21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:05
Adabiyot 👁 3,086

JAYXUN ILHOMLARI

JAYXUN ILHOMLARI

Iftixor

Bir maromda aylangani kabi yer,

Bir maromda inson keçirsa hayot.

Vatan ravnaqi deb har kim tökib ter,

Yurtning parvoziga bölolsa qanot.

 

Otaning umidin oqlasa farzand,

Yayratsa boboning könglin nevara.

Hayotda taşvişlar bölsa-da garçand,

Insonning baxtiga bormi çegara?!

 

Uyingda bölganda töy yo maʼraka,

Yaqin qarindoşday tursa qöşnilar.

Topgan-tutganingda bölar baraka,

Yegan-içganingga maza qöşilar.

 

Ertalab iş sari uyingdan çiqsang,

Ahli oilangdan bölib xotirjam.

Keçqurun işingdan uyga oşiqsang,

Mehnating rohatin körmoqqa baham.

 

Keksa ota-onang könglini xuşlab,

Har tong, har oqşomda hol sörab tursang,

Yursang ögitlarin yodingda uşlab,

Ajabmas hayotda qoqilmay yursang.

 

"Bunday osuda yurt qayda?” – deb nogoh

Kimdir savol berib qolsa öşa tob.

Bizni taniganlar "Bölingiz ogoh,

Özbekiston – bu!” – deb berişar javob!

Ahmad NAFASOV.

Onam kabi sevimli

Taʼrifingga şeʼr bitdim bugun,

Mehrim aslo topmagay yakun.

Muhabbatim oşadi har kun,

Onam kabi sevimli Vatan.

Seni bir kun körmasam  – armon,

Senga mehrim beradi darmon.

Kerak bölsa bölayin qurbon,

Onam kabi sevimli Vatan.

Xizmatingda turay erta-keç,

Ğanimlarni yölatmayin heç.

Ğanimlarning xayollari puç,

Onam kabi sevimli Vatan.

Mustaqil yurt -Özbekistonim,

Senga fido bu şirin jonim.

Manglayimga surayin nonim,

Onam kabi sevimli Vatan.

Nişonlaymiz yigitlik yoşing,

Kam bölmasdan tutib tik boşing.

Porlayversin iqbol quyoşing,

Onam kabi sevimli Vatan.

Farhod AVEZOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

JANNATIM – ÖZBEKISTON

Toğlari bulutga teng,

Bağri osmon kabi keng.

Keng bağri jannatga teng

Qirlari bağridan keng.

Jannatim – Özbekiston,

Har göşasi guliston.

Boğlaringni yaşnatgan,

Çevar qölli qizlaring.

Bedov otni kişnatgan,

Dovyurakdir öğloning.

Jannatim – Özbekiston,

Har göşasi guliston.

Zulfiyadek qizing bor,

Baxtingdan kuylab kelgan.

Alişerdek öğloning

Noming elga tanitgan.

Jannatim – Özbekiston,

Har göşasi guliston.

Dinora KARIMBOYeVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

Xiva

Meʼmorlarning sanʼati özing,

Suronlarga berolding bardoş.

Har ğiştingda yurtim tarixi,

Bugun menga bölding yelkadoş.

 

Minoralar kökka ustundir,

Yer yuzini hayratga solgan.

Ertakdagi billur qasrlar,

Timsolingdan andoza olgan.

 

Köhna tarix bağringda yaşar,

Nomdor şahar, uluğvor şahar.

Jamila YaNGIBOYeVA,

"Yoş muxbir” tögaragi aʼzosi.

VATAN

 

Men mustaqil yurtda dunyoga keldim,

Mustaqillik mening hayotim, tongim.

Baralla madhingni kuylayman Vatan,

Yöqdir dunyoda armonim heç ham.

 

Vatanning ertasi - porloq kelgusi,

Mendurman bağrida baxtli qizçasi,

Ulğayib, bölolsam yurtim suyançi,

Vatan, senga umrim hadya etaman.

 

Nomingni eng suyuk qöşiqday bilib,

Özingni onamdek aziz tutaman.

Qadringni kötarib, otamday bilib,

Vatan, hayotimni hadya etaman!

Feruza YÖLDOŞEVA,

Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.

Yoz keldi

Yurtimga kelmoqda tarovatli yoz,

Yozda hamma işlar albat bölar soz.

Xayr, körişgunça aziz maktabim,

Körişgunça xayr, qadrli ustoz.

 

Yoz kelsa, şodlanar quvnoq bolalar,

Köngillar yorişar, tölar hislarga.

Quyoş kulib boqar butun olamga,

Mehr nurlarini soçar bizlarga.

 

Daraxtlar şoxini ohista silab,

Biz tomon bir iliq şamollar yelar.

Quvonçli tuyğular dilni allalab,

Yurtimga fayz berib fasli yoz kelar.

Javohir YÖLDOŞEV,

38-sonli maktab öquvçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026