KOLLEJIMIZ BILIMDONLARI
Tumanimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilari örtasida ötkazilgan 2-tur fanlar olimpiadasida Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining 4 nafar öquvçisi matematika fanidan ğoliblikni qölga kiritib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma olgan edilar. 2016-yilning 28-mart va 2-aprel kunlari Nukus şahrida 3-tur Respublika fanlar olimpiadasida ham faol iştirok etgan kollejimiz öquvçilari munosib örinlarni egallaşdi. Kollejning "Paxtaga birlamçi işlov beriş” guruhi öquvçisi Dilmurod Sobirov faxrli 1-örinni egallab, 4-bosqiç fan olimpiadasiga yöllanma oldi.
Olimpiada natijalariga köra kollejimizning 4 nafar öquvçisi - Dilmurod Sobirov, Şohruh Örazmatov, Otabek Sobirov, Doniyor Qalandarovlar matematika fanidan xalqaro olimpiadaning saralaş bosqiçida iştirok etiş baxtiga muyassar bölgan edilar. Saralaş bosqiçida Dilmurod Sobirov, Şohruh Örazmatovlar ikkinçi örinni egalladilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 90 ta kollej va 10 ta akademik litseylardan eng bilimdon öquvçilar iştirok etgan mazkur fanlar olimpiadasida yuqori natijalarni qölga kiritgan Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçi-yoşlarining kelgusida xalqaro fan olimpiadasida ham ğoliblikni qölga kiritişlariga işonamiz.
Dilfuza BOYJONOVA,
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining axborot-resurs markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶