MILLIY KADRLAR – BÖLĞUSI MILLAT ALLOMALARI
Ön ikki yillik uzluksiz bepul taʼlim tizimining joriy etilişi köpdan-köp muammolarning ijobiy hal etilişida muhim omil böldi, nazarimda. Birinçidan, umumtaʼlim maktabini bitiruvçi yoşlar ota-onasining issiq bağridan olisga ketmay, öz tumanida, öz qişloğida bunyod etilgan kasb-hunar kollejida öqiş imkoniga ega böldi. Ikkinçidan, yuzlab çaqirim olisdagi şaharlarga qatnab öqişdan qutulişdi.
Tumanimizdagi Amudaryo akademik litseyi, 8 ta kasb-hunar kollejlarida dars jarayonilariga eng zamonaviy pedtexnologiyalarning joriy etilişi, öquvçilarning ilm-u hunarli bölişlari uçun körsatilayotgan ğamxörliklar tumanimiz yoşlarining şaxs sifatida şakllanişlari, hayotda öz örinlarini topişlariga xizmat qilmoqda.
Maʼrifat qonuniyati – bu yer yuzida Özbek degan millat yaralganidan beri ana şu millat qonida yaşab kelayotgan abadiy orzu – bugungidan köra yaxşiroq yaşaşga intiliş, öğil-qizini özi erişgan poğonalardan köra yuqoriroqqa kötariş, ilm-irfon çiroğining nurafşon şuʼlalari ila har bir köngilni, xalq qalbini quvvatlantiriş! Garçi bu buyuk tuyğuni millat dilidan yulib taşlab, mahv etişga intilgan johil qadamlar köp bölsa-da, bu qonuniyat millat qonida abadiy qoldi. Asrlar oşa dunyo tamaddunini ana şu maʼrifat qonuniyati asosida nurlantirdi, köngillarga ilm-irfon yoğdularini soçdi. Jaholat pardalarini qayta va qayta surib taşlab, davomiylik kasb etdi. Bugun u taraqqiyotning "Özbek modeli” sifatida özini namoyon etdi. Bu – Özbekiston yoşlarining kelajakka işonç töla çaqnoq közlarida, qadamlarida aks-sado berib turibdi. Qadamlari dadil va zalvorli bu yoşlarning kelajak ufqlari yorqin. Ularning har biri zulmatlarni parçalab taşlaşga qodir maʼrifat yulduzlari. Bu yulduzlar maʼnaviyat va maʼrifat osmoni aro mangudir. Şudir, azizlar millatning baxti, iqboli! Ularni Istiqlol tarbiya etdi. Istiqlol ulğaytirdi. Va kelajakning yanada yorqin ufqlari sari dadil qadam taşlamoqqa örgatdi! Bu – Yurtboşimiz qayta-qayta taʼkidlagan ilm-irfon, maʼrifat qonuniyatining davomini yaratuvçi kuç! Uning davomi – uzun. Uning davomida millat va xalq baxt-saodatiga metin kafolat bor, yanada obodlik, obodlik va obodlik bor! Toki Vatan farzandlari ilm-maʼrifat tuğini baland tutar ekanlar, bu qonuniyat aslo ölmasdir, mangudir!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶