ORZUIMIZ UŞALDI
Bizning 71-sonli maktabda 26 nafar pedagog faoliyat körsatadi. Şundan 22 nafari oliy maʼlumotli, 4 nafari örta maxsus maʼlumotga ega. Malakali kadrlar darslarni DTS talablari asosida olib borişadi. Öquvçilarga zamonaviy texnikalar asosida dars ötiladi. Öqituvçilar amaliyotga tatbiq qilinayotgan tadbirlarda muntazam qatnaşib kelişadi. Jumladan, "Ustoz-şogird”, "Dars – muqaddas”, "Örgan-örgat”, "Murakkab fanni örgataman” tadbirlarida qatnaşib, öz tajribalarini örtoqlaşadilar. "Yil öqituvçisi”, "Eng yaxşi uslub birlaşma raisi”, "Eng yaxşi dars işlanma” tadbirlarida ham faol qatnaşadilar.
2015-2016 öquv yilida ötkazilgan "Bilimlar bellaşuvi”da 5-8-sinflardan 30 nafar öquvçi informatika, ingliz tili, huquq va fizika fanlaridan muvaffaqiyatli qatnaşib, maktab reytingini kötarişga erişdilar.
Maktab öquv işlari böyiça direktor örinbosari Tamara Rahimova, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Dilafröz Avezovalar öz işlarini namunali taşkil qilganliklari bois, öquvçilar bilan öqituvçilar döstona munosabatda bölib, ularning bilimiga, iqtidoriga qarab yönaliş berib boriladi. Tajribali öqituvçilar özlariga munosib şogirdlar yetiştirib çiqarmoqdalar. Matematika, tarix, boşlanğiç sinf, ona tili va adabiyot, jismoniy tarbiya, fizika, rus tili fanlaridan oliy öquv yurtlarida tahsil olib qaytgan sobiq öquvçilarimiz ustozlari safiga qöşilmoqda.
Maktabimizda ötgan yillar oraliğida maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda ham köplab yutuqlarga erişildi. Öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida, ularning xohiş-istaklarini inobatga olgan holda turli fan tögaraklari faoliyat olib boradi. "Orasta qizlar”, "Zulfiyaxonim qizlari”, "Yoş fiziklar”, "Sport”, "Lingvist” kabi tögaraklarda şuğullanayotgan öquvçilar özlarining bilim va salohiyati bilan yaxşi natijalarga erişmoqdalar. Joriy yilda "Zulfiyaxonim qizlari” tögaragi aʼzosi, 8-sinf öquvçisi Ozoda Töliboyeva tuman va respublika matbuotida öz ijodi bilan faol qatnaşib, nafaqat öz nomini, balki maktabimiz nomini ham tanitib, tuman gazetasining faol muxbiriga aylandi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bağişlab tumanda ötkazilgan "Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” körik-tanlovida 8-sinf öquvçisi Gözal Tursunboyeva rassomlik yönalişida tumanda 1-örinni olib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida muvaffaqiyatli qatnaşib qaytdi.
Joriy yili "Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan taşkil etilgan sport musobaqalarining futbol turida yoş ösmirlar jamoasi tuman bosqiçida faxrli 1-örinni, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida esa faxrli 3-örinni egallaşib, medallar bilan qaytdilar.
2016-yilda investitsiya dasturiga muvofiq kapital rekonstruktsiya asosida maktabimizning 160-örinli yangi, muhtaşam va zamonaviy binosi qurib bitkazilib, foydalanişga topşirildi. Şu kungaça moslaştirilgan binoda faoliyat yuritgan öqituvçilarimiz hamda öquvçilarimiz uçun barça qulayliklarga ega yangi binoda yangi öquv yilini boşlaş, albatta, quvonçli voqea böladi. Bu – davlatimizning yoş avlod kamoloti yölidagi ğamxörligining bir ifodasidir.
Fursatdan foydalanib, hamkasblarimni, öquvçilarni yangi öquv yilining boşlanişi va mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qizğin tabriklayman.
Adamboy NIYaTULLAYeV,
71-sonli maktab
direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶