22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:45
Jamiyat 👁 3,633

ShOIR QALBIDAGI SOGʻINCh TARONALARI

ShOIR  QALBIDAGI  SOGʻINCh  TARONALARI

Sogʻinch. Bu tuygʻu insonni oʻylatadi, soʻzlatadi. Baʼzan haroratli, qaynoq tafti bilan dillarga orom baxsh etadi. Baʼzan...

Baʼzan sogʻinch oʻti bilan kuydiradi odamni. Ayniqsa, yor va ona Vatan sogʻinchi yuraklarni kuydiradi, nigohlarni toldiradi, oʻrtab yuboradi.

Tursunboy  Oʻrozimbetov (Alloh rahmat qilsin!) ana shu sohir tuygʻuni har xil holatlarda, bolalik, yoshlik va keksalik pallalarida oʻz boshidan oʻtkazgan, goh tugʻilgan ona yurtidan olisda, Rossiya oʻrmonlarida sobiq sovet armiyasi askari, goh ilm izlagan talaba boʻlib qadrdon Amu elini, kindik qoni tomgan tuproq hidi-yu, soʻlim bogʻ-rogʻlari tarovatini, jondan aziz xalqi, ovul-u mahallasini farzandlik mehri ila sevib va sogʻinib, talpinib yashagan beorom qalb sohibi edilar. Shoir ogʻamiz butun umrini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bagʻishladi va butun umr boʻyi qalb kechinmalarini sheʼriy satrlarga jo etib, yaqinlariga, shogirdlariga nazmiy hadyalar ulashib yashadi. "Yoshlikdan birga oʻynab, koptok tepishgan” bolalikdagi doʻstlarini samimiy sogʻinch koʻshklarida ardoqladi shoir. "Baʼzan safarlarda birga yotib, tunlari davra qurib, gulxan yoqishgan” yor-u birodarlariga intilib, yuragida oʻtli sogʻinchlar asradi va doʻst-u yoronlarini birday samimiyat bilan uyiga chorladi:

"Bir keling uyimga, uylarim toʻlsin, sogʻinchdan giryona koʻzlarim toʻlsin”, - deya yaxshilarning poyi qadamlariga bor mehrini toʻshab, ashʼorlar bitdi Tursunboy ogʻa.

Shoirning "Armiyadan maktublar” turkum sheʼrlarini bir oʻqing-a!

"Qishloqda ham, armiyada ham,

Faqat sensan xayollarimda”

Koʻzlari qarogʻida asralgan yor sogʻinchi bor bu satrlarda. "Armiya bu – temir intizom”, - deya davom etadi shoirning "Armiyadan maktublar”i. Va ushbu turkum sheʼrlar nihoyasida sobiq sovet armiyasi bilan mustaqil Oʻzbekistonning milliy armiyasi oʻrtasidagi tafovutlarga toʻxtalarkan, bugungi Istiqlol farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan koʻngli togʻday yuksaladi.

Shoirning "Xitoy qishlogʻim”, "Mehmonlar keldi”, "Jonajon oʻlkam”, "Ziyoda qizim”, "Seni izlab”, "Sogʻindim”, "Turkman qizga” kabi sheʼrlarida ham ona Vatanga muhabbat, otalik mehri, doʻstlik, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik gʻoyasi katta mahorat bilan kuylanganki, shoir sheʼrlarini oʻqish asnosida har bir satr ichra oʻzingizni, yurak talpinishlaringizni his etib turasiz. Xuddi shoir sizning eng qadrdon odamingizday, sirdoshingizday tuyuladi... Shoir satrlari ila qalbingizga joʻshqinlik inib, ona yurt kengliklari aro singib ketasiz goʻyo. "Paxtakor qiz” bilan dildan suhbat qurib, "Hasharchi doʻstlar” davrasi tomon oshiqasiz. Soʻng, soʻng dilingizni bayramona ruh chulgʻab oladi.

Yana bayram kelar, yurtga shon kelar,

Yigirma toʻrt yoshli Vatan gurkirar.

Tursunboy der, ilhom kelar, sheʼr kelar,

Shoirlarning qalam surishin koʻring!

Azizlar, dunyo – oʻtkinchi, dunyo – yolgʻonchi, - deymiz. Oʻtkinchiligi ayon, rost-u yolgʻoni noayon dunyo bu. Yoshlarning sevimli ustozi, qalbi hamisha uygʻoq shoir ogʻamiz kechagina biz bilan hamnafas edilar. Yaqindagina:

- Ulni – uyaga, qizni – qiyaga qoʻndirdim, endi ijoddan boshqa tashvishim qolmaganday, bir nazmiy guldasta tuzdim, nashriyotga topshirdim, xalqqa manzur kelarmikan? - deya oʻta kamtarlik bilan tahririyatga sheʼr keltirgan edilar-a. Shoir ogʻaning "Sogʻinch taronalari” ilk sheʼrlar toʻplamini varaqlab, muborakbod etgani shoshilganimizda esa... Tursunboy ogʻa Oʻrozimbetov ortida oʻtli sogʻinchlar qoldirib, olamdan oʻtibdilar.

Qoʻlimizda "Sogʻinch taronalari” bilan falakning gardishi oldida bosh egdik.

Afsus, Tursunboy ogʻamizga yanagi bayramlarda "qalam surish” nasib etmadi. Alloh shoir ogʻamizning oxiratlarini obod qilib, qolganlarga sabr va xayr-barokat bersin!

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026