PARVOZING MUBORAK!
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Amudaryo akademik litseyi bu yil 226 nafar bitiruvçisini mustaqil hayotga kuzatiş arafasida. 2008-yil 1 sentyabrda öz iş faoliyatini boşlagan muassasada öqituvçilar ilm-fan sirlarini çuqur özlaştiriş, özining aql-idrokini fanga bağişlaşga qaror qilgan yoşlar orzusini amalga oşiriş uçun sidqidildan xizmat qilmoqdalar. Akademik litseyda aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy fanlar böyiça çuqurlaştirilgan bilim beriladi. Kafedralar ilmiy va öquv faoliyatida Nukus Davlat pedagogika instituti va Qoraqalpoq Davlat universiteti pedagogik jamoasi bilan özaro hamkorlikni yölga qöygan. Öquvçilarning dam olişi va dars tayyorlaşlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. 100-örinli qizlar yotoqxonasi, 100-örinli öğil bolalar yotoqxonasida jonkuyar murabbiylar öz ota-onalaridek mehribon, ularga hayot saboqlaridan dars berişadi. Yotoqxonada ötkaziladigan turli mavzudagi yiğilişlar, bayramlar, "Sumalak sayli”, "Orasta qizlar” tögaragi aʼzolari tadbirlari öquvçi-yoşlarni bir ota-ona farzandidek jipslaştiradi. Navbatdagi bitiruvçilarni katta hayotga kuzatiş çoğida öquvçilar hayotidagi eng quvonçli kunlar beixtiyor esga tuşadi: fan olimpiadalari, turli tanlovlar, sport musobaqalari...
2015-2016 öquv yilida Respublika 3-bosqiç fan olimpiadasida fizika fanidan 3-bosqiç öquvçisi Izzat Sobirov, ona tili va adabiyoti fanidan Oltinoy Yöldoşeva, fizika fanidan 2-bosqiç öquvçisi Muhayyo Ollaberganova, ona tili va adabiyot fanidan Umida Maqsudboevalar iştirok etişib, faxrli örinlarni egalladilar va Özbekiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar "Amir Temur izdoşlari” jamoasi "Şunqorlar” harbiy-sport musobaqalarida tuman va Qoraqalpoqiston Respublikasi miqyosida ğoliblikni qölga kiritib, Özbekiston Respublikasi bosqiçida 3-örin sohibi böldi.
Şu kabi quvonçli xotiralar ortda qolmoqda. Bu maskanda taʼlim-tarbiya olgan muassasaning ilk qaldirğoçlaridan 53 nafari mamlakatimizning eng nufuzli oliy taʼlim dargohlarida öqib, ayni kunda tumanimizning turli sohalarida mehnat qilmoqdalar. Uşbu dargohni 1046 nafar öquvçi-yoşlar bitirib çiqqan bölsa, ulardan 547 nafari hozirgi kunda mamlakatimizning turli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olişmoqda. Biz, akademik litsey öqituvçilar jamoasi, ayni kunlarda mustaqil parvozga şay turgan ilmga çanqoq, izlanuvçan bitiruvçi yoşlar mustaqil hayotda öz örinlarini topa olişlariga işonamiz va barça bitiruvçilarga:
- Parvozingiz baland bölsin, kelajak qaldirğoçlari! – deymiz.
Uçirma quş kabi, parvozga şaysan,
Parvozing muborak, sarhad bilmasin.
Iştiyoqi baland, ilmga çanqoq,
Samimiy qalbingga heç gard qönmasin.
Ustozlar işonçi, ilm ziyosi -
Orzular ummoni sari eltajak.
Qunt ila öqiding, izlanding beşak,
Öquvçim, seni kutar nurli kelajak!
Gulnora BOBONIYoZOVA,
Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶