21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:23
Fan va taʼlim 👁 2,672

“TIL BILGAN YOʻLDA QOLMAS”

“TIL BILGAN YOʻLDA QOLMAS”

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qilishga kirishildi. Chunki sobiq ittifoq davridagi qotib qolgan, oʻzgarmas taʼlim dasturlari yangilangan tuzum talablariga umuman mos kelmas edi. Har yili 1 sentyabr bir xil dars oʻtish bilan kutib olinardi. Yaʼni, "xalqlar dohiysi”ga bagʻishlangan dars bilan yangi oʻquv yili boshlanar, eng achinarli tomoni – har galgi 1-sinflarda avvalgi yillardagi 1-sinflar uchun yaratilgan dastur asosida dars mashgʻulotlari oʻtilardi. Hozirgiday izlanish yoʻq, tajriba almashish, innovatsion loyihalar yoʻq edi.

Endilikda yosh avlod tarbiyasi sohasida qobiliyatimni namoyon etaman, degan oʻqituvchining qoʻllari uzun, tillari burro. Mustaqil davlatimizda taʼlim tizimi tubdan isloh qilindi.  9 yillik umumiy taʼlimdan soʻng umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishlari, ham ilm, ham kasb-kor oʻrganishlari uchun 12 yillik bepul uzluksiz taʼlim tizimi joriy etildi. Tizimga har yili yangi-yangi innovatsion gʻoyalar, texnologiyalarning joriy etilishi, yosh avlod tarbiyasiga davlatimizning cheksiz gʻamxoʻrligi bois, soha jahon standartlari darajasida bellasha oladigan mutaxassis kadrlar bilan boyidi. Natijada taʼlim-tarbiya sohasida katta yutuqlarga erishilmoqda.

Bizning 22-sonli umumtaʼlim maktabimiz tumanimizdagi tayanch ilm maskanlaridan hisoblanadi. Yillar davomida bu bilim dargohini bitirgan ming-minglab sobiq oʻquvchilar orasida yuzlab malakali shifokorlar, muhandis va pedagoglar, shoir-u yozuvchilar, ilm-fan namoyondalari yetishib chiqdi. Mustaqillik davrida maktabimiz tamoman yangilangan ilm dargohiga aylandi. Yangi, zamonaviy maktab binosida oʻquvchilarning fan asoslarini oʻzlashtirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, chet tillarini puxta oʻrganishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, maktabimiz oʻquvchilari orasida har yili chet tillari boʻyicha fan olimpiadalari gʻoliblari yetishib chiqmoqda.

Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori maktabimiz chet tillari fan oʻqituvchilari uchun yanada keng imkon eshiklarini ochib berdi. Chunki ingliz va frantsuz tillarida dars oʻtiladigan sinflarda har xil bayram sanalari munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar, musiqiy kechalar ingliz, frantsuz va rus tillarda oʻtkazilishiga alohida eʼtibor berildi. Maktab oʻquv-ilmiy ishlari boʻyicha direktor muovini Madamin Rahimov chet tillari fan xonalarini koʻrgazmali qurollar bilan bezatishda fan oʻqituvchilariga yaqindan yordam koʻrsatishi esa muvaffaqiyatlar garovi boʻldi. Sinflararo bellashuvlarda oʻquvchilar ingliz, frantsuz va rus tillarida savol-javoblar qilib, oʻzaro muloqotga kirishishni qisqa fursatda oʻzlashtirib oldilar. Maktabimizning 8-sinf oʻquvchisi Oʻgʻiljon Bekmurodova esa yaqinda frantsuz tili boʻyicha bilimlar bellashuvining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, bellashuvning Oʻzbekiston miqyosidagi bosqichiga yoʻllanma oldi.

Xalqimizda: bola - boshidan, degan ibora bor. Bu – bolaga goʻdak, deb emas, balki bir hamsuhbat doʻst deb qarash va uning fikrlari bilan qiziqish, uni qoʻllab-quvvatlash, bola qalbidagi orzulari gul ochishiga yordam berish degani. Qolaversa, bola tashqi taʼsirga tez moslasha oladi, yaxshimi, yomonmi, har qanday holatni oʻziga osonlik bilan yuqtiradi. Shu bois, uni juda erta tushunib olishimiz, bola dunyosi ichida yashab, uning toʻgʻri tarbiya olishi uchun harakat qilishimiz kerak. Ayniqsa, chet tillarini oʻrgatish jarayonida biz murabbiylar bolaning har bir savoliga, qiziqishlariga toʻgʻri munosabat bildira olsak, uning til oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqini yanada rivojlantirgan boʻlamiz.

Roza Yoʻldosheva,

22-sonli maktabning chet tili fani oʻqituvchisi.

(Foto - http://fikr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026