IŞLAB ÇIQARIŞ AMALIYoTINING AHAMIYaTI KATTA
Respublikamizda uzluksiz ön ikki yillik bepul taʼlimning joriy qilinişi, taʼlim sohasining rivojlantirilib, taʼlim samaradorligini oşirişga qaratilayotgan eʼtibor va qabul qilinayotgan qonunlar biz yoşlarning intellektual salohiyatimiz yuksak darajada bölişiga zamin yaratmoqda hamda biz kollej öquvçilarining, ayniqsa, bitiruvçi yoşlarning biron kasb egallaşimiz, oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişga tayyorlanişimiz uçun mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda. Qolaversa, kollejlarda öquvçilarning örgangan nazariy bilimlarini amalda qöllaş imkoniyatining borligi nazariy bilimlarimizni har tomonlama amaliyotda sinab köriş imkonini ham bermoqda. Bizning Manğit iqtisodiyot kollejimizda ham umumkasbiy va maxsus fanlar çuqur örgatilib, ikkinçi bosqiçdan öquv amaliyoti ötildi va öquv amaliyotida örgangan bilimlarimizni amalda qöllaş uçun öz mutaxassisligimiz böyiça turli korxona va bank muassasalariga işlab çiqariş amaliyotiga yuborildik. Men hozirda işlab çiqariş amaliyotini özimning mutaxassisligim – buxgalterlik yönalişi böyiça tuman tibbiyot birlaşmasining hisob-kitob bölimida ötamoqdaman. U yerda bizni bölim boşliği va boş hisobçi Oybek Davletov yaxşi qabul qildi va bizlarga biriktirilgan masʼul xodimlarning barçasi hisob-kitob bölimining iş tartibini hamda öz bilimlarini amalda sidqidildan örgatib kelmoqdalar. Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Malakali pedagog kadrlar tayyorlaş hamda örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini şunday kadrlar bilan taʼminlaş tizimini yanada takomillaştirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-1761-sonli qaroriga muvofiq çet el tajribasini inobatga olgan holda qaytadan işlab çiqilgan yangi öquv rejalari va dasturlari asosida işlab çiqariş amaliyotlarini ötkazişni takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi oliy va örta maxsus taʼlim markazining 2015-yil 8-apreldagi 94-sonli buyruği böyiça "Işlab çiqariş amaliyoti” kundalik daftarlari hozirda davlat taʼlim standartlariga mos ravişda öquvçilar tomonidan töldirib borilmoqda. Bizga ustozlarimiz hamişa biror-bir kasbni egallagan inson hayotda heç qaçon qoqilmaydi, deb taʼkidlaşadi.
Özbek xalqi, bu elning hatto oddiy çöponi-yu dehqoni ham azaldan xat-savodli bölgan. Şu sabab bu yurtdan olim-u mutafakkirlar, donişmandlar yetişib çiqqan. Biz mana şunday buyuk ajdodlarga munosib avlod bölişimiz, öqib-örganişimiz lozim. Kasb sirlarini örganişda esa işlab çiqariş amaliyotining ahamiyati katta.
Feruza YÖLDOŞEVA, Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶