21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:40
Adabiyot 👁 4,014

MAʼRIFAT QONUNIYaTI

MAʼRIFAT QONUNIYaTI

                                  (Publitsistika)

Millat va xalq orzusi

Dunyoda bir-birini rad etişga har lahza tayyor ikkita qarama-qarşi kuç bor – ilm-irfon va jaholat. Qaçonki qalb loqaydlikka moyil bölsa, demak, bu qalbda ilm nuri sönadi. Zulmatda qolgan qalbni jaholat mahv etadi. Nazarimda, buyuk ajdodlarimiz barpo etgan Turkiston davlati bobolardan meros qudratli maʼnaviyatidan ana şunday loqaydlik bois mahrum böldi.

Şuning uçun ham ajdodlarimiz zakosi – Amir Temur davlatçiligiga oid tarixiy haqiqat, Ibn Sinoning tib ilmi, Forobiyning uluğ tafakkur dunyosi, Mirzo Uluğbekning ilmi nujumi, Xorazmiyning eng aniq matematik xulosalari, Beruniyning qomusiy ilmi, yana qança buyuk ajdodlarimizning ziyobaxş ilmlari jaholat pardasi ortida qoldi. Bobolarning millat farzandlarini ilm-maʼrifatda tengsiz avlod sifatida şakllantiriş xususidagi orzulari zöravonlik va mutʼelikning qalin pardasi bilan burkalgan zulmat aro unutildi...

Inson hamişa orzu bilan tirik. Uning dilida orzu bölsagina hayot gözalliklarini his qiladi, yoruğlikka, nurga intiladi. Millat qonini gupirtirgan orzu XIX asr oxiriga kelib, isyon bölib maydonga çiqdi. Millatni buyuk maʼnaviyatidan ayirib, qudratli saltanatni, bilimdon va zukko farzandlar tarbiyalaş orzusini poymol qilgan jaholatga qarşi kuraşga çoğlandi yana bobolarimiz. Avlodlar kamolotini taʼminlaş orzusini mahv etgan jaholatdan qutuliş yöllarini izlaganlar, albatta, ziyolilar böldi.

Hurlik va ozodlik yöliga öz jonini tikkan millat fidoyisi, Turkiston jadidlarining yetakçisi, mufti Mahmudxöja Behbudiy hazratlari "Ehtiyoji millat” asarida jaholatni keltirib çiqargan illatlarni çuqur tahlil etib: "Biz nega mustamlaka bölib qoldik?” degan savolga qatʼiyat bilan şunday javob bergan edilar:

"Dunyoda turmoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boşqalarga poymol bölur!”

Turkiston jadidlari goh yaşirin, goh oşkor ravişda taʼlim islohi bilan şuğullandilar, maktablar oçib, xalq farzandlarini ilm maskanlarida öqişga jalb etişga urindilar, islohotni amalga oşiriş va taraqqiyot yöllarini izladilar, milliy ozodlik harakatini avj oldirdilar va nihoyat...

Nihoyat qizil imperiyaning yemiriliş davriga kelib Mahmudxöja Behbudiy hazratlari orzu qilgan taʼlim islohi bilan boğliq ğoya – "dunyoda turmoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur”, - degan sözlar umummilliy şiorga, xalq dilidagi orzuga aylandi. Bu orzu ijobati uçun ilk tamal toşlari qöyildi.

 

TAʼLIM TARAQQIYoTI SARI

Öşanda 1989-yilning oktyabr oyi edi. "...kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga işonmasdan va qöllab-quvvatlamasdan, - dedi Özbekistonning yangi rahbari I.Karimov ön birinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Sovetining XI sessiyasida sözlagan nutqida, - öylaymanki, biron bir sohada ahvolni heç qanaqa tarzda özgartirib bölmaydi”. ("Öqituvçilar gazetasi”, 1989-yil 28 oktyabr).

Hali sobiq ittifoq tasarrufida bölgan Özbekiston Respublikasining rahbari Oliy minbardan turib öz xalqi, millati haqida qayğurişi, milliy kadrlar tayyorlaş masalasini kötarişining özi jasorat edi. Oradan ikki yil ötib, Özbekiston mustaqillikka erişgaç, millat va xalq orzusi öz Prezidenti rahnamoligida qonuniy kafolatlarga  ega böldi. 1992-yilda "Taʼlim töğrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu yangi tipdagi maktablar va umumtaʼlim öquv yurtlari tarmoğini kompleks rivojlantiriş imkonini berdi. 1997-yilga kelib, mamlakat taʼlim tizimida keskin buriliş yasagan Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturi qabul qilindi.

Tarixan qisqa muddat içida Milliy dasturga muvofiq taʼlimning barça bosqiçlarida katta yutuqlarga erişildi. Xususan, maktabgaça taʼlim, boşlanğiç va umumiy  taʼlim hamda örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi – uzluksiz va bepul 12 yillik majburiy taʼlim sifatida har bir Özbekiston fuqarosi uçun beqiyos imkoniyatlar eşigini oçib berdi: mamlakat ijtimoiy-siyosiy iqlimida ijobiy özgarişlar yasaldi, şaxsning hayotdan öz örnini topiş jarayoni tezlaşdi. Bu - jamiyatda mustaqil fikrlovçi erkin şaxsning  kamolga yetişuvida mustahkam zamin böldi. Qizil imperiya davridagi "qişloqda yaşovçilar traktor haydaşni bilişi kerak”, qabilidagi istalmagan, heç kimning orzusi bölmagan zöraki kadrlar tayyorlaş tizimiga, maʼmuriy buyruqbozlik  va qoliplaştirilgan dars ötiş tizimiga tubdan barham berildi.

Bugungi kunda butun dunyoda qiziqiş uyğotgan "Taʼlim töğrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturi mamlakat taʼlim tizimini haqiqiy taraqqiyot bosqiçiga olib çiqdi.

 

ILM-IRFON TAFTI

Mustaqillik – nafaqat taʼlim sohasining, balki har bir öqituvçining, hatto öquvçining qadrini baland qildi: maktabga ilk qadam qöygan mustaqillik davri bolalari Prezident Farmoniga muvofiq 26 xildagi öquv anjomlari bilan bepul taʼminlanişi, mamlakatimizda barkamol avlod tarʼlim-tarbiyasi borasidagi ğamxörliklar ummon bölsa, bu – ummondan bir tomçi edi. Mamlakatimizning eng çekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablari jahon andozalari darajasidagi öquv maskanlariga aylantirildi. Qisqa davr içida yuzlab taʼlim muassasalari, sport inşootlari barpo etilib, yoş avlod ixtiyoriga berildi.

Uzoqqa bormasdan, mustaqillik bergan uluğvor imkoniyatlarga tumanimiz misolida nazar taşlaganimizda, xalq taʼlimi sohasida yuz bergan ijobiy özgarişlar umumiy örta taʼlim maktablarining nafaqat taşqi qiyofasida, balki taʼlim-tarbiyaviy işlar sifatida ham tub burilişlar yasalganining guvohi bölamiz. Xususan, mustaqillikning dastlabki yillarida tumanimizdagi 70 ta umumtaʼlim maktablarining 24 tasi, yaʼni uçdan bir qismigina zamonga maʼlum maʼnoda mos keluvçi binolarda joylaşgan edi. Mazkur maktablardagi öquv jihozlari ham, öquv jarayoni ham özgarmas holatda bölib, öqituvçi bu özgarmas qoidaga qarşi biron bir fikr aytişi mumkin emasdi. Mustaqillik davrida taʼlim-tarbiya jarayoni va taʼlim maskani faoliyatida keskin buriliş yasaldi. XTMFMTTEB tasarrufidagi 122 ta taʼlim muassasasida barça işlar zamon talablari darajasiga yetkazildi. 82 ta umumtaʼlim maktablari, 37 ta maktabgaça taʼlim muassasasi, 1 ta "Barkamol avlod” bolalar markazi, 1 ta Bolalar-ösmirlar sport maktabi, 2 ta Bolalar musiqa  va sanʼat maktablarida yoş avlodga taʼlim va tarbiya beriş uslublari özgardi. Öqituvçi-murabbiylar orasida öz uslubiga ega ijodkor-öqituvçilar yetişib çiqdi va bu ijodkor öqituvçilar tomonidan önlab uslubiy qöllanmalar yaratildi.

Mustaqillik tufayli bunyod etilgan yangi öquv muassasalari binolari, ularda yaratilgan şart-şaroitlardan köngillarga xotirjamlik inadi. Bundan 25-yil avval tumanimiz xalqi uçun qöl yetmas orzu bölgan "xayoldagi şaroitlar” bugun hayotga aylandi. Birgina 2015-2016 öquv yilida 719 ta fan tögaraklarida salkam 14 ming nafar öquvçi-yoşlar özlari qiziqqan yönalişlar böyiça maşğulotlarda qatnaşdilar. Faqat umumtaʼlim maktablarining özida taşkil etilgan 415 ta sport tögaraklariga 9642 nafar öquvçi jalb etildi. Tumandagi 3 ta bolalar-ösmirlar sport maktablari huzuridagi 20 dan ortiq tögaraklarda yoşlarning öz qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etişlari uçun barça şaroitlar yaratib berilgan.

Bugungi umumtaʼlim maktabi bitiruvçisi taʼlimning keyingi bosqiçi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, özlari xohlagan yönalişni tanlab, uç yil davomida töla davlat ğamxörligi ostida tahsilni davom ettirişi uçun jahon andozalari doirasidagi imkoniyatlar mavjud.

MILLIY KADRLAR – BÖLĞUSI MILLAT ALLOMALARI

Ön ikki yillik uzluksiz bepul taʼlim tizimining joriy etilişi köpdan-köp muammolarning ijobiy hal etilişida muhim omil böldi, nazarimda. Birinçidan, umumtaʼlim maktabini bitiruvçi yoşlar ota-onasining issiq bağridan olisga ketmay, öz tumanida, öz qişloğida bunyod etilgan kasb-hunar kollejida öqiş imkoniga ega böldi. Ikkinçidan, yuzlab çaqirim olisdagi şaharlarga qatnab öqişdan qutulişdi.

Tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyi, 8 ta kasb-hunar kollejlarida dars jarayonilariga eng zamonaviy pedtexnologiyalarning joriy etilişi, öquvçilarning ilm-u hunarli bölişlari uçun körsatilayotgan ğamxörliklar tumanimiz yoşlarining şaxs sifatida şakllanişlari, hayotda öz örinlarini topişlariga xizmat qilmoqda.

Maʼrifat qonuniyati – bu yer yuzida Özbek degan millat yaralganidan beri ana şu millat qonida yaşab kelayotgan abadiy orzu – bugungidan köra yaxşiroq yaşaşga intiliş, öğil-qizini özi erişgan poğonalardan köra yuqoriroqqa kötariş, ilm-irfon çiroğining  nurafşon şuʼlalari ila har bir köngilni, xalq qalbini quvvatlantiriş! Garçi bu buyuk tuyğuni  millat dilidan yulib taşlab, mahv etişga intilgan johil qadamlar köp bölsa-da, bu qonuniyat millat qonida abadiy qoldi. Asrlar oşa dunyo  tamaddunini ana şu maʼrifat qonuniyati asosida nurlantirdi, köngillarga ilm-irfon yoğdularini soçdi. Jaholat pardalarini qayta va qayta surib taşlab, davomiylik kasb etdi. Bugun u taraqqiyotning "Özbek modeli” sifatida özini namoyon etdi. Bu – Özbekiston yoşlarining kelajakka işonç töla çaqnoq közlarida, qadamlarida aks-sado berib turibdi. Qadamlari dadil  va zalvorli bu yoşlarning kelajak ufqlari yorqin. Ularning har biri zulmatlarni parçalab taşlaşga qodir maʼrifat yulduzlari. Bu yulduzlar maʼnaviyat va maʼrifat osmoni aro mangudir. Şudir, azizlar millatning baxti, iqboli! Ularni Istiqlol tarbiya  etdi. Istiqlol ulğaytirdi. Va kelajakning yanada yorqin ufqlari sari dadil qadam taşlamoqqa örgatdi! Bu – Yurtboşimiz qayta-qayta taʼkidlagan ilm-irfon, maʼrifat qonuniyatining davomini yaratuvçi kuç! Uning davomi – uzun. Uning davomida millat va xalq baxt-saodatiga metin kafolat bor, yanada obodlik, obodlik  va obodlik bor! Toki Vatan farzandlari ilm-maʼrifat tuğini baland tutar ekanlar, bu qonuniyat aslo ölmasdir, mangudir!

 

Robiya YÖLDOŞEVA.
🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026