22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Jamiyat 👁 3,797

Qisqa satrlarda

Qisqa satrlarda

TADBIRKORLAR IShTIROKIDAGI SEMINAR-YIGʻILISh

Yaqinda tumanimizda "Oʻzdavneftgazinspektsiya”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan tuman tadbirkorlari ishtirokida seminar – yigʻilish oʻtkazilib, unda  "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan profilaktika ishlarini tashkil etish” qoʻllanmasi boʻyicha tadbirkorlar  huquqlarini himoya qilish va mustahkamlash, shuningdek huquqlarning buzilish sabablariga imkoniyat yaratadigan omillarni aniqlash va ularga barham berishga qaratilgan amaliy ishlar haqidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi "2015-2019-yillarda iqtisodiyot  tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya tejamli texnologiyalarni joriy qilish, energiya sigʻimini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi haqida”gi qarori toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etildi.

Seminar – yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI

Tumanimizdagi 49-sonli umumtaʼlim maktabida ota-onalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda "Erta turmush qurishning oldini olaylik”, "Diniy ekstremizmdan ehtiyot boʻlaylik” va "Oʻz joniga qasd qilish – yomon illat” kabi mavzulardagi maʼruzalar tinglandi.

Ushbu masalalar yuzasidan ovuldagi QVP hamshirasi H.Ibragimova, maktabning tarix fani oʻqituvchisi G.Botirova va mahalla imomi Yo.Ahmedovlar soʻzga chiqdilar.

Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masalalar boʻyicha ota-onalar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.

Kun tartibida – Orol muammosi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi "2015-2018-yillarda Orolboʻyi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar Kompleks dasturi toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, mamlakatimizda istiqlol yillarida Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida Orolboʻyi aholisining xabardorligini oshirish maqsadida 3 fevral kuni tuman hokimligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda 2015-2018-yillarda Orolboʻyi hududida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturining asosiy yoʻnalishlari, loyihalar roʻyxati hamda ushbu loyihalardan kutilayotgan natijalar haqida soʻz bordi.

Shuningdek, Orol dengizi havzasida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ekologik tahdid hududlarida yashovchi aholi genofondi va sogʻligini saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, Orolboʻyi aholisi turmush tarzi darajasi va sifatini oshirish uchun zaruriy iqtisodiy omillar hamda mexanizmlarni yaratish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va saqlash, ekotizimlar va bioxilma-xillikni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026