʻsib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, terrorizm, ekstremizm, radikalizm singari tahdidlar bilan birga dunyoni yanada kengroq qamrab olayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kuchayib borayotgani har birimizdan toʻgʻri xulosa chiqarib, hushyor va ogoh yashashni talab etadi. Farzandlarimizni hayotga toʻgʻri yoʻnaltirish, mustaqillik gʻoyalari ruhida tarbiyalash, ayniqsa, harbiy sohaga qiziquvchan yoshlarning siyosiy ongini, bilimini yanada oshirish, huquqiy madaniyatli, barkamol insonlar qilib tarbiyalash har birimizning zimmamizga yuksak masʼuliyat yuklaydi. Men shular haqida oʻylaganimda qalbimda mamlakatimiz yoshlariga nisbatan ham havas, ham faxr tuygʻulari uygʻonadi. Chunki, bugungi kunda harbiy sohaga qiziqqan mamlakatimiz yoshlari uchun Toshkent Oliy umumqoʻshin-qoʻmondonlik bilim yurti, Chirchiq Oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand Oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti, Jizzax Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, Prezidentimizning vatan himoyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berishga qaratilgan qator Farmon va qarorlariga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasini olgan zahiradagi askarlar mamlakatimiz oliyoʻquv yurtlariga oʻqishga kirishida talab qilinadigan ballning 27 foizi miqdorida imtiyozli ballga ega boʻlishayotgani, toʻlov-shartnoma miqdorining 35 foizi "Kamolot” YoIH tomonidan qoplanishi yoshlarimizning bilim va salohiyatlarini oshirishlarida eng katta gʻamxoʻrlik boʻldi.

Shuni quvonch bilan qayd etamanki, tumanimizda ham yuqoridagi kabi imtiyozlardan foydalanib, oliy oʻquv yurtlariga, ayniqsa oliy harbiy bilim yurtlariga oʻqishga kirib, oʻqiyotgan oʻnlab yoshlarimiz bor. Samarqand Oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida tahsil olayotgan Islombek Karimov, Chirchiq Oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Nizomjon Oʻrozboyev, Chirchiq Oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Mirjalol Oqmanov, Toshkent Oliy umumqoʻshin-qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil olayotgan Aymurod Bozorboyevlarning oʻqishda va jamoat ishlarida, harbiy-siyosiy jangovarlik mashgʻulotlarida erishayotgan yutuqlari tahsinga loyiq.

Tumanimiz yoshlari bilan har gal uchrashganimda ularning chin dildan: "men harbiy xizmatga borishni xohlayman” yoki "men harbiy sohani tanlamoqchiman”, deganlarini eshitganimda koʻnglimda ajib bir xotirjamlikni his etaman. Sababi, yoshlarimiz ona Vatanga kamarbasta boʻlmoqqa shay. Ularning chaqnab turgan koʻzlarida, dadil-dadil gapirishlarida, shaxdam qadam tashlashlarida Vatanga xizmat qilishdek sharafli burchga sadoqat yaqqol aks etib turadi. Ular – bizning jasur va mard farzandlarimiz! Ular – ulugʻ ajdodlariga sodiq, ona yurt posbonlari, tinchlik qoʻrgʻonining metin irodali yalovbardor soqchilari. Ular – ona Vatan va millat kelajagi! Ana shu barkamol avlod sogʻ-omon boʻlsin.

Barcha zaxiradagi zobit va sobiq askarlarni, Qurolli Kuchlar saflarida sergak turgan tinchlik posbonlari boʻlmish harbiylarimizni va butun xalqimizni Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin muborakbod etaman. Hamisha yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!

Faxriddin MUSULMONOV,

tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026